zaxira kiyimlar saqlanadi. Past stol ovqat yeyish uchun, kichkinagina
shkaf idishni taxlab qo‘yish uchun ishlatilgan. Har bir oilada, albatta,
qozon bo‘lib, unda ovqat va choy tayyorlashadi. 0 ‘tmishda asosiy
idishlar teri va yog‘ochdan qilingan. Sopol buyumlar ishlab chiqa-
rish ko‘chmanchilarda boimagan. Hozirgi kunda chorvadorlar aksari
zamonaviy idishlardan foydalanishadi.
Mo‘g‘ullaming kundalik kiyimlari ko‘chmanchi turmushga mos-
lashgan. Paxtadan yoki jun matodan uzun chopon tikilib, o‘ng tomo-
nida tugmalari qadalgan. Boy chorvadorlar bayram choponlarini ipak
matodan tiktirganlar. Keng ishtonning pasti etikka tiqiladi. Bichimi
bo‘yicha erkaklar va ayollar kiyimlari farq qilmaydi. Mo‘g‘ullar
cho‘ntakni bilmaganlar. Qishda po‘stin, qalin issiq etik kiyilgan. Har
bir etik va bosh kiyimlari o‘ziga xos boigan.
Mo‘g‘ullar taomlari chorvadorlarga xos boigan.
Sut mahsulotlari,
qo‘y go‘shti ko‘proq iste’mol qilingan. So‘nggi paytlarda mo‘g‘ullar
ovqatlarida unli taomlar ko‘payib bormoqda. Mo‘g‘ullarda choyga alo
hida e’tibor qaratiladi. Uni qozonda qaynatishadi. Choyga sut va yog‘
qo‘shib, tuzlashadi. Mo‘g‘ullar oilaviy turmushida kattalami hurmat
qilishadi. Yoshi kichiklar ularga doimo diqqat va hurmat ko‘rsatishlari
lozim. Mo‘g‘ullar dinida eski an’analar, shomonlik, XVI asrdan bud
daviylik ham boiib, aynan buddaviylik hukmron din hisoblanadi.
Mo‘g‘ullar hayotida bayramlar katta o‘rin egallaydi. Choi-dasht
aholisi uchun bayram - bu qabiladoshlari,
qarindoshlari, qo‘shnilari,
do‘stlari bilan muloqot qilishdir. Tantana joylarida musiqa jarang-
laydi, odamlar chiroyli kiyim kiyib, bayram taomlari tayyorlanadi.
Bayram kulminatsiyasida an’anaviy sport musobaqalari, otda poyga,
kurash, kamondan o‘q otish musobaqalari o‘tkaziladi. Pastqam, le
kin о 4a chidamli mo‘g‘ul otlarida egarsiz bitta yugan bilan poygada
12-14 yoshli o‘smirlar ishtirok etadilar. Kurashda o‘smirlar va yosh-
lar, yosh erkaklar qatnashadi.
Kurashda tizzasi, tirsagi, yelkasi yer
ga tegsa yutqazgan hisoblanadi. Kamondan o‘q uzishda juda tarang
mo‘g‘ul kamonidan o‘q uza oladigan barcha ishtirok etishi mumkin.
Musobaqa g‘oliblari doimo hurmat-ehtiromga sazovor boiganlar.
159
XX asming boshlaridan Mo‘g‘ulistonda chorvachilik bilan
birgalikda sanoat ham rivojlana boshlaydi. Mamlakatda shaharlar,
temiryo'llar, avtomobil yoilari qurilgan. Bu ishlarda Mo‘g‘ulistonni
Sovet davlati hamisha qo‘llagan. XX asming 90-yillaridan Mo‘g‘u-
liston Xalq Respublikasi bozor munosabatlariga asoslangan iqtisod
yaratish ishlarini olib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: