Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Tibet-birma tillariga mansub xalqlar



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Tibet-birma tillariga mansub xalqlar. 
Ushbu til guruhida 
XXRning janubiy-g‘arbida yashaydigan bir necha xalqlar gaplashadi. 
Nisbatan yiriklari - tibetliklar va itszulardir. Tibetliklar baland Tibet 
togTi hududlarida yashaydilar. Ular asosan chorvachilik va tog‘ deh- 
qonchiligi (vohalarda) bilan shug‘ullanadi. Chorvadagi asosiy mol- 
lari qo'toslardir. Ular tibetliklarga sut, go‘sht, jun, teri beradi. Juni 
va terisi kiyim, gilamlar, yozgi chaylalar ustini yopishga ishlatiladi. 
Unchalik ko‘p boTmagan qoramol va otlar ham boqiladi.
166


XXR tuzilganiga qadar Tibet yarim qaram teokratik (sof diniy) 
davlat bo‘lib, uni Dalay Lama boshqargan. Uning qarorgohi Lxasa 
shahrida bo'lgan. Dalay Lama buddaviylik cherkovi hamda davlat 
rahbari sanalgan. Dalay Lama XIV 1959-yili Hindistonga kelib, XXR 
rahbariyatiga qarshi muxolifatda hisoblanadi.
Xitoyning janubi-g‘arbi etnik rang-barangligi bilan xususiyatla- 
nadi. Hududda taraqqiyotning turli pog‘onalaridagi ko‘plab xalqlar 
yashaydi. Ulaming tillari turli lingvistik guruhlarga mansub. Ulardan 
eng yirigi - itszular Xitoy va Myanma chegarasida yashaydilar. Bu 
hududda yashovchi aholi sharoitiga qarab omoch va so‘qa dehqon- 
chiligini olib boradilar. Itszular qishloq xo‘jaligidan tashqari hunar- 
mandchilikning temirchilik sohasi bilan shug‘ullanadilar. Itszular 
ayollari - malakali kashtado‘zlardir.
Tay tilidagi xalqlar, 
Sharqiy itszular Vyetnam bilan chegara- 
da yashaydilar. Tay til oilasiga mansub. Tay tilli aholi 21 mln. ki­
shi boTib. ulardan eng ko‘p sonlisi chjuan (15 mln.dan ortiq)lardir. 
Chjuanlar mohir dehqonlar va hunarmandlar. Ular metallga ishlov 
berish, chinni yasash, ipak matolar tayyorlash bilan shug‘ullanadilar. 
Janubi-g‘arbning boshqa xalqlari ham ko‘psonli, ular etnologiya 
uchun maishiy turmushlarida ko‘plab an’anaviy xususiyatlami saqlab 
qolganlari bilan qiziqarlidir.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin