Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Uyg‘urlar. 
O'lkaning turkiy xalqlaridan eng yirigi uyg‘urlardir. 
Ulami turk xoqonligi avlodlari deyish mumkin. Xoqonlik yemiril- 
gach Sharqiy Turkistonda Qarluqlar davlati, so‘ngra Qoraxoniylar 
davlatlari tuzilgan. Uyg‘urlaming ajdodlari ko‘chmanchi chorvador 
boiganlar. Xoqonliklar davrida ular o‘troqlashib mahalliy aholiga 
o‘z tillarini o ‘tkazganlar.
Uyg'urlar asrlar davomida shakllangan madaniyat an’anasiga ega. 
Ular o‘z yozuvlariga ega bo‘lib, u yozuv qo‘shni mo‘g‘ul va man- 
jurlar yozuvlariga ham asos bo‘lgan. Hozirgi kunda Shinjon-Uyg‘ur 
muxtor rayoni aholisi sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanmoqda.
Maochjurlar. 
Tungus-manchjur tillarida so‘zlashuvchi xalqlar 
Xitoyning shimoliy-sharqida yashaydilar. Bu manchjurlar va yana 
kamsonli xalqlar (sibo va boshqalar), ularning ajdodlari Amur daryo- 
si havzasida yashab o‘troq baliqchilik bilan shug‘ullanganlar. Ushbu 
xo‘jalik faoliyati ularda hozirga qadar saqlangan.
Manchjurlar Xitoy tarixida katta rol o‘ynagan. Ular XVII asrda 
Xitoy qo‘shinini yengib Pekinni egallaydilar va so‘nggi imperiya -
Sin sulolasini tuzadilar. Istilochilar tezda xitoyliklar bilan aralashib 
ketganlar. Bugungi kunda manchjurlar madaniyati Xitoynikidan ko‘p 
farq qilmaydi.
10.3. Xitoy-tibet til oilasi xalqlari
Xitoyliklar (Xan). 
Xitoy ulkan tarixiy-etnografik o ik a. Xitoy- 
tibet til oilasiga mansub xalqlar bitta davlatda - Xitoy Xalq Respub- 
likasida yashaydi. XXR - ko‘p millatli mamlakat. Olimlar unda 56 ta 
xalq mavjudligini ta’kidlashadi. Xitoyliklar (o‘zlarini xan deyishadi) 
aholining 93,5% ini tashkil etadi. Bu xalq dunyodagi eng ko‘p sonli
160


etnosdir. Xitoyda biror-bir viloyat yoki avtonom rayon yo‘qki, unda 
xanlar kamchilikni tashkil qilsa. Madaniyati bo‘yicha xanlarga yaqin 
xalq dunganlar. Lekin ular islomni qabul qilganlari uchun konfessial 
tafovut mavjud. Etnologlar bir necha tarixiy-madaniy (yoki etno­
grafik) mintaqalami ko‘rsatishadiki, ularda til-madaniy o‘ziga xoslik- 
lar mavjud. Bu xususiyatlar xanlarni XXRning turli hududlariga turli 
davrlarda ko‘chib borib joylashishiga qarab shakllangan.
Ikki ming yildan buyon Xitoy yer yuzining eng aholisi ko‘p mam­
lakat. bo'lib kelmoqda. Bugungi kunda xanlaming soni 1 mlrd.dan 
ko‘proq. XXRda aholi notekis joylashgan, hududning 1/10 da aholi­
ning 80% yashaydi. Ayrim joylarda, masalan, Buyuk Xitoy tekisligi 
va janubiy-sharqda aholi zichligi 1 krtrga 700 kishidan to‘g‘ri keladi. 
Shaharlar yuksak sur’atlar bilan rivojlanayotgan bo‘lsa-da, Xitoy hali 
qishloqlar mamlakatidir. Xitoydagi yerlarning 1/10 ekinzorlar, 1/8 
o'rmonlar va 1/3 yaylovlardir. Eng ko'p shudgor Buyuk Xitoy tekis- 
ligida. Sharqda barcha ekinzorlarning 9/10 qismi joylashgan.
Xitoy dehqonchiligining asosiy xususiyati yerga zimdan ishlov 
berib, seleksiya orqali eng serunum o ‘simliklarni yetishtirishdir. Xi­
toy dehqoni yerdan maksimal hosil olishga intiladi.
Xitoy dehqonchiligida ilgaridan sof qo‘l mehnati ko‘p ishla- 
tilgan. Yerga ishlov berishda mehnat qurollari sodda, lekin qishloq 
xo‘jaligida omoch dehqonchiligi asos bo‘lgan. Dehqonchilik lalmi 
•va sug‘orma shaklda yuritiladi. Sug‘orma dehqonchilik juda katta 
mehnatni talab qiladi. Xitoydagi eng katta - Buyuk kanal mamlakat­
ning sharqiy qismida qurilib, uning uzunligi 1700 km. Kanalni deyarli 
600 yil qurishgan. Kanallardan faqatgina dalalami sug‘orish uchungi- 
na foydalanilmasdan kemalarda yuklarni tashishda ham qo‘llanilgan.
Xitoydagi eng keng tarqalgan ekin sholidir. Xitoy dehqonlari sholi- 
ning ko‘plab navlarini yaratganlar. U ikki, eng qulay iqlimli rayonlarda 
yiliga uch marta hosil beradi. Sholini yetishtirish ko'p mehnat va suvni 
talab qiladi. Yemi haydash, uni ekishga tayyorlash, sholi ko‘chatlarini 
suv ichida yerga qadash, parvarishlash, sholi pishgach о‘rib yanchish 
barchasi mehnat talab qiladi. Muhimi, u juda serhosil ekindir.
161


Ahamiyati bo‘yicha ikkinchi ekin - kuzgi bug'doy. U ham aho­
lining ozuqa ratsionida muhim o'rin tutadi. Xitoyliklar qishloq 
xo‘jaligida sabzavotchilik va bog‘dorchilikning o‘rni ham muhim dir.
Chorvachilik ham xitoyliklar qishloq xo‘jaligida an’anaviy muhim 
o‘rin tutadi. Yirik shoxli moldan xo‘jalik yumushlarini bajarishda: 
omoch, mola, aravaga qo‘shishda foydalaniladi. Yirik shoxli mol aso- 
san Xitoyning shimoliy rayonlaridan keltiriladi. Ularni mo‘g‘ullar, 
uyg‘urlar, qozoqlar va boshqa xalqlar yetishtiradi. Xanlar aksari 
cho‘chqachilik bilan shug‘ullanadilar. Xitoyliklar cho‘chqaning juda 
sermahsul zotlarini yaratganlar. Bu boradagi tajribalardan yevropalik- 
lar ham foydalanganlar.
Xanlar taomlarida dengiz mahsulotlari ham muhim o‘ringa ega. 
Xitoyda ham dengiz, ham daryo baliqchiligi qadimdan rivojlangan. 
Baliqdan tashqari, taomga molluskalar, dengiz tipratikanlari, tre- 
pangilami ham ishlatishadi. XXR baliqchilik sanoati taraqqiyoti va 
yetishtirilgan mahsuloti bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. 
Yaqin-yaqinlargacha baliqchilikda ichki suvlar (daryolar, kanallar, 
koilar, suv omborlari) hissasi sezilarli edi. Endilikda suv havzalari- 
ning sanoat chiqindilari bilan bulg‘anishi baliqchilikning qisqarishiga 
olib keldi. Xitoy dehqonlari yevropalik olimlardan ancha avval Yer 
yuzidagi o‘rmonlaming yo‘qotilishi ayanchli oqibatlarga olib ke- 
lishini tushunganlar. Ular q o id a o‘rmonlar yaratishga ancha avval 
kirishganlar. Ular zarur xususiyatga ega daraxt navlarini - Masson 
qarag‘ayi hamda keng maydonlarda ignabargli kuningamil daraxtini 
ekkanlar. Bu daraxt juda tez o‘sib, 25-30 yilda qurilish va boshqa 
ehtiyojlar uchun qattiq va chirimaydigan yog‘och pishib yetiladi. Un­
dan kemalar, temiryo‘l shpallari, uy-joylar qurishda foydalaniladi. 
Shunga qaramasdan Xitoyda ham o‘rmonlar kamayib bormoqda.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin