Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Diniy e’tiqod. 
Ikki dinning bir paytda hukm surishi mamlakat- 
dagi konfessional vaziyatning o ‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Ulardan
169


biri sintoizm (yapon tilida sento - «xudolar yo‘H») quyosh ilo- 
hasi Amaterasuga va uning «avlodlari» - imperator xonadoniga 
e ’tiqodga asoslanadi. Ikkinchi jahon urushi tugaguncha sintoizm 
davlat dini, to‘g‘rirog‘i, barcha uchun majburiy mafkura bo‘lgan. 
Ikkinchi d in k o ‘plab a’zolargaegabo‘lganbuddaviylikdir. Maishiy 
turmush sharoitida bu ikki din mojarolarsiz «sig'inuvchilarni 
bo‘lib olishgan». Buddaviylik dafn rnarosimlarini boshqarsa, sin­
toizm - yaponlarning kundalik diniy amaliyoti bilan shug‘ullanadi. 
Yapon jam iyatida ham kosmopolitlar - dinga e’tiqod qilmaydigan- 
lar yetarlicha.
Bizning davrimizda Yaponiyada zamonaviy texnologiyalar kon- 
servativ oilaviy turmush bilan murakkab tarzda chirmashib ket- 
moqda. Zamonaviy yapon ishlab chiqarishda - «zamonaviy», tur- 
mushda - «an’anaviy» inson ekanligini namoyon etmoqda. Bu faqat 
«Kunchiqar mamlakatda» yashovchi yaponlargagina xos bo'lmasdan. 
tarixiy mamlakat]ardagi yapon diasporalari vakillariga ham taalluqli- 
dir. Faqat chetda an’anaviy xususiyatlar innovatsiyalarga ko‘proq 
o‘rin bo‘shatmoqda.
10.5. Koreya va koreyslar
Koreyslar. 
Koreyslar Yevrosiyo qit’asidagi eng qadimgi xalqlar- 
dan biri bo‘lib, Koreya yarimorolida istiqomat qilishadi. Yarimo- 
rolda aholi zich - o‘rtacha 1 km2 da 270 kishi yashaydi. Ko'plab 
koreyslar chetga emigratsiya qilgan. Hozir Koreyadan boshqa 
mamlakatlarda ko‘plab koreyslar yashaydi. Koreya yarimorolida 
odamlar juda erta - ilk paleolitdan yashay boshlaganlar. Arxeologik 
qazishmalar koreyslarning ajdodlari dehqonchilik va chorvachilik 
bilan shug‘ullanganligini, xususan, yilqi boqqanligini ko'rsatadi. 
Mil. avv. VII—
II asrlarda Koreya hududida qulchilik davlatlari vu­
judga kelgan. Milodiy VII asrda qadimgi tarqoq koreys qabilalari 
birlashib elatning shakllanishi yakun topadi. Ehtimol o ‘sha davrdan 
yagona koreys tili vujudga kelganligi to ‘g ‘risida gapirsa bo‘ladi.
170


Yaqin-yaqingacha koreys tili hech qaysi til oilasiga kirmaydigan
izolatsiyadagi til hisoblanardi, lekin so‘nggi lingvistik tadqiqotlar 
koreys tilining oltoy til oilasi bilan qarindosh ekanligini ko‘rsatdi. 
Koreys yozuv tizimi - idu VII asrda vujudga kelgan. Unda Xitoy 
iyeroglifikasi ishlatilgan. XV asrda koreys fonetik xati yaratilgan. 
Dastlab unda yigirmata harf bo‘lgan, hozirgi kunda ularning soni 
qirqtaga yetgan. Koreys tilida bitilgan yozma meros juda ko‘p. Ko- 
reyslar XI asrdayoq kitob bosishni (ksilografik usul bilan) y o ig a
qo‘yganlar.
Koreyslarning an’anaviy xo‘jaliklari - sug‘orma dehqonchilikdir. 
Yerni haydashda yirik shoxli moldan foydalanish, sholi ko‘chatlarining 
jo ‘yaklarda o‘tkazilishi Janubiy-Sharqiy Osiyo bilan uzviy aloqalar 
bo‘lganidan darak beradi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekini sholi bo‘lib 
qolmoqda. Yarimorolning shimolida havo salqin bo‘lganidan aholi 
soya, bug‘doy, makkajo‘xori yetishtiradi.
Koreyslar qishloq xo‘jaligida ham hanuzgacha qo‘l mehnati 
ko‘p ishlatiladi. Eng avvalo, bu xususiyat sug‘orish inshootlari bi­
lan bog‘liq. Suvni ko‘tarishda ishlatiladigan charxparraklar qo‘l bilan 
harakatlantiriladi. Dehqonchilikdan tashqari, koreyslar xo‘jaligida 
ayniqsa sohil bo‘ylab daryolar bo‘yida baliqchilik katta o‘rin tuta­
di. Baliqni yakka ho Ida yoki artel bo‘lib ham ovlashadi. Koreyada 
ham chuqur joylarda dengiz molluskalarini ovlash bo‘yicha ayol 
sho‘ng‘uvchilar mavjud. Bu dengiz jonzotidan koreys oshxonasida 
kamyob taom tayyorlashadi.
Tog‘ aholisi yaqin davrlargacha ov va tog‘ o‘simliklari, mevalari, 
giyohlarini terish bilan shug‘ullanganlar. Umuman olganda, koreyslar 
taomnomasida o‘simlik, sabzavot va dengiz mahsulotlari yetakchilik 
qiladi. Koreyslar soyadan tayyorlangan turli qaylalar, achchiq qalam- 
pirli salatlami sevib iste’mol qilishadi. Sut va sut mahsulotlarini umu­
man yeyishmaydi, choyni ham kam ichishadi.
Koreys hunarmandlari buyumlari qadimdan shuhrat qozongan. 
Koreys temirchilari 770-yili buddaviylik ibodatxonasi uchun ulkan 
qo‘ng‘iroq quyishgan. U eniga 2,3 m, balandligi 3 m. Koreys usta-
171


lari metall buyumlarga, taqinchoqlarga inkrustatsiya usuli bilan turli 
toshlar va rangli emal bilan bezashni bilganlar. Koreyada XVI asrda 
harbiy kemalar qurishgan va ularning sirtini misdan tunuka bilan qop- 
lashgan. To‘qimachilik, qog‘oz ishlab chiqarish, kulolchilik, chinni 
tayyorlash yuksak rivojlangan. Koreya chinnisi bugungi kunda ham 
butun dunyoda yuksak qadrlanadi.
Koreyslar qadimdan daryolar bo‘yida yashashga intilganlar. 
Ko‘pchilik shaharlar daryolaming quyi oqimida qurilgan. 0 ‘rta asr­
larda vohalarga kiradigan joyda qurilgan harbiy qal’alar keyinchalik 
shaharlarga asos boigan. Koreys quruvchilarining yuqori san’atidan 
yarimorolga kirishga yo‘1 qo‘ymaslik uchun X asrda bunyod etilgan 
500 km li mudofaa devorini ko‘rsatish mumkin. Devor kidanlar huju- 
miga qarshi qurilgan.
Koreyslar uy-joylar qurishda ham katta yutuqlarga erishganlar. 
Ularning sinchli uyi muhim xususiyatga - pastdan isitiladigan pol 
(ondol)ga ega boigan. Koreys oilasining butun hayoti - uyqu, ovqat- 
lanish, turli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish ana shu ondol ustidagi 
joyda o‘tadi. Ondolning oshxonadagi o‘chog‘i ustida taom tayyorla- 
nadi. Koreyslar uyida mebel ko‘p emas. Ovqatlanish uchun pastroq 
stol ular ichida eng muhimidir.
Koreyslar buddaviylikka e’tiqod qilganlar. Bu din IV—VII asrlarda 
qo‘shni Xitoydan o‘tgan. An’anaviy diniy tasavvurlar, konfutsiylik 
odati bo‘yicha ajdodlar ruhiga e’tiqod ham saqlangan. XX asrda xris- 
tian missionerlar faoliyati faollashib, aholining bir qismi ushbu dinni 
qabul qilgan.
Markaziy va Sharqiy Osiyo xalqlarining jahon sivilizatsiyasiga 
qo‘shgan hissalari beqiyos. Ushbu hududda qadimdan o‘ziga xos 
madaniy areal shakllangan. XIX asrga qadar hududda Xitoy madani­
yati ustun boigan. Bugungi kunda ham ushbu hududning aholisidan: 
xitoyliklar, yaponlar, koreyslardan xalq, millat an’analariga sodiqlik, 
ehtirom borasida ko‘plab narsalami o‘rgansa arziydi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin