Kimyoviy element – yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlar yig’indisi.
Element – “tarkibiy qism” degan ma’noni bildiradi. Bu tushunchani fanga Robert Boyl kiritgan. Tabiatda atomlar soni juda ko’p, lekin elementlar soni hozirgi kunda 118 ta.
Har bir kimyoviy element o’z nomi va kimyoviy belgisiga ega. Ularning nomi uning fizik, kimyoviy xossalari yoki kashf etilishi bilan bog’liq holda nomlangan.
1813-yil shved olimi Berselius kimyoviy elementlarni maxsus belgilar yordamida ifodalashni taklif etgan. Shunga ko’ra Berselius kimyoviy belgi sifatida elementning lotincha nomini bosh harfi yoki bosh harfi va undan keying birorta harfni qo’shib belgilashni aytgan.
Mas : Hydrogenium – HOxygenium – O Hydrogerium – Hg
Har bir element bir necha xil izotoplardan tashkil topgan. Bu izotoplarning massalari turlicha bo’ladi. Elementlarning davriy jadvaldagi nisbiy massasi shu elementlarning izotoplarini tabiatda tarqalishga qarab olingan o’rtacha qiymatidir.
Matematik formulasi quyidagicha :
= 50 %
20 % 100%
30%
Uyga Vazifa 1) Mg ning 25gr izotopi 30%, 24gr izotopi 70% tarqalgan. O’rtacha massasini toping.
2) Tabiiy borning(B) atom massasi 10,81ga teng bo’lib, borning 10gr va 11gr izotoplarining aralashmasidan hosil bo’lgan. Shu izotoplar nechi foizdan aralashgan.
3) Qo’rg’oshinning Pb 207 va 210 gr izotoplari necha foizdan aralashganda elementning o’rtacha massasi 207,2ga teng bo’ladi.
4) O’tilgan mavzuni o’qib kelish!