Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


(28  mln.), Butan (2 mln.dan ko‘proq), Bangladesh (161 mln.dan or-  tiq), Shri Lanka (21 mln.dan ko‘p), orollardagi Maldiv Respublikasi 131



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

(28 
mln.), Butan (2 mln.dan ko‘proq), Bangladesh (161 mln.dan or- 
tiq), Shri Lanka (21 mln.dan ko‘p), orollardagi Maldiv Respublikasi
131


(515 ming) joylashgan. Hududning shi­
moliy chegarasi Himolay va Qoraqurum 
tog‘laridir. Janubda Hindiston yarimoroli 
Arabiston dengizi, Hind okeanining Ben­
gal q o itig ‘i suvlari bilan tutashgan.
Janubiy Osiyo hududida qalin o‘nnon- 
lar, serunum vohalar, dunyodagi eng baland 
cho‘qqi - Jomolungma, tropik choilar ma­
vjud, hududda yirik daryolar - Gang, Hind, 
Braxmaputra joylashgan. Janubiy Osiyo­
ning tabiiy yaxlitligi unda subekvatorial 
mussonli iqlimga egaligidir. Unda aholi zich joylashgan, maydoni yer 
yuzasining 3,3% ni tashkil qilgan holda dunyo aholisining 1/6 yashaydi.
9.1. Hindistonning avstraloid aholisi
Dravid xalqlari - Janubiy Osiyoning eng qadimgi aholisi avlod- 
laridir. Dravid tilli ushbu aholi bugungi kunda Hindistonda (Andxra- 
Pradesh, Tamilnad, Kerala, Karnataka shtatlarida), Nepalning marka- 
zida, Bangladesh, Shri Lanka, Maldiv orollarida yashaydi. Dravid til­
lariga tamil, telugu, kannara va malayali tillari kirib, ularda 300 mln. 
atrofida aholi gaplashadi. Ularning vakillarini o‘ziga xos tashqi qiyo- 
fasi, bo‘yining baland emasligi, tanasining qora rangdaligi, boshining 
uzunchoqligi, keng burni, qalin lab, yirik tishlari ajratib turadi. Ular 
irqiy jihatdan avstraloidlarga mansubdir. Aynan ushbu xususiyatlar 
arxeologlar tomonidan Mohenjo-daroda (mil.avv. IV-II mingyillik- 
lar) bronzadan yasalgan raqqosa haykalchasida ham uchraydi.
Hindiston chakalakzorlarida dravidlar va keyinchalik mamlakat- 
ga shimoliy-g‘arbiy tomondan kirgan oriylar, hind-yevropa tillarida 
so‘zlashuvchi aholi to‘qnashgan. Oriylar dravidlarni yovuz ruhlar, ib- 
lislar, zulmat hosilasi deb tavsiflaganlar. Hind eposlari «Mahabharata» 
va «Ramayana»lar ham ular haqida salbiy fikrlar bildiradi. Jumladan 
«Ramayana»da yarim iloh Rama rakshas (iblis) Ravan, dravid qabi- 
lalaridan birining sardori bilan jang qiladi. Dostonda Ravan Ramaning
132


rafiqasi Situni o‘g‘irlab uzoq Shri Lanka oroliga olib ketgani, shahzoda 
uni qutqarish uchun qilgan qahramonliklari batafsil hikoya qilinadi.
Dravidlar - yirik xalqlar: tamillar, telugular, malayali, kannara 
va kamsonli xalqlar (yanada, panya, toda va boshqalar) ham mavjud. 
Ular tosh davri madaniyati elementlarini saqlab, Hindiston madani­
yati rivojiga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Ular qatorida kamondan o‘q 
otish san’ati, ichki hududlarda yashovchi qabilalarda puflab otuvchi 
bambuk poyasidan yasalgan miltiq, eng qadimgi ov quroli va boshqa­
lar mavjud. Bunday qurolni Amazoniya, Janubiy-Sharqiy Osiyo yoki 
Avstraliya aborigenlarida ham uchratish mumkin. Eng qadimgi turar 
joylardan biri - bambukdan uchli qilib qurilib, barglar bilan yopiladi- 
gan kulbalar aynan dravidlarda saqlangan.
Ulaming hayotida nog‘oralar katta rol o'ynagan. Ulardagi matal- 
lardan birida «Yanada uchun nog‘ora, baliq uchun suv bilan barobar» 
deb bejiz aytilmaydi. Nog‘oralardan raqsga tushishda, shuningdek 
zamr xabarlarni yetkazishda foydalanishgan. Xlgarigi paytlar kabi 
dravidlar kiyimlari juda sodda - belbog‘chalardan iborat, faqat qabila 
boshliqlari yevropacha ko‘ylak, shaharlardagi ishchilar ham yevropa- 
cha kiyim kiyishadi.
Dravidlar uzoq o‘tmishdan ilon ushlash bilan shug‘ullanganlar. 
Hindistonga nisbatan kech ko‘chgan aholi (aynan dravidlardan) ilon­
larga sig‘inishni qabul qilganlar. Hozirda bu xavfli kasbga aylandi. 
Katta bo‘lmagan to‘lovga ilon o‘ynatuvchilar mangustalaming kob- 
ralar bilan jangini yoki kobralaming musiqaga raqsini sayyohlarga 
ko‘rsatib berishadi.
Hozirgi kunda dravidlar og‘ir mehnat bilan, о ‘tin tayyorlash bi­
lan, ko‘chalami supurish, shahar boylari hovlilarini tozalash, bog‘- 
parklardagi daraxt va gullami parvarishlash, veloriksha haydash kabi 
yumushlarni bajarish bilan shug‘ullanadilar. Ko‘plari sholi, choy, jut 
plantatsiyalarida ishlab, xo‘jayinlar ularga gumch yoki pul bilan xiz- 
mat haqi to ‘laydilar. Dravid xalqlari kofe, ziravorlar, kauchuk, tamaki 
va paxta yetishtiradilar. Janubiy Osiyo xalqlari taomlarida ham ular 
muhim o‘rin tutadi. Xususan, zanjabil, sabzavotlar, go‘shtni tayyor- 
lashda, shamollaganda, yo‘tal, bronxit, bosh og‘riganda qoilaniladi.
133


Dolchin yurakni davolaydi, siydik yo‘llariga shifo, kashnich, hil, za- 
njabil ildizi - kurkuma taomlar tayyorlashda, marosimlarda, guruch- 
dan taom pishirishda, hindlar nikoh marosimida mayda tolqon qilin­
gan holatda kelinning yuziga surtiladi.
Dravidlar hayot tarzi o ‘zgarmagan holda faqat Hindistonning ja- 
nubi, Shri Lankada, Maldiv orollaridagina saqlanib kelmoqda. Sababi 
bu hududlar xalqlarning keyingi migratsiyalariga uchramagan.
Hindiston qator mashhur raqslarga aynan dravidlar tufayli 
erishgan. Shahar sahnalaridagi «Patak hali», hind ibodatxonalaridagi 
ajoyib raqslar, chakalakzor va tog‘laming qoratanli qabilalarining qa­
dimgi raqslaridan olingan. Raqqosaning har bir harakati, boshini buri- 
shi, mimikasi, tanasining holati m a’lum m a’no-mazmun kasb etadi. 
Raqsda ishtirok raqqosning ijtimoiy va yosh ma’nosida bo‘ysunish 
holatida ekanligini ko‘rsatadi. Bu borada aktyor rolida faqat yosh, yo- 
shi katta oldida ishtirok etishi mumkin.
Dravid xalqlari dinlari arxaik ko‘rinishda. Ulaming tasavvuri 
bo‘yicha iloh va ruhlar barcha narsalarda: daraxtlarda, toshlarda, 
sopol tuvaklarda, yog‘ochdan sanamlar, loy bo‘laklarida, qoyalarda 
chizilgan rasmlarda mavjud. Ilohlar va arvohlar sharafiga shovqin- 
suronli bayramlar, tungi raqslar, tantanali qurbonliklar, murakkab tan- 
tanalar o‘tkazadilar. Xudolar panteonida eng yuqori pog‘onani iloha- 
ona egallab, uning qudrati mehnatsevarligi bilan mujassamlashgan.
Dravidlarda o‘ziga xos dafn marosimi hind oriylardagi marhumni 
gulxanda yondirish emas, yerga ko‘mish odati saqlangan. Mayit bilan 
birga «рапа» barglari, kokos yong‘og‘i va mis tanga qo‘yishib, undan 
maqsad iloh va ruhlar marhumni qiyin, murakkab sinovlarsiz qabul 
qilishlarini xohlaganlar.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin