Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Boshqa etnik guruhlar. 
O ita Osiyo va Qozogiston aholisi etnik 
tarkibi oikani XIX asming ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi isti- 
lo qilganidan so‘ng kattao‘zgarishlargauchradi. Ruslar, ukrainlar, be- 
loruslar, boshqirdlar, qozon tatarlari ko‘chib kelib joylasha boshlaydi. 
Sovet tuzumi davrida o ikani deportatsiya qilingan xalqlar: koreyslar, 
nemislar, chechenlar, qrim tatarlari, ingushlar, qalmiqlar, qorachoylar 
surgun oikasiga aylantirishgan.
Sovet davlati 1991-yili parchalangach rusiyzabon aholi Rossiya- 
ga ko‘cha boshlab, 0 ‘rta Osiyo va Qozogistonda yetakchi etnoslar 
foizi ancha ko‘tarildi. Sovet tuzumi davrida oikada ms tili xalqlararo 
muloqot tiliga aylangan edi. Bugungi kunda etnik ms tilini yaxshi 
bilmaslik mehnat imigratsiyasida qator muammolarni keltirib chiqar- 
moqda.
116


Etnolog olimlar 0 ‘rta Osiyoning XIX-XX asr boshlaridagi 
an’anaviy xo'jaliklarini uchta tipga bo‘lib, ular etnik chegaralarga 
mos kelmaydi. Bu o‘troq dehqonlar - o‘zbeklaming katta qismi va 
tojiklar, turkmanlar hamda uyg‘urlar, qoraqalpoq va qirg'izlaming bir 
qismi; nihoyat yarim o‘troq yaqin o‘tmishda dehqon-chorvadorlar
vohalar chekkalarida yashovchi - qoraqalpoq, o‘zbek va turkman- 
laming bir qismi, qozoq va qirg‘izlaming bir guruhidir.
Sug‘orma dehqonchilik. 
0 ‘rta Osiyo arid (quruq-qurg‘oqchil) 
zonaga kiradi. Iqlim sharoiti hududning tekislik qismida sun’iy 
sug‘orishsiz dehqonchilik qilish imkonini bermaydi. Natijada ekin 
maydonlariga suvni yetkazish uchun turli xildagi irrigatsiya in- 
shootlari qurish talab qilinadi. Osiyoning ushbu qismiga dehqon­
chilik mil. avv. V mingyillikdan buyon ma’lum. Milodiy I mingyillik 
o‘rtalariga qadar ekin yetishtirish mumkin bo‘lgan barcha maydonlar 
o‘zlashtirilgan. Suv kanallar va ariqlar yordamida o‘nlab kilometr 
masofalarga olib borilgan. Ko‘plab yirik kanallar milodiy V asrda 
qurilgan. Eng yirik kanallar sho‘rolar davrida bunyod etilgan Katta 
Farg‘ona kanali (345 km), Qoraqum kanali (Turkmaniston, 500 km). 
0 ‘nlab suv omborlarining bunyod etilishi Orol fojiasiga sabab bo‘ldi.
Mahalliy dehqonchilik asosi sug‘orish tizimi doimo ko‘p mehnat 
talab etgan. Tog‘li va tog‘oldi hududlarida sug‘orish tizimi miqyoslari 
bo‘yicha ancha kichik bo‘lsa-da, to‘g‘onlar, korizlar, suv omborlari 
qurish ham og‘ir mehnatni talab qilgan. Hozirga qadar o‘lkada, xusu- 
san, 0 ‘zbekistonda lalmi dehqonchilik bilan aynan tog‘oldi adirlarida 
shug‘ullanishadi.
0 ‘rta Osiyo dehqonlari turli qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtira- 
dilar. XX asrda asosiy ekin paxta edi. Mustaqillik yillarida paxta may- 
donlari qisqartirilib, meva, sabzavot, ayniqsa, g‘allachilik, sholikor- 
likka katta e’tibor qaratila boshlandi. 0 ‘lkaning mevalari uzum, olma, 
nok, gilos, anor, o ‘riklari uzoq-yaqin mamlakatlar aholisiga yetkazib 
berilmoqda. 0 ‘rta asrlarda Xorazm qovunlarini Bag‘dodga eltganlari 
manbalarda yozilgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin