Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Shimoliy o‘rmon qabilalari



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Shimoliy o‘rmon qabilalari. 
Bu hududda ko‘p sonli algonkin 
va atapask qabilalari yashaydi. Ular atapask yoki na-dene tillarida 
so‘zlashadilar. Ko‘chmanchi ovchi qabilalari bug‘u va kiyiklami ovla- 
ganlar. Aynan ushbu viloyatlar hindulari pemlikan - quritilgan go‘sht, 
miya, yog‘ aralashmasidan mahsulot tayyorlab, qayin po‘stlog‘idan 
qilingan idishlarda uch yilgacha saqlagan. Bu uzoq davom etadigan 
ovlarda iste’mol qilinadigan oziq yevropaliklarni qiziqtirib, go‘shtli 
konservalar tayyorlashga asos bo‘lgan.
Atapask qabilalari daraxt po‘stloqlaridan qilingan yengil chay- 
lalarda yashaganlar. Na-denelar kanoelari ham daraxt po‘stloqlaridan 
yasalib, katta daryolarda, Buyuk ko‘llarda baliq ovlangan. Qishda ular 
it qo‘shilgan chanalar yoki chang‘ilardan foydalanib ov qilishgan.
Bugungi kunda Alyaska va Kanada atapasklari bir nechta rezer- 
vatsiyalarda yashashadi.
Bu yerda tarqalgan bug‘u terisidan mo‘ynali kiyimlar hindular 
kiyimlari ramzi sifatida tavsiflanadi. Qishda mo‘ynali, yozda zamsha 
(oshlangan teri)dan erkaklarda tizzagacha, ayollarda to‘pig‘igacha 
ishton kiyishgan. Yumshoq poyabzal - mokasinlar, qo‘lpaypoq yozda 
ham kiyilgan, mo‘ynalardan kashtalangan, bug‘u yoli, qush patlari, 
burgutlar tirnoqlari bilan bezatilgan. Qabila boshliqlari - oqsoqollar 
qush patlaridan murakkab bosh kiyimlari kiyishgan.
Shimoliy Amerikaning shimoli-g‘arbiy (Tinch okean) sohili
aholisi. 
Ushbu iqlimi murakkab, turli baliqlarga (ket, chavich, losos) 
boy o‘lkalarda yilda ikki marta baliqlar daryolarga urug‘ tashlagani 
chiqadi. Ayni paytda okeandan ko‘tarilgan baliqlami faqat odamlar 
emas, turli hayvonlar (ayiqlar, bo‘rilar, tulkilar) ham ovlaganlar.
Aleut orollari va Alyaskada aleutlardan shimolroqda tlinkitlar, 
xaydalar va nutkalar, simshianlar, selish va chinuklar yashaydilar. Bu 
qabilalar turli xil til guruhlariga mansub bo‘lishsa-da, ularni asosiy
220


xo‘jalik faoliyati - baliqchilik birlashtiradi. To‘r va savatlar bilan tres- 
ka, kambala va losos ovlangan. Shimoliy g‘arb hindulari tyulen, kit, 
morjlami ushlashgan. Oziq ratsionini termachilik mahsulotlari, suv 
o‘tlari, yovvoyi mevalar, yerildizlilar to‘ldirgan.
Bu hindu qabilalari uzun uylar (jumladan selish qabilasida 160 m 
uy bo‘lgan), 15-22 metrli qayiqlari, yog‘ochdan marosim niqoblari, 
udum-marosim buyumlari tayyorlaganlar. 0 ‘ymakor totem ustunlari 
Shimoliy Amerika hindularining yana bir ramzi, ulami uyning oldi- 
da o‘matib, totem ajdodlari - qarg‘alar, burgutlar, kitlar va marhum 
qabila boshliqlarini tasvirlaganlar. Homiy - totem sharafiga bayra- 
mlar, potlach - taklif etilganlarga sovg‘alar tarqatish marosimlari 
ham tashkil qilingan. Bu Tinch okean sohilida Oregondan Alyaskaga- 
cha yashovchi hindu qabilalari hayotidagi muhim marosim boTgan. 
Sovg‘alami tarqatish ko‘p kunli ziyofatlar, raqslar, qo‘shiqlar, mu- 
sobaqalar, turli o‘yinlar, kechalar gulxan yonida turli hikoyalar bilan 
qo‘shib olib borilgan. Shimoli-g‘arbiy Tinch okean sohilida birinchi 
potlach haqida rivoyat mavjud. Oltin Burgutning qizlari eng mohir 
ovchilar tuta olmagan ajoyib qushni otib tushirganlarida, bu voqeani 
bayram bilan nishonlab, unda har bir qushning patidan bittadan pat 
ulashiladi. Har bir qiz u taqishi kerak boTgan rangni tanlagan.
Shimoliy-g‘arb hududlari o‘z matolari bilan shuhrat qozongan. 
Janubda uni itning yungidan qilishgan, shimolda esa movut tog‘ ech- 
kilari junidan tayyorlangan. Tlinkit mato to‘quvchi ayollaming eng 
mashhur buyumi - chilkat nomli yopinchiq hisoblangan.
Shimoliy-g‘arbiy hindular hayotida ayirboshlash muhim o‘rin 
tutib, hatto «pul» (misdan plastinkalar) ixtiro qilingan edi. Ulaming 
jamiyatida ibtidoiy qullik elementlari bo‘lgan. Qullar muxolif qabi- 
lalarga qarshi urushlarda asir olinganlardan edi. Qurollari kamon, 
uchi misdan yog‘och nayza bo‘lsa, boshlari va tanalarini yog‘ochdan 
dubulg‘a va sovut asragan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin