mongoloid tipida shimoliy-sharqiy osiyoliklaming o‘tishi bundan 30
ming yillar avval hozirgi Bering bo‘g‘ozi orqali boshlangan.
Buyuk
muzlik davrida bu joy Osiyoni Amerika bilan quruqlik ko‘rinishida
bogiab turgan. Bizon va karibulami ovlovchi kichik guruhlar, hay-
vonlar ortidan yurib o‘zlari bilmagan holda Yangi
Dunyoni birinchilar
qatori kashf qilgan.
Shimoliy Amerika preriyalari va tog‘oldi hududlarining ilk aholisi
yirik hayvonlar (mamont, bug‘u, ayiqlarga), ovni, termachilikni (qush
tuxumlari, ari uyalari) bilan qo‘ shib olib borganlar. Biz ularning xo‘jaligi
haqida aniq ma’lumotlami Shimoliy Amerikadagi paleolit manzilgo-
hi - Luisvildan topilgan ashyolariga tayangan holda keltiramiz.
Yangi Dunyo paleolit ovchilari hayot
tarzi doimiy harakatni ta-
lab qilgan. Iqlimning o‘zgarishi va ov hayvonlarining janubga
siljishi ularning hozirgi AQSHning janubiy-g‘arbiy
hududlariga
ko‘chishlariga, yangi yerlarni o‘zlashtirishga majbur etadi.
Antropologik tasnif.
0 ‘zlarining antropologik tiplariga ko‘ra
Amerika hindulari, eskimoslar ko‘proq
Shimoliy va Sharqiy Osiyo
xalqlariga yaqin hamda katta mongoloid irqiga kiradi. Bu Amerika
tub aholisining Osiyodan chiqqanligini
isbotlovchi guvohliklar-
dan biridir. Shimoliy Amerika hindulari mongoloid irqiga mansub
boiishi barobarida, bir necha irq tiplariga - eskimos, atlantika, tinch
okean xillariga bo‘linadilar. Ayrim tafovutlarga qaramasdan, Amerika
hindularining mongoloidlar ekanligi bahs talab qilmaydigan holatdir.
Hindu odatda o‘rta bo‘yli, yelkador, lekin harakatchan, uzun qo‘lli,
bilaklari
ingichka, peshanasi keng,
burgut burunli, nisbatan katta
ogizli, qo‘y ko‘zli (epikantusli), yapaloq yuzida iyagi biroz oldinga
chiqqanligi, och yoki to‘q sariq badan rangi, to‘g‘ri qora sochlari bi
lan xususiyatlanadi. «Qizil tanlilar» laqabini
hindular tantanali hol-
atlarda badanlarini, yuzlarini qizil ohra bilan bo‘yashlari sababli ol-
ganlar. Hindulami aynan shu shaklda ilk yevropalik
dengizchilar va
mustamlakachilar ko‘rganlar va eslab qolganlar.
Dostları ilə paylaş: