jada ispanlar yerlari faqat janubiy-g‘arb bilan cheklangan.
Shimoliy
Amerikada hukmronlik uchun kurashda Angliya, Fransiya, Gollandi-
ya yetakchi mavqega erishadi.
AQSH sharqiy shtatlari qishloq aholisining katta qismi aynan
Gollandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Irlandiya,
Germaniyadan ilk
ко‘chib kelganlaming avlodlaridir.
Umuman olganda, yevropaliklaming Shimoliy Amerikaga kelib
joylashgani sekin kechgan. Shimoliy Amerikaning neytral oblast-
larida XVI asrda, ba’zida XVII va XVIII asrlarda ham hindular bu
jarayonni hali unchalik sezishmagan. Gollandiya va Fransiyadan Shi
moliy Amerikaga XVII asrda kelgan mo‘ynachi savdogarlar hindular-
dan arzimagan pulga «yumshoq oltin»ni alishtirib Amerika aholisini
qirg‘in qilish yoki yashayotgan joylardan ko‘chirib yuborishdan man-
faatdor boimaganlar.
Shunga qaramasdan Yevropadan ко‘chib kelganlar asta-sekin
qit’aning ichiga kirib boradilar. Fenimor Kuper romanlaridagi
Nataniel Bampo (Teri paypoq, Burgut ko‘z)
kabilar ortidan daraxt
kesuvchilar kelib o‘mionlardan ekinzorlar uchun yer tayyorlab,
yog‘ochlardan uylar tiklashgan. Choi-dasht rayonlarida mustam-
lakachilar chorvachilikni joriy etadilar. Kovboy («sigirchi bola» yoki
«cho‘pon» ma’nosini beradi) tez orada preriyada, bay rami arda (ro
deo), folklorda, so‘ng adabiyotda markaziy qahramonga aylana bordi.
Inglizlaming Shimoliy Amerikadagi kolonizatsiyasi keng ko‘-
lamda olib borilgan. Yevropadagi kambag‘allar uchun Amerika
jannatmakon o‘lka, u yerda yirik
yer egalari tazyiqlaridan, diniy
ta’qiblardan, qarzlardan xoli b o iish orzusida azob va mashaqqatli sa-
farga otlanganlar. Ketma-ket ingliz koloniyalari tashkil etilib, XVIII
asr o ‘rtalarida ulaming soni 37 taga yetadi. Ushbu koloniyalar aholisi
1,6 mln. kishidan iborat bo‘lgan.
Janubiy-sharqda inglizlardan tashqari ko‘plab fransuz-koloniza-
torlar ham bo‘lgan. Bu hududga XIX asming boshlarigacha 1 mln.
qora tanlilar keltirilgan, ushbu jarayon XVII asming birinchi yarimi-
dan boshlangan. 1860-yilda qullar soni 4 mln.ga yetadi. Ulami ja-
231
nubiy-sharqiy, janubiy va janubiy-g‘arbiy
shtatlarda paxta plantatsi-
yalari tashkil qilingan hududlarda joylashtirganlar. Bugungi kunda
ham ushbu shtatlarda qora tanli aholi nisbatan к о 'p. ularning yarmiga
yaqini janubiy shtatlarda yashaydi.
XIX
asming ikkinchi yarmidan Shimoliy Amerikaga emigratsi-
yaga kelayotganlar etnik tarkibi o‘zgaradi. Ko‘chib keluvchilarning
yarmidan ко‘pi yevropaliklar, lekin g‘arbiy
sohilda Xitoy va Ya-
poniyadan ham ko‘plab ко‘chib keluvchilar bo‘lgan. Yangi sharoit-
larda keluvchilar uchun asosiy talab ingliz tilini o‘zlashtirish bo‘lgan.
Boshqa etnik guruhlami bo‘ysundirgan ingliz tilli aholining maishiy,
psixologik va ijtimoiy hayot tarzi shakllana boshlaydi.
Rus tadqiqotchilarining Amerikaga sayohatini V. Bering
1741-1742-yillari A.Chirikov bilan birga boshlab berishgan. Ular
Aleut orollarini kashf qilib, Bering bo‘g‘ozi va Amerikaning shimoliy
sohillariga yetib boradi. Savdogar G.Shelixov 1783-yili Amerikaga
rus mustamlakachilarining yuborilishiga homiylik qiladi. Ammo Ros
siya hukumatini asosan mo‘yna olish mumkin bo‘lgan uzoq koloni-
yalar unchalik qiziqtirmaydi. Imperator Aleksandr II 1867-yili Alyas-
kani AQSHga 7 mln. dollarga sotadi. Hududdan 1896-yili
oltin to-
pilib, bir yilda 10 mln. dollardan ortiq daromad keltiradi.
Dostları ilə paylaş: