munosabatda bo‘lib, uni o‘z xohishlariga qarab o ‘zgartirishlari mum
kin. Chunki ko‘pchilik amerikaliklar uchun ingliz tili ona tili emas.
Shimoliy Amerika mustamlakachilari mahalliy hindular bilan nis
batan kam aralashgan. Shimoliy Amerikaning britaniyalik va fransi-
yalik mustamlakachilar tomonidan o‘zlashtirilishi oilaviy guruhlar
tomonidan yoki yevropaliklami o‘z vatanlaridan oila qurish uchun
ayollami keltirishi bilan xususiyatlanadi.
Shimoliy Amerikaning Atlantika sohili bo‘ylab turli mamlakat-
lardan kelgan mustamlakachilar manzilgohlar bunyod etishgan.
Gollandiya va Shvetsiya koloniyalari ko‘p o‘tmay inglizlar tomoni
dan egallangan. Hozirgi Kanadaning Atlantika sohilidagi yerlarida
XVII asrning boshlarida Fransiya koloniyalari bunyod etiladi. Janub-
roqda sohil bo‘ylab 13 ta Britaniya koloniyalari - bo‘lajak Qo'shma
Shtatlar vujudga keladi. Bu hududda aholi dastlabki paytdanoq xilma-
xil bo‘lgan. Inglizlar bilan birga shotlandlar va irlandlar, nemislaming
kichik guruhlari, shvedlar va boshqa yevropaliklar vakillari yashagan.
1776-yili Amerika Qo‘shma Shtatlari tashkil topadi. AQSH aho
lisi tug‘ilishning yuqori bo‘lishi, immigratsiyaning ko‘p sonliligi tu-
fayli ingliz tilli bo‘lmagan aholining ham ko‘payib borishiga sabab
bo‘lgan. Birinchi aholi ro‘yxati 1790-yili o‘tkazilib, unda britaniya-
liklar (inglizlar, shotlandlar, irlandlar va uelsliklar) aholining 75% ni
tashkil qilgan. Yevropaning rivojlangan turli mamlakatlaridan ko‘chib
keluvchilar XIX asrda ham davom etadi. Qo‘shma Shtatlar aholisi asr
boshida 5 mln. bo‘lgani holda bu paytda unga 20 mln. kishi kelib
joylashgan. Immigrantlaming ommaviy oqimi AQSHda asosiy mil
latlar qatorida, Amerika yoki Kanadaning etnik guruhlari: nemislar,
gollandlar, yahudiylar, shvedlar, norvegiyaliklar vujudga keladi. Yana
ham kuchli immigrantlar oqimi XX asrda bo‘lib (1980-yilga AQSHga
30 mln. kishi ko‘chib keladi), uning qudratini, salohiyatini yanada
oshiradi.
Dostları ilə paylaş: