Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Etnoslararo munosabatlar. 
Kanada tarixi va uning ulkan geo- 
grafik xilma-xilligi mamlakatda regionlami bir-biriga qiyoslash: 
aliolisi, tabiati, xo‘jaligi, madaniyati, ba’zida yashovchilarning siyo- 
siy harakatlaridagi tafovutlami nazarda tutadi.
Haqiqatan ham Kanadada tabiat va qishloq xo‘jaligi zonalari keng 
koiam li - Freyzer daryosi quyi oqimidagi subtropiklar, shaftolizor 
bogiari va uzumzorlaridan tortib, Saskachevan sohillaridagi dasht 
bug‘doy dalalaridan tundrada Makkenzi daryosi sohilidagi bug‘ular 
yaylovlarigacha, xo‘jalikda urbanizatsiyalashgan industrial Ontario- 
ning janubidan shimoliy hindu va eskimoslaming oddiy ovchilik 
xo‘jaligigacha faoliyat turlari mavjud. Kanadaning ayrim rayonlarida 
faqat fransuzcha, boshqalarida inglizcha so‘zlashsalar, yana shunday 
rayonlar borki, ularda hindu yoki eskimos tillarida gaplashadilar. Xi­
toyliklar mavzelari, ukrainlar qishloqlari, nemislar shaharchalarini 
ayni shu mamlakatda uchratasiz.
AQSHda shakllangan «ommaviy madaniyat» Kanada madaniyat- 
iga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmagan. Kanadada o‘zining betakror, AQSH 
nikiga o‘xshamaydigan (unda turli madaniyatlar bozor munosabatlari 
va zavqlantirish industriyasi ta’sirida yaxlit narsaga aylangan bo‘lsa), 
o‘ziga xos, rang-barang, ular faxrlanadigan madaniyat shakllanadi.
Kanadaliklar amerikaliklardan farqli o iaroq «bola boshidan» ma- 
taliga rioya qiladilar. Amerikalik bolalaming qahramonlari kovboy va 
gangster, qonunlarni mensimaydigan kishi b o isa, yosh kanadaliklar 
qahramoni Shimoliy-G‘arbiy otliq politsiya boiinmasining a’zosi, 
kuchli, ayni paytda qonun himoyachisi, yangi o‘zlashtirilayotgan 
hududlarda tartib o'rnatiivchidir.
237


Kanada kef pmillatli mamlakat sifatida o ‘zining o‘zligini, o‘ziga 
xosligini saqlab qolmoqchi.
Kanada ijtimoiy hayotida uzoq payt ingliz tili hukmronligini 
saqlab keldi. Lekin asrlar davomida frankokanadaliklarning tenglik 
uchun kurashi ingliz va fransuz tillarining rasman tengligini qonun- 
lashtirishiga olib keldi.
Tabiiy Kanadaning haqiqiy asoschilari hindular va eskimoslardir. 
Hozir mamlakatda yarim million hindu va 30 ming eskimos yashay­
di. Kanadada hindularning ommaviy qirg‘inlari boim agan. Bugungi 
kunda ularning o‘z madaniyatlarini erkin rivojlantirish uchun kurashi 
mamlakatdagi progressiv jamoa tomonidan qoTlanilib, hukumat to- 
monidan tan olinmoqda.
Nihoyat aholining to‘rtdan biri o‘nlab etnik kam sonli guruhlardan 
tashkil topgan nemislar bir milliondan ko‘proq, italiyaliklar bir mil- 
lionga yaqin, ukrainlar yarim milliondan ko‘proqdir.
XX 
asr davomida Kanadaga Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi- 
dan yuz minglab emigrantlar keigan. XX asrning 80-yillarida Kana­
dada 400 ming golland, 300 ming xitoylik, yana shuncha skandi- 
naviyalik, 260 ming yahudiy, yana shuncha polshaliklar, yuz ming­
lab porttigal, grek, vengr, hind-pokistonliklar, lotin amerikaliklar, 
vest-indiyaliklar, okeaniyaliklar, arablar, sobiq sovet respublikalari 
vakillari yashamoqda.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin