liklaming tarqalishi Amerika tub aholisining kamayishiga olib keldi.
XVIII asrdan aholining kamayishi to‘xtab, m a’lum muddatdan so‘ng
o‘sish boshlanadi. Hozirgi kunda hindular soni 40 mln. dan kam emas.
Hindu qabilalarining Yangi Dunyoning ulkan hududlarida joylashi-
shi ko‘p sonli va xilma-xil tillar, madaniyatlar
va etnoslaming shakl-
lanishiga olib keladi. Tadqiqotchilaming hisoblashicha, Lotin Amerika-
sida 2 mingga yaqin tillar va shevalar mavjud.
Quyida nisbatan yirik til
oilalari va tillariga, unda so‘zlashadigan xalqlarga to‘xtalamiz:
I. Markaziy - amerind til oilasiga
yorqin
sivilizatsiya yaratgan
asteklar hamda Janubiy Meksikaning qator qabilalari va elatlari kiradi.
Ular qatoriga Yukatan yarimorolida yashovchi mayyalar ham kiradi.
Mayyalar yana Janubiy Meksika, Gvatemala, Beliz, qisman Gonduras
va Salvadorda ham istiqomat qiladilar. Ushbu til oilasiga olimlar to
monidan yaxshi o‘rganilgan mishtek, sapotek va otomilar ham kiradi.
II. Chibcha-muiskalar
yana bir yuksak
hindu sivilizatsiyasini
yaratgan xalqlardir.
III. Eng yirik hindu til oilalaridan biri - and.
Ushbu til oila
siga mansub tillardan guarani Paragvay davlatidagi rasmiy tillardan
biridir; kechua tili (unda qadimgi inklar so‘zlashganlar) rasman Peru,
Boliviya va Ekvadorda tan olingan.
IV. Ekvatorial-tunaon til oilasi.
Undagi
yirik tillardan biri ay-
mara Peru va Boliviyada keng tarqalgan. Argentinaning tub xalqlari -
dan mapuchelar ham shu til oilasiga mansub, bu tilga jasur araukanlar
(Amerika xalqlaridan o‘z mustaqilligi uchun eng uzoq kurashgan)
kiradi.
Dostları ilə paylaş: