Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Konkistadorlar va mustamlakachilar



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Konkistadorlar va mustamlakachilar. 
X. Kolumb va uning 
davomchilari Amerikaning birinchi kashfiyotchilari bo‘lmagan. Ular- 
dan ancha oldin Amerikaga skandinaviyalik vikinglar, ehtimol xitoy 
va arab dengizchilari va savdogarlar ham kelganlar. Lekin aynan 
X.Kolumb Yangi Dunyoni Yevropa va qolgan dunyo uchun ochib
ular orasidagi doimiy aloqani oVrnatadi. Yangi kashf etilgan yerlarni 
egallash ancha shafqatsiz usulda olib borilgan. Ushbu voqealar za- 
mondoshi Bartolome De las Kasas (rohib va missioner) hindular- 
ning shafqatsiz qirg‘in qilingani, ularni maxsus o‘rgatilgan itlar bi­
lan qiynatilgani, hindulaming qullarga aylantirilganini yozgan asari 
mavjud. Konkistadorlar, ruhoniylar hech bir asossiz hindularni odam 
desa bo‘ladimi, degan masalani muhokama etganlar. Faqat Papa Pav­
el III 1537-yili rasman hindularni haqqoniy odamlar deb e ’lon qil- 
ganidan so‘ng ularni «qalbsiz jonzot» deb atash to‘xtatildi.
Hindular yerlarini tortib olish, ularni ayovsiz ishlatishda dunyoviy 
va diniy hokimiyat o‘zaro raqobat qilgan. Bu borada iyezuitlar ay- 
niqsa jonbozlik ko‘rsatadilar.
Lotin Amerikasi davlatlaridan biri - hozirgi Paragvayda iyezuitlar 
o‘zlarining teokratik (sof cherkov) davlatlarini tuzganlar. Unda hin- 
dulami ishlatishning o‘ziga xos usullarini qo‘llaganlar. Bu ishlar keng 
jamoatchilikning g‘azabini qo‘zg‘agani uchun 1767-yili ispan qiroli 
Karlos III iyezuitlami Ispaniyaning barcha mustamlakalaridan hay- 
dash haqida dekret chiqaradi.
Shafqatsiz munosabatga qaramasdan, Lotin Amerikasidagi hin- 
du elatlari va qabilalari saqlanih qoladi. Buni mazkur hududdagi 
xalqlaming ishlab chiqarish xo‘jaligi, dehqonchilikni bilganlari, 
ma’lum darajada og‘ir mehnatga ko‘nikmalari bo‘lganligi bilan ham
242


izohlash mumkin. Shunga cjaramasdan latifundiyalarga afrikalik qul- 
lami keltirib ishlatishga intilganlar. Qolaversa, istilochilar fikricha, 
hindular og‘ir ishlar: konlarda yoki plantatsiyalarda ishlashga ya- 
roqsiz hisoblanganlar. Shuning uchun yevropalik mustamlakachilar 
issiq iqlimli, hindu aholi kam bo‘lgan hududlarga afrikalik qullami 
keltirib, tropik ekinlar - shakarqamish, o ‘sha joyning o ‘zida qanddan 
rom ishlab chiqaradigan primitiv zavodchalar qurib, ulaming barcha- 
sida qullami ishlatganlar.
Shu tariqa asta-sekin Lotin Amerikasining uch irqi shakllana 
boradi. Ispan va portugal mustamlakachilarini Amerikada katta hajm- 
dagi oltinni egallash jalb qilgan. Hindularga bu ma’dan yaxshi tanish 
bo‘]gan, ular oltindan turli zeb-ziynatlar tayyorlaganlar. Afsonalar- 
dan birida chibcha qabilasi boshlig'i (hozirgi Kolumbiya) zamonaviy 
poytaxt Bogota shahridan 50 km naridagi Guatavita ko‘liga, bada- 
niga oltin kukunlarini yopishtirib marosimiy cho‘milgan. Marosimda 
ishtirok etgan hindular ko‘lga oltindan taqinchoqlarni, qimmatbaho 
toshlarni tashlaganlar. Ispanlar bu marosimni eldorado (ispancha 
el ombre dorido - «oltin kishi», «oltin odam») deb atashgan. Nati- 
jada afsonaviy boyliklar mamlakati eldorado haqidagi mish-mishlar 
konkistadorlaming orzusidagi mamlakatga aylanadi.
Tabiiy eldorado topilmagan, lekin oltin, kumush va qimmatbaho 
toshlarni qazib olish yo‘lga qo‘yilib, Ispaniya qiroli xazinasiga katta 
daromad keltira boshlaydi. Lekin asosiy boyliklar qishloq xo‘jalik 
ekinlari plantatsiyalari (shakarqamish, paxta. kofe, tamaki)dan olingan.
Keyinchalik chorvachilik, g‘alla yetishtirish, qayta ishlash va 
tog‘-kon sanoatlari y o ig a qo‘yiladi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin