Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Savol va topshiriqlar
1. Shimoliy Amerika tub aholisining irqiy va til klassifikatsiyasiga 
oid Internet maTumotlarini to‘plab, izohlab bering.
2. Shimoliy Amerika xalqlari xo^jaligi transformatsiya jarayonla- 
rini so‘zlab bering.
3. Arktika ovchilari haqida nimalarni bilasiz?
. 4- Shimoliy-g‘arbiy Tinch okean sohili hindulari xo‘jaligi, madani­
yati haqida nimalarni bilasiz?
238


5. Irokezlar haqida ma’lumot to'plab so‘zlab bering..
6. Preriya ovchi qabilalari va pueblolar etnologiyasi bo‘yicha ni­
malami bilasiz?
7. Amerika hindulari etnik jarayoniar ta’sirida qanday 
o‘zgarishlarni boshidan kechirdi?
8. Shimoliy Amerikada millatlarning shakllanishini tavsiflab 
bering.
9. AQSH aholisining irqiy va til klassifikatsiyasini izohlab bering.
10. Kanadadagi etnoslar va etnoslararo munosabatlar qanday 
ko‘rinish olgan?
239


14-BOB. MARKAZIY, JANUBIY AMERIKA VA
VEST-4NDIYA XALQLARI
14.1. Mamlakatlar va xalqlar
Geografik jihatdan Lotin Amerikasi va Vest-Indiya yaxlit birlikni 
tashkil etmaydi; bn Janubiy Amerika qit’asi va Markaziy Amerika -
qit’alar orasidagi «tor ko‘prik» va Vest-Indiya - Karib dengizi hamda 
Meksika ko‘rfazidagi ko‘p sonli orollardir. Ayni paytda ulami ko‘p 
jihatlar birlashtiradi: tarixiy birlik, ushbu hududdagi davlatlaming 
siyosiy va iqtisodiy holati, ulardagi aholining keng tarqalgan tillari 
qarindoshligi va boshqalar. So‘nggi til omili bilan Lotin Amerikasi 
atamasining kelib chiqishi ham bogiiq. Ko‘rilayotgan mintaqa aholi­
sining ko‘pchiligi ispan, portugal va fransuz tilining mahalliy she- 
valarida so‘zlashadilar. Bu tillar hind-yevropa til oilasining roman 
guruhiga mansub, ular esa lotin tilidan shakllangan. Vest-Indiya yoki 
Karib havzasi mamlakatlarida: ingliz, golland tillari ham mavjud. Bu 
tillar Beliz, Gayana va Surinam kabi davlatlarda tarqalgan.
Lotin Amerikasi 20,5 mln. km2 maydonga ega. Uning g‘arbida 
shimoldan janubgatom on cho‘zilgan dunyodagi eng uzun tog‘ tizimi
- Kordilyera (And), ekvatorial hududning talay qismini yer yuzi- 
dagi eng ulkan Amazoniya pasttekisligi egallagan. Iqlimi xilma-xil, 
shimolda ekvatorial, eng janubida - Olovli Yerda sovuq va qahra- 
ton ob-havo mavsumlari mavjud. Eng yirik daryolari - Rio-Grande 
AQSH va Meksika orasida chegara vazifasini bajaradi, Orinoko, 
Amazonka, Paranalar suv y o ii sifatida xizmat qilish bilan bir qatorda 
arzon elektr quvvati olish manbayidir. Pampaning sero‘t tekisliklari 
hozirda ekinzorlarga aylantirilmoqda. Janubiy Amerikaning shimo­
lida Amazoniya va boshqa yirik daryolar havzasida dunyodagi nam 
doimo yashil ekvatorial o ‘rmonlar - selva joylashgan bo‘lib, u «Yer 
sayyorasi o‘pkasi» atmosferaning kislorod muvozanatini saqlashdagi
240


asosiy omildir. Qit’aning qa’rida ko‘plab foydali qazilmalar mavjud. 
Tuprog‘i tabiiy muhitining boshqa jihatlari singari turli-tuman va 
aksari unumlidir.
Yangi Dunyoning ushbu qismi aholisi 
m u ra k k a b
jarayonlar orqali 
shakllangan. U antropogenez hududga kirmay. olimlaming fikri- 
cha, Sharqiy Osiyodan so‘nggi paleolitda o ‘tgan odamlar qit’aning 
eng janubiga qadar tarqalgan. Janubiy amerikalik hinduiaming katta 
mongoloid irqiga yaqinligi ham bu fikmi tasdiqlaydi. Ibtidoiy odam­
lar qit’aning quruqlik qismini egallashlari davomida uning xilma-xil 
tabiiy-iqlim sharoitlariga moslasha boradilar.
Lotin Amerikasida 32 ta davlat mavjud. Ular Argentina (44,5 
mln.), Boliviya (11,3 mln.), Braziliya (209 mln.), Venesuela (28,8 
mln.), Gaiti (11,1 mln.), Gvatemala (17,2 mln.), Gonduras (9,5 mln.), 
Dominikan Respublikasi (10,6 mln.), Meksika (126,2 mln.), Nikara- 
gua (6,4 mln.), Panama (4,1 mln.), Paragvay (4,6 mln.), Peru (31,9 
mln.), Chili (18,7 mln.), Salvador (6,4 mln.), Urugvay (3,4 mln.),, 
Ekvador (17,0 mln.), Yamayka (3 mln.) va yana qator mayda davlat)ar 
va hududlar mavjud. Umumiy aholisi 500 mln. kishidan ortiq.
Yuqorida aytilganidek, hozirda ko‘pchilik mamlakatlarda ispan 
tilida (Meksika, Kuba, Dominikan Respublikasi, 
M a rk a z iy
va Janu­
biy Amerikaning ko‘pchilik davlatlari aholisi), Braziliyada -- portugal 
tilida, Gaitida - fransuz tilida so‘zlashadilar. Qator mamlakatlarda 
ingliz tili keng tarqalgan (Gayana, Beliz, Yamayka 
va 
boshqalar), ni- 
derlandtili Surinam va'Niderlandiya Antil oroilarida tarqalgan. «Ikki 
tilli» davlatlar ham bo‘lib, ularning aholisi vevropa va mahalliy tilda 
so‘zlashadilar. Bunday davlatlardan biri Puerto-Riko b oiib, unda is­
pan tilidan tashqari ingliz tili ham isblatiladi. Qolaversa, mintaqaning 
talay aholisi mahalliy hindu tillaridan foydalanishda davom etmoqda.
X V I 
asr boshlaridan ispanlar (konkista) istilosi, so'ng 
p o rttig a lia r. 
ulardan keyin boshqa Yevropa davlatlari Amerikani istilo qiladi. Ayni 
paytda qit’adagi hindu xalqlari ibtidoiy urug4chilik jamoasining turli 
bosqichlarida edilar. Hindular o‘zlashtirish xo‘jaligi - ovchilik, ter- 
machilik, yana dehqonchilik ishlab chiqarish xo‘jaligiga muhim qa-
241


dam qo‘ygan edilar. Faqat ayrim jamiyatlar nisbatan yuqori darajaga 
o‘z davlatlari sivilizatsiyalarini (mayyalar, asteklar, inklar va chib- 
chalar) yaratgan edilar.
Amazoniya selvasida olimlar hali hanuz ovchilik va termachilik 
bilan shug‘ullanadigan unchalik yirik bo‘lmagan qabilalarni uch- 
ratadilar.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin