Zamonaviy dehqonlar (hindular, metislar, ba’zida kreollar ham)
hozirga qadar qadimgi mehnat qurollaridan foydalanib kelmoqdalar.
Jumladan Peruning dehqon kechualari, yemi ekinga tayyorlash uchun
ensizgina lopatka (belkurak), motiga (so‘qa), yerdagi kesaklami may-
dalash uchun oxiri yo‘g‘on tayoqdan, don yanchish tayog‘i, o‘roq va
boshqalardan asrlar davomida foydalanib kelmoqdalar.
Dehqonlar
mehnat qurollaridan biri - machete deb nomlangan chopqi Meksika,
Kuba boshqa mamlakatlarda shakarqamishni yig‘ishda qoilaniladi.
Makka, kofe va boshqalarni maydalashda kelidan (pilon) foydalanib,
uni daraxtning qattiq navlaridan tayyorlashadi.
Lotin Amerikasi o'ziga xosliklaridan biri undagi qishloq
xo‘jaligining ma’lum ekinlar yakkahokimligiga asoslanganidir. Jum
ladan Braziliya va Kolumbiya kofe, Gaiti va Kuba - shakarqamish,
Markaziy
Amerika mamlakatlari - banan, Argentina va Urugvay -
go‘sht, teri, jun va g ‘alla, ayniqsa, bug‘doy yetishtirishda yetakchilik
qiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, xo‘jalikning bir tomonlama rivojla-
nishi kundalik turmushga, millatlar, elatlar, etnik guruhlarning hayot
tarziga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Sanoatning o‘sishi, birinchi navbatda, Meksika, Braziliya, Argen
tina va yana qator mamlakatlarda shahar
aholisining shakllanishiga,
uning o'ziga xos turmushi, joylashishi va madaniyatining vujudga
kelishiga imkoniyat yaratadi. Lekin ko‘pchilik
mamlakatlarda uzoq
davrlar tabiiy boyliklami qazib olish (Meksika, Venesuela, Bo-
liviyada, Peruda - neft, ayrim mamlakatlarda o‘rmon
bilan bogiiq
yog‘ochsozlik) rivojlangan edi.
Dostları ilə paylaş: