ijodi (folklor) asosida shakllangan professional ma’naviy madaniyat
yozuvchilar, kompozitorlar, artistlar va boshqa milliy badiiy ijodiy
intelligensiya vakillari tomonidan yaratiladi. Milliy professional
madaniyatni yuksaltirishning muhim omillaridan biri - xalq maorifini
yuksaltirishdir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalq maorifining
darajasi turli mamlakatlarda turlicha, faqat Kubada savodxonlik da-
rajasi yurqori, Gaiti, Yenesuela, Ekvadorda esa, aksincha, savodsizlar
darajasi yuqori. Lotin Amerikasining taraqqiy etgan mamlakatlari -
Meksika, Argentina, Braziliyada xalq ta’limi darajasi Yevropa mam-
lakatlariga yaqin.
Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi xalq ta’limi rivojlanishi ularda-
gi aholining turli xilligi bilan belgilanadi. Bu mamlakatlar mustaqil-
likka erishguniga qadar hindular yoki qora tanli qullami maktablarda
o‘qitish haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas edi. Keyinchalik
sanoatning rivojlanishi malakasi yuqori ishchilarga boigan talabning
ortishiga olib keldi va maktab ta’limini yo‘lga qo‘yishni taqozo etdi.
Dostları ilə paylaş: