Keyinchalik bir necha hududlardan tashqari (Islandiya, Alp, Farer
orollari) barcha hududlarda dehqonchilikning ustunligi o‘matildi.
Yevropada juda erta - mil. avv. II—
I
mingyillikda plug dehqon-
chiligi tarqalgan. Dehqonlar ikki xil shudgorlash mehnat quro-
lini qo‘llagan - birida ralo - g‘ildirak va yemi ag‘daradigan jihoz
bo‘lmagan, ikkinchisi - plugda har ikkisi boigan. Raloga shimol va
janubda ot va ho‘kizlar qo‘shilsa, plug markaziy hududlarda tarqalib,
unga ho‘kiz qo‘shilgan. Donli ekinlarni o‘roq, keyinchalik belo‘roq
bilan o‘rib olganlar.
Donni zanjirlar yordamida, janubda esa xirmon-
ga to‘plangan. Donlami ho‘kizlar tuyoqlari yordamida, ularni aylan-
tirib, haydab yanchganlar. Donni shamol yoki suv tegirmonlarida
unga aylantirganlar. Hozirda bu dehqonchilik qurollari hamda qishloq
xo'jalik ekinlarini yetishtirish usullari o‘tmishga aylandi, agrokultu-
raning eng yangi usullari, texnika va texnologiyalar qo‘llanilmoqda.
Yevropaning shimolida asosiy ekinlar: arpa, suli, javdar у etishtirila-
di. Markaziy rayonlarda bug'doy, suli, qandlavlagi ekiladi. Qit’aning
janubida bug‘doy va javdardan tashqari makkajo‘xori, ayrim hududlar
da sholi yetishtiriladi. Yevropada kartoshka ekish ham keng tarqalgan.
Bog‘dorchilik, sabzavot yetishtirish barcha hududlarda boisa, 0 ‘rtayer
dengizi
atrofida zaytun, sitrus mevalari va uzumchilik keng tarqalgan.
Uzumchilikda asosiy hosil vino tayyorlashga ishlatilib, u bilan Luar va
Reyn daryolari havzalarigacha yerlarda shug‘ullanishadi. Texnik ekin-
lardan shimolda zig‘irpoya va kanop, janubda paxta va tamaki ekisha-
di. Ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida, ayniqsa, Niderlandiya, Daniya,
Germaniya, Angliyada gulchilik yuksak rivojlangan.
Yevropaning ko‘plab xalqlari xo‘jaligida chorvachilik muhim
o ‘rin tutadi. Asosan qoramol boqiladi. Mollarni yirik og‘ilxonalarda,
qisman yaylovlarda ushlashadi. Chorvachilik sut va sut ma’hsulot-
larini ishlab chiqarishga, go‘sht va go‘shtdan mahsulotlar tayyor
lashga qaratilgan. Yevropaning ko‘pgina rayonlarida asosar. qo‘y va
cho‘chqalami juni uchun boqishadi.
Sohilbo‘yi rayonlarida baliqchilik yaxshi rivojlangan. Unda
dengiz
mahsulotlari - qisqichbaqa, molluskalar, dengiz tipratikani,
268
baliqning ko‘plab
turlari ushlab, qayta ishlanadi yoki yangiligicU
sotuvga chiqariladi. Baliqchilik norvegiyaliklar va islandlar uchun
katta ahamiyatga ega. O 'rta asrlar davrida Yevropada ancha taraqqiy
etgan hunarmandchilik ishlab chiqarishi boigan.
Aynan uning aso-
sida keyinchalik sanoat ishlab chiqarishi shakllanadi. Zavod-fabrika-
lar ishlab chiqarishi hunarmandchilikni chetga surib qo'yadi. Lekin
uning
ayrim sohalari, ayniqsa, badiiy san’at sohalariga aylanganlari:
kashtachilik, zargarlik, sopol buyumlar tayyorlash, shishadan buyum-
lar, musiqa asboblari yasash bugungi kunga qadar davom etib kel-
moqda. Arktika rayonlarida yashovchi saamlar xo‘jaligi Yevropaning
boshqa xalqlarinikidan ancha farq qiladi. Ularda tundra bug‘uchiligi
va baliqchilik rivojlangan.
Dostları ilə paylaş: