dasturxonga tortiladi. Birinchi taomlardan piyozli, pishloqli sho‘rva
keng tarqalgan. Fransuz oshxonasi tansiq taomlari qatorida ustritsa,
chig‘anoq, katta qurbaqalaming qovurilgan orqa oyoqlari mavjud.
Fransuzlar vino ichishda dunyoda birinchi o‘rinda. Uni tushlikda va
kechki taom bilan ichishadi. Musallas odamlami mast qilmasdan kay-
fiyatlarini ko‘taradi, xolos.
Italiyaliklaming sevimli taomlari makaronning turli xillaridan
(pasta) qilinadi. Pastani tomat sousida, o‘simlik yog‘ida pishloq yoki
go‘shtli qayla bilan yoyishadi. Loviya, no‘xat, rangli karam alohi
da tortiladi. Italiyaliklar taomnomasida ham pishloqlar ancha o‘rin
egallaydi. Uning an’anaviy turlari parmezan (sho‘r, quruq, qattiq),
matsarella (qo‘toslar sutidan pishloq), pekarino (sho‘r, quruq qo‘y
sutidan)lardir. Italiyaliklar rizotto
- vetchinali guruchli taom, qiril-
gan pishloq, piyoz, krevetka (qisqichbaqa) va qo‘ziqorinli, polenta -
quyuq makkajo‘xori bo'tqasi (uni stolga tortishdan oldin pichoq bilan
bo'lakchalarga kesishadi) va h.k.larni yeyishadi. Ziravorlardan itali
yaliklar kapers (shu nomdagi o'simlik kurtaklari), sikoriy va muskat
yong‘og‘ini ishlatishadi.
Inglizlar nisbatan ko‘p go\sht (mol, buzoq, qo'y, semiz boim agan
cho‘chqalar) iste’mol qilishadi. Eng mashhur taomlari rostbif va
bifshteks. Go‘sht bilan odatda tomat sousi, pikuli (mayda marinadlan-
gan sabzavotlar), kartoshka va yangi sabzavotlami tortishadi. Ingliz-
laming an’anaviy taomlari ichida turli pudinglar, go‘shtli, sabzavotli
taomlar (ulami ikkinchi taom sifatida qo‘yishadi),
shuningdek shirin
mevalardan (desert) tortiladi. Inglizlar ertalab porrij deb nomlangan
suli unidan suyuq bo‘tqani, bug‘doy yoki makka bo‘lakchalarini sut
bilan yeyishni xush ko‘rishadi. Birinchi taomlardan turli sho‘rvalar
va pyure sho‘rvasini dasturxonga tortadilar. Bayramlarda inglizlar
turli an’anaviy taomlarni tayyorlaydilar. Ulardan biri Rojdestvoga
cho‘chqa yog‘i (salo), non ushoqlari, un, mayiz, qand, tuxum va turli
ziravorlardan - plam puding tayyorlanadi. Uning ustiga rom quyib,
yondirib dasturxonga qo‘yishgan. Shotlandlar an’anaviy taomlari
inglizlarnikiga o‘xshash, lekin o‘ziga xosliklarga ega. Shotlandlar
273
qora puding va
suli uni, cho‘chqa yog‘i va piyozdan oq puding tayy-
orlashadi. Shotlandlar inglizlarga nisbatan turli taomlar tayyorlashda
yormalardan ko‘p foydalanishadi. An’anaviy shotland taomi qo‘y
yoki buzoqning tozalangan qornidan, suli uni, piyoz va qalampirdan
tayyorlanadi.
Nemislar uchun turli kolbasalar, sosiska va sardelkalar iste’mol
qilish xususiyatli. Keng tarqalgan taomlardan biri tuzlangan karam-
ni dimlab sosiska bilan yeyishdir. Nemislar cho‘chqa va qushlar
go‘shtidan turli taomlar qilishadi. Sabzavotlami odatda qaynatib
tayyorlashadi. Rangli karam, oddiy karam, loviya, sabzi keng iste’mol
qilinadigan sabzavotlardir. Nemislar tuxumdan ham ko‘plab taomlar
tayyorlashadi. Nonushtaga har xil buterbrodlar qilinadi. An’anaviy
ichimliklari - pivo.
Skandinaviya xalqlari taomlarida asos
turli baliqlar va dengiz
mahsulotlaridir. Daniyaliklar, shvedlar, norvegiyaliklar, islandlar
dasturxonida baliq kundalik taomdir. Daniyaliklar seld, makrel, ilon-
baliq, qalqonbaliq va losos baliqlarini qaynatilgan yoki tuzlangan
holda yeyishadi. Dudlangan yoki quritilgan baliq kamroq tarqalgan.
Norvegiyaliklaming sevimli taomlari - seldni kartoshka bilan yeyish
dir.
Ular qovurilgan treska, qalqonbaliq, paltusni ham ko‘p iste’mol
qiladilar. Ularning eng e’zozli taomlari - klipfisk - qoyalarda quri
tilgan, boshi kesib olingan treskadir. Skandinaviya xalqlarida ham
buterbrodni yeyish keng tarqalgan. Daniyada buterbrodni oshxona
qiroli deyishadi. Hududda buterbrodlarning 700 xilini tayyorlashadi.
Murakkab buterbrodlar bir necha qavat qilinib, unda bekon, pomidor,
jigardan pashtet, oq redis va h.k.lar boMadi. Skandinaviyaliklar osh-
xonasida sutning o‘mi katta. Uni yangiligida ichishadi, turli bo‘tqa
va sho‘rvalar qilishadi. Kartofeldan tayyorlangan taomlarga qo‘shib
ichishadi. Undan turli mahsulotlar: qaymoq, tvorog, qatiq qilishadi.
Dostları ilə paylaş: