Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Kelib chiqishi. 
Saam xalqi kelib chiqish ildizlari qadim davrlarga 
borib taqaladi. Saamlar haqidagi dastlabki manbalar milod boshlari- 
ga taalluqlidir. Mashhur rimlik tarixchi Publiy Komeliy Tatsit (mil. 
aw . 120-55) saamlar haqida fin nomi bilan o‘z esdaliklarida yozib 
qoldirgan.
Nenetslar Shimoliy Yevropada milodiy mingyilliklarda pay- 
do boTgan. Nenets tilida saamlar «ngano xan», ya’ni «qayiq- 
chang‘ichilar» degan ma’noda nomlangan.
Saamlar Yevropaning qadimgi xalqlaridan b oiib, saam tilshunos- 
laridan G.M. Kertning qayd etishicha, ularning kelib chiqish tarixi
264


yetarlicha o‘rganilmagan ekan. Fin olimi Y.Toyvonen saamlar ajdod- 
lari fin-ugorlar emas, deya hisoblasa, bunga qarama-qarshi boshqa fin 
olimi E.Itkonen ulaming bevosita ajdodi fin-ugorlar deya uqtirmoq- 
daki, bu saamlaming genezisi borasida chigal masalalar ko‘pligini 
ko‘rsatadi.
Arxeologik qazishmalar saamlaming kelib chiqishi qadimgi davr- 
larga borib taqalishini ko‘rsatmoqda. Paleolit (qadimgi tosh asri) davri- 
ga oid qazilma odamlar qoldiqlari, g‘or devorlaridagi bug‘u surati aks 
etgan petroglifiar saamlaming genezisi eng qadimgi davrlarga borishi, 
ulaming turmush tarzi haqida so‘zlayotganidan dalolat beradi.
Bug‘uchilik saamlarda neolit davridan buyon mavjudligini tad- 
qiqotlar natijalari bugungi kunda tasdiqlamoqda. Saam tilida hayvon- 
laming qadimgi nomlari saqlanib qolgan bo‘lib, masalan, yovvoyi 
bug‘u saam tilida «kont», qo‘lga o‘rgatilgani «puadz» deb nomla- 
nadi. Bug‘u ovchiligi saamlarda qo‘lga o‘rgatishga nisbatan oldinroq 
bo‘lgani uchun «o‘ldirmoq» fe’li saam tilida «konted», ya’ni yovvoyi 
bug‘u so‘zi bilan tabiiy ravishda bog‘liqdir.
Rus tadqiqotchisi V.K. Alimov saam tilini o‘rganib, undagi ayrim 
so‘zlar boshqa tillarda ham uchrashini aniqladi. Masalan, saam tili­
da qayiqcha ko‘rinishidagi bug‘u qo‘shiladigan chana «keres» deya 
nomlanadi. Mazkur so‘z lotin tilida «karrus», fransuz tilida «karros», 
rus tilida «kareta» deb nomlanishini misol qilib keltirish mumkin.
Shved qiroli Karl IX ning 1602-yildagi farmoniga muvofiq saam- 
lami o‘troqlashtirishga urinib ko‘rishgan va ulaming yerlari, ko‘l va 
daryolari, botqoqliklar hisobi olingan.
Maltaliklar (Malta oroli) afroosiyo (semit-xamit) til oilasiga man­
sub. Malta tili arab tilining shevalaridan biri, ayni paytda yozuvi lo­
tin alifbosida. Hozirgi kunda maltaliklaming ko‘pchiligi o‘z tilidan 
tashqari ingliz va italyan tillarini bilishadi.
Yevropaning bitta tub etnosi - basklar til borasida xoli holatda- 
lar. Ulaming tili hozirgi biror tilga yaqin emas. Basklar Ispaniyaning 
shimoli va G ‘arbiy Pireneyda, ispan-fransuz chegarasining har ikki 
tomonida yashaydilar.
265


Undan tashqari, bugungi Yevropada ko‘p sonli immigrantlar 
(arablar, barbarlar, turklar, kurdlar, hindlar, pokistonliklar va boshqa­
lar) guruhlari shakllangan. Arablar va barbarlar ko‘pincha Fransiyan- 
ing yirik shaharlarida, turklar va kurdlarning katta qismi Germaniya- 
da, Hindiston va Pokistondan chiqqanlar Buyuk Britaniyada ko‘proq 
yashaydi. Britaniyaning yirik shaharlarida sobiq ingliz mustamlakalari -
Vest-Indiya va Qora Afrikadan ham immigrantlar pay do bo‘lgan.
Dunyoning boshqa qismlaridan Yevropaga ko‘chishdan tashqari, 
mamlakatlar ichida, mamlakatlararo migratsiyalar ham aholi etnik 
tarkibining xilma-xil bo‘lishiga olib kelmoqda. Migrantlaming asosiy 
oqimi Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Belgiya, 
Shvetsiyaga bormoqda. Fransiyaga - italiyaliklar, portugallar, ispan- 
lar, polyaklar ketsa, Buyuk Britaniyaga - Irlandiyadan, Germaniva- 
ga - italiyaliklar, greklar, portugallar, serblar, xorvatlar va boshqalar 
ко‘chib bormoqdalar.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin