lar. 0 ‘rta asrlarda ko‘plab Yevropa shaharlarida ko‘chma teatrlar to-
moshalar ko‘rsatgan.
I
Yevropaning ko‘pgina xalqlarida uzoq o ‘tmishda qahramon-
lik dostonlari bo'lib, ularni bayramlarda,
xalq sayillarida xalq
qo‘shiqchilari kuylagan. Keyinchalik ushbu xalq og‘zaki ijodi dur-
donalari yozib olingan. German qabilalarining «Nibelunglar haqida
qo‘shiq», fransuzlarning «Roland haqida qo‘shiq», ispanlarning
«Sid haqida qo‘shiq», inglizlaming Beovulf, Artur haqidagi dos
tonlari
asrlar davomida sof muhabbat, jasorat, mardlik, xalqqa sa-
doqatni tarbiyalab kelmoqda. 0 ‘rta asr Fransiyasida qahramonlik
qo‘shiqlarini shoir-qo‘shiqchilar - trubadurlar, Germaniyada - min-
nezingerlar kuylaganlar. Nemis folklorining alohida janri - shvann-
lar. Ular satira shaklidagi kichik hikoyalardir.
Nemislarda hayvon-
lar haqidagi ertaklar, masalan, ayyor tulki haqida ertak mashhur
boigan. Ertaklar og‘zaki shaklda barcha Yevropa mamlakatlarida
keng tarqalgan.
Fransiyada XVII asr oxirida ilk bor
ertaklami yozib ola boshla-
shadi (bu Shari Perroning mashhur ertaklari bo‘lgan). XIX asr bosh-
laridan nemis ertaklarining aka-uka Grimmlar yozib olgan to‘plamlari
nashr etila boshlanadi. Boy milliy adabiyotlaming shakllanishida
xalq og‘zaki ijodidan keng foydalaniladi. Deyarli barcha Yevropa
mamlakatlarida XVII-XIX
asrlarda milliy dramatik, opera va balet
teatrlari tashkil etiladi.
Yevropa xalqlarining musiqa san’ati an’analari ham juda qadim
gi ildizlarga ega. Birgina Italiyada original xalq qo‘shiqlari va raqs
motivlaridan 20 mingini to‘plab nashr qilganlar. Ular orasida uzoq
o‘lkalarda mashhur - barkarola - Venetsiya qayiqchilari - gondoly-
erlar qo‘shiqlari, neapolitan dengizchi va baliqchilarining sevgi haq
idagi qo‘shiqlari,
Italiya zamonaviy nota xati, notalami chop etish
va qator musiqa asboblari vatanidir. Ko‘plab italiyalik kompozitor-
lar xalq musiqasi asosida ijod qilganlar. Ayni paytda Rossini, Verdi,
Puchchinilarning ko‘plab musiqa asarlari chinakam xalq asarlariga
aylanadi.
279
Yevropa xalqlari ko‘plab sport turlarini
ixtiro qilganlar va ular
hozir butun dunyoda keng tarqalgan. Angliyada futbol, to'pli xokkey,
boks va boshqalar paydo bo‘lgan. Ko‘plab qishki sport turlari Skan-
dinaviyada vujudga keigan. Chang1 i va konkilar vatani Norvegiyadir.
Dostları ilə paylaş: