Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Bayramlar va ijtimoiy turmush



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Bayramlar va ijtimoiy turmush. 
Eng ko‘p nishonlanadigan 
bayramlar Isoning tug‘ilishi (Rojdestvo - 24-dekabrdan 25-dekabrga 
o‘tar kechasi) va Pasxa. Ayni paytda katolik va protestantlarda Roj­
destvo, pravoslavlarda Pasxa keng nishonlanadi. Hududning pravos- 
lav xalqlari - greklar, ruminlar va albanlaming bir qismi cherkovida 
grigorian kalendari qabul qilingan (Rossiya cherkovidagi kabi Yulian 
kalendari emas) va ular ushbu bayramlami katoliklar va protestantlar 
bilan bir paytda o‘tkazadilar. Rojdestvoga archani bezash an’anaga 
aylangan. Bu odat XVIII asming ikkinchi yarmida Elzasda bosh- 
lanib, keyinchalik Yevropaning boshqa xalqlariga tarqalgan. Buyuk 
Britaniya xalqlarida an’anaviy Rojdestvo bezagi - padub (doim ya- 
shil, qizil-sariq mayda mevali buta) shoxlari yoki omela (oq mevali 
o ‘simlik)ni bezatish qadimgi keltlardan qolgan odat boigan. Rojdest- 
voda bir-birlariga sovg‘a ulashish ham an’anaga aylangan. Bolalarga 
sovg‘ani oyoq kiyimlari ichiga, karavoti ostiga yoki maxsus paypo- 
qqa solishib, uni rojdestvo bobosi (ingliz va nemislarda Santa Klaus, 
fransiyaliklarda Per-Noel, italiyaliklarda Babbo Natale) keltirgani ay- 
tiladi. Rojdestvo odatda oila davrasida o‘tkaziladi. Undan farqliroq 
Yangi yilni aksari hollarda kafeda kutib olinib, tunda bayram sayllari 
o‘tkazilgan.
277


Bahorgi bayram ommaviy sayllar bilan o‘tkaziladigan maslenitsa 
boigan. Italiyaliklar, fransuzlar va у ana qator xalqlar maslenitsaga 
kamavallar uyushtirganlar. Karnavallarda ko‘plab aholi qatnashgan: 
odamlaming zavqli yurishlari, maxsus kiyimlar kiyib tarixiy mavzu- 
larda sahna tomoshalari ko‘rsatilgan.
A n’anaviy yozgi bayram - Avliyo Ioann kuni. U shimoliy mam- 
lakatlar - Finlandiya, Shvetsiya va boshqalarda ommalashgan. Bu 
bayramga katta gulxanlar yondirilib, qo‘shiqlar aytiladi, daryo va 
k o ilard a cho‘miladilar, fol ochadilar. Avliyo Ioann kuni qadimgi 
majusiy diniy bayramning qay tarzda xristianlashtirilganligiga 
yaqqol misol b oiadi. Bu bayram qadimda xo‘jalik-dehqonchilik 
taqvimi, udumlar, boshqa qator avliyolar kunlarini nishonlashda 
ham kuzatiladi.
Ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida 1-noyabrda barcha avliyolar 
kunini nishonlasbadi. Shu kuni marhumlami eslashib, ota-onalar, qa- 
rindoshlar qabrlarini ziyorat qilishadi.
An’anaviy udum-marosimlar ayrim mamlakatlarda davlat muas- 
sasalari ishida hamroh boiadi. Masalan, Angliyada har yili parlament 
ish boshlaganida o‘rta asr kiyimlaridagi guruh yertoialarni ko‘rib 
chiqib spikerga binoda fitnachilar yo‘qligi haqida xabar beradi. Bu 
o‘ziga xos udum 1605-yili Gay Foks boshchiligidagi fitnachilar par- 
lamentni portlatish rejasi fosh etilganidan so‘ng paydo boigan.
Hozirda mavjud ijtimoiy tashkilotlar (kasaba uyushmasi, klub- 
lar, turli jamiyatlar va to‘garaklar, talabalar, sportchilar, ovchilar, 
qo‘shiqchilar va boshqa jamoalar) o‘rta asr Yevropa hunarmandari 
sex ittifoqlari asosida vujudga kelgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin