Qo‘rg‘onlar va qishloq uylari turlari.
Hozirgi kunda Yevropa
mamlakatlarida shahar aholisi ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ko‘pgina
mamlakatlarda aholining
Va
qismi shaharlarda yashaydi. Buyuk Bri-
taniya va Shimoliy Irlandiyada 90% aholi shaharliklardir. Yevropa
shaharlari orasida juda qadimgilari: Afinaga mil.aw. XVI asrda, Rim-
ga mil.avv. VIII asrda asos solingan. Rim imperiyasi davrida Parij,
London, Kyolnga ham asos solingan. 0 ‘rta asrlar davrida Stokgolm,
Berlin, Madrid, sanoat rivojlangan davrda Angliyada Birmingem va
Bristol, Germaniyada Rur havzasida hamda boshqa sanoat markaz
lari vujudga keigan. Eski shaharlarda tarixiy qismda eng qadrli
me’morchilik inshootlari, ibodatxonalar joylashgan. Afinada - Parfe-
non, Rimda - Kolizey, Parijda - Bibi Maryam ibodatxonasi, Luvr,
Londonda - Tauer, Kyolnda - mashhur Kyoln ibodatxonasi mavjud.
Yevropa uchun aholining yirik shaharlarda, to ‘g‘riro g i, shaharlar
aglomeratsiyalari - shaharlar atrofidagi kichik shaharlar va shahar-
chalar, aholi punktlarida yashashi xususiyatlidir. Bunday shaharcha-
lar aholisi xilma-xil. Sababi migrantlaming asosiy qismi aynan shu
xildagi yirik shaharlar atrofiga joylashadilar. Yirik shaharlarda turli
millat vakillari orasida muloqot hamda o‘zaro ta’sir faol kechadi. Bu
esa boshqa omillar bilan birgalikda alohida shahar submadaniyatining
shakllanishiga olib keladi.
269
Lekin Yevropada shahar hayoti juda erta boshlangan boisa-da,
intensiv sanoatlashtirish boshlangunga qadar qit’ada qishloq aholisi
ko‘pchilikni tashkil etgan. Ayrim mamlakatlarda, jumladan, Por-
tugaliyada, Albaniyada qishloqlarda hozir ham ko‘p aholi yashaydi.
Qishloq qo‘rg‘onlarida ko‘p hovlilik va yakka hovlilik uy-joylar
uchraydi. Yakka hovlilar aholisi siyrak to g ii hududlarda - Fransi-
yada, Ispaniya va Italiyaning shimolida, Germaniyaning shimoliy-
g‘arbida, Angliyaning g‘arbida va Norvegiyada uchraydi. Ko‘p
hovlilik qishloqlar Markaziy Yevropaning, Fransiya, Italiya, Ispan
iya, Bolqon yarimorolining tekisliklarida joylashgan. Ko‘p hovlilik
qishloqlar ulardagi uy-joylar rejasi, qurilish ashyolari bilan farqlana-
di. Yevropaning Markaziy va Janubiy qismidagi qishloqlar hovlilari
tartibsiz ko‘rinishda qurilgan. Natijada bunday qishloqlarda ko‘chalar
ham qing‘ir-qiyshiq. Germaniyaning sharqida aylana shaklida quiil-
gan qishloqlar ham mavjud. Bu shakldagi qishloqlarda uylar markaz-
dagi maydonga qaratib qurilgan. G‘arbiy Yevropada ham ko‘chalar
bo‘ylab qurilgan uylari boigan qishloqlar uchraydi, lekin bunday
qishloqlar aksari Sharqiy Yevropa uchun xususiyatli.
G‘arbiy Yevropa qishloqlaridagi uylar ham turli tiplarga mansub.
Ko‘chalar yuziga uylar qurish dastlab qishloqda o‘tiladigan yo‘l yo-
qasidan boshlanib, keyinchalik yangi ko‘chalar va uylar qurilgan.
Yevropada tarqoq, uylar bir-biridan ancha narida qurilgan manzil-
gohlami ham uchratish mumkin.
Yevropaning janubida 0 ‘rtayer dengizi tipli uylar qurilishi keng
tarqalgan. Bu ikki qavatli, ba’zida uch qavatli toshdan qurilgan bino-
laming pastki qavatida xo‘jalik, yuqorida yashash xonalari joylash
gan. Tomlari ikki yoqlama b o iib , cherepitsa bilan yopilgan. Bunday
uylarda ispanlar, janubiy fransuzlar, janubiy italiyaliklar yashaydi.
Italiyaning shimolida, Shveysariya va Avstriyaning to g ii rayon-
larida, Germaniyaning janubida alp uylari keng tarqalgan. Uy ikki
qavatli, birinchi qavati toshdan, yuqorisi yog‘ochdan ayvoni bilan
qurilgan. Bu xildagi uylaming tomi ham ikki yoqlama yog‘och us-
tunlarga o‘matilgan. Yashash xonalari har ikki qavatda joylashgan,
270
xo‘jalik xonalari faqat birinchi qavatda. Alp uylariga basklar turar
joy lari o‘xshash, farqli tomoni basklarning uylarida ikkinchi qavat
sinchli qilib qurilgan.
Fransiya, Niderlandiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Markaziy Ger-
maniya, Avstriya va Shveysariyaning tekisliklaridagi qishloq uylari
g‘arbiy o‘rta yevropa tipi deyiladi. Uning variantlaridan biri yuqori
nemis (frankon) uyi. Bu bir yoki ikki qavatli uy eshikdan yoki sinchli,
yog‘ochdan qilingan sinchli, oralari loy, tosh, g‘isht bilan to‘ldiriladi.
Yashash va xo'jalik xonalarining uch yoki to‘rt tomonidan ochiq hov-
li joylashgan. Uyning tomi ham yog‘ochdan ustunlar, to‘sinlarga ta-
yanadi. G‘arbiy Yevropada tomlarni turli rangdagi sopol cherepitsalar
bilan yopish o‘rta asrlardan boshlab keng tarqalgan.
Shimoliy fransuz uylari ko‘cha yuzida uzun qilib toshdan yoki
sinchli turar joylar shaklida bo‘lib, ularga ichki tomonidan xo‘jalik bi
nolari yondashadi. Uyning atrofi o‘ralmagan. Undan farqliroq Janubiy
Lyuksemburg uylari Belgiyada ham tarqalgan bo‘lib (bir qavatli toshdan
yoki sinchli), hovli baland devor bilan o‘ralgan. Xo‘jalik binolar ba’zida
asosiy uyga taqab emas, alohida qilib qurilgan. Ba’zida uning ichki
qismida joylashgan. Uyga kirish g‘ishtdan arka shaklida bino etilgan.
Germaniyaning shimoli, Niderlandiyada, shuningdek Daniyada
shimoliy yevropa tipidagi uylar quriladi. Bu tipdagi uy laming asosiy
xususiyatlari quyi nemis (yoki sakson) uylarida namoyon bo‘ladi. Bu
keng bir qavatli sinchli yoki g‘ishtdan qurilgan uylardir. Uning o‘rta
qismida ombor qurilib, unda un, don mahsulotlari saqlanadi. Hov-
lining usti yopilib, uning ikki tomonida yashash xonalari, otxona,
og‘ilxonalar joylashgan. Bunday uylaming ulkan tomlari devorlarga
emas, devor bo‘ylab yoki uyning ichida o‘matilgan yo‘g"on ustun-
larga mustahkamlangan.
Pannoniya uyi Vengriya qishloqlarida bunyod etilib, bir qavatli
loy dan qurilgan, tomi somon bilan yopilgan uylar bo‘lgan. Uy oldida
uzun ustunli ayvon qurilib, u orqali xonalarga kirilgan.
Skandinaviya va Finlandiyada yog‘ochlardan yo‘nib bir qa
vatli qilib qurilgan uylar tarqalgan. Shimoliy skandinaviya uylarida
271
isitiladigan xonalar, istilmaydigan xo‘jalik xonalari boigan. Janu
biy skandinaviya uylarida isitiladigan xonalarning ikki tomonidan
xo‘jalik xonalari taqab qurilgan.
0 ‘tmishda qishloq uylarining qurilgan an’analari
shahar
m e’morchiligiga sezilarli ta’sir ko'rsatgan. Hozirgi kunda shahar
me’morchiligi uchun an’anaviy xususiyatlardan voz kechish va unifi-
katsiya tobora keng tus olmoqda. Shunga о‘xshash jarayonlar qishloq-
larda ham kuzatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |