Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Sb arqiy Yevropa xalqlari etnik tarixi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

16.2. Sb arqiy Yevropa xalqlari etnik tarixi
Xorijiy slavyanlar antik mualliflarga milodning dastlabki asr- 
laridan - buyuk xalqlar ko‘chishi davridan ma’lum boTgan. Xorijiy 
slavyanlarning ilk vatanlari yuqori va o‘rta Visla havzasi, shuningdek 
Pripyat daryosi janubiy qismi boTgan. Xunnlar slavyanlarning Shar­
qiy Rim imperiyasiga kirishiga to‘sqinlik qilgan. Atilla boshchiligi- 
dagi xunnlaming magTubiyati va ittifoqning parchalanishi bu to‘siqni 
bartaraf etdi. Natijada VI asrdan slavyanlar Bolqon yarimoroli va 
Kichik Osiyoga kirib joylasha boshlaydi.
G‘arbiy slavyanlar VI-VII asrlarda Odra (Oder) va Laba (Elba) 
daryolari ortida joylashadilar. Morava darvozasi deb nomlangan 
hududdan slavyanlar janubga va janubiy-g‘arbga, Alp togTari va 
Adriatika dengizi: janubiy-sharqda Dunayning quyi oqimiga va Qora 
dengiz sohiliga chiqadilar. Janubiy slavyanlar 580-yilgacha Bolqon- 
ning talay hududlarini egallaydilar.
Slavyan davlatlari. 
G‘arbiy va janubiy slav>anlarda mulkiy ta- 
baqalanish va ilk xususiy mulkchilikka asoslangan davlatlaming vu­
judga kelishiga sharoit VI-VII asrlarda yetiladi. Samo davlati (623) 
da chexlar, slavyanlar, lujichlar, xorvatlar va slovaklaming bir qismi 
vaqtinchalik birlashgan. Birinchi Bolgar podsholigi (681), Buyuk 
Moraviya (IX asr boshida), Chexiya knyazligi Prjemislovichlar bosh- 
chiligida (X asr), Nemanichlaming Serb davlati (1168) ular qatori-
284


da bo‘lgan. Bu davlatlarda shaharlar vujudga kelib. slavyan yozuvi 
shakllanadi. G‘arbiy va janubiy slavyan elatlari shakllana boshlaydi.
G‘arbiy va janubiy slavyanlar boshqa Yevropa davlatlari
tarkibida. 
0 ‘rta asrlaming so‘nggi va yangi davrida ko‘pgina xori- 
jiy yevropa slavyahlari turli davlatlar tarkibiga kirib, bu hoi ulaming 
keyingi taraqqiyotida chuqur iz qoldirdi.
Bolqon yarimorolidagi slavyan davlatlarining siyosiy tarqoq 
bo‘lishlari XIV asrdan Usmoniy turklaming bosqinlarini yengil- 
lashtiradi. Rodopi togiaridagi aholini turklar islom diniga majburan 
o‘tkaza boshlaydilar. Turklar musulmon bo‘lmagan aholiga nisbatan 
kamsitish siyosatini olib boradilar. Avstriya imperatorlari xonadoni 
Gabsburglar XVI asr o‘i talari da chex, slovak, sloven va xorvatlar yer- 
larining talay qismini egallab, slavyanlami nemislashtirish siyosatini 
olib boradi. Gabsburglar siyosatining muhim jihati ular markazlash- 
gan davlatni kuchaytirish borasida imperiyaga kirgan xalqlaming et- 
nik o‘ziga xosligini zaiflashtirishga intilganlar.
Polsha yerlari uchta boTinishdan so‘ng XVIII asr oxirida va Na­
poleon urushlaridan keyin Rossiya, Prussiya va Avstriya tarkibiga 
kiritiladi.
Xorijiy Yevropa slavyan xalqlarining faol milliy yuksalishi davri
XVIII asr oxiri - XIX asr boshlari bo‘ladi. Bu borada slavyan tillari 
va madaniyatini saqlash va yuksaltirish uchun kurash barcha slavyan- 
laming o‘z huquqlari uchun harakati tusini oldi. Slavyan uyg‘onishi 
davrida slavyan millatlarining shakllanishiga sharoit yaratiladi. Bu 
jarayonga ichki bozoming vujudga kelishi, milliy burjuaziyaning 
yuksalishi, siyosiy tashkil otlar faoliyati, adabiy tillaming shakl- 
lanib, adabiyotning yaratilishi, milliy-ozodlik kurashlarining turli 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi asosiy omillar bo‘lgan.
Chet mamlakatlar hukmronligi sharoitida vaziyatning murak- 
kab bo‘lishiga qaramay g‘arbiy va janubiy slavyanlar o‘z milliy til­
lari hamda madaniyatlarini saqlay oladilar. XIX asming 70-yillarida 
Rossiya ko‘magida bolgarlar, serblar va chemogorlar mustaqillikka 
erishadi. Birinchi jahon urushidan so‘ng Polsha va Chexoslovakiya 
mustaqil davlatlarga aylanadi. Serbiya, Chemogoriya, Xorvatiya,
285


Sloveniyaning katta qismi va boshqa janubiy slavyan davlatlari bir- 
lashib, Yugoslaviya qirolligini (1929) tuzadilar.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Polshaga uning Sileziya, Pomorye 
va boshqa nemislar egallagan yerlar qaytariladi. Yugoslaviya ltaliya 
egallagan slavyan va xorvat yerlarini qaytaradi. Qator qonunlar bi­
lan Germaniyada yashayotgan lujichlar milliy-madaniy taraqqiyoti 
huquqlari mustahkamlanadi.
XX asrning 90-yillarida sobiq sotsialistik davlatlarda turli moja- 
rolar, hokimiyatning muxolif guruhlar tomonidan egallanishi, hatto 
o‘zaro urushlar (Yugoslaviyada serblaming musulmonlarga nisbatan 
qirg‘in siyosati) ko‘plab davlatlarning parchalanishiga olib keldi. Oq- 
ibatda sobiq Yugoslaviya o‘mida Serbiya, Xorvatiya, Makedoniya, 
Sloveniya, Bosniya va Gersegovina, Chemogoriya va boshqalar vu­
judga keldi.
Hozirga qadar Serbiyaning Kosovo va Metoxiyadagi etnik kam 
sonli albanlar, Voevodinada vengerlar, Sanjak viloyatida (Bosniya bi­
lan chegaradosh) musulmonlar bilan munosabatlari murakkabligicha 
qolmoqda.
Bosniyadagi inqiroz ayniqsa fojiali tus oldi. Sababi undagi aho­
lining etnik tarkibi xilma-xilligi, ulaming aralash yashashi, konfessi- 
yalar (musulmon, pravoslav, katoliklar) bo‘lishi, shuningdek siyosiy 
va iqtisodiy omillar, Bosniyadagi urush harakatlari BMT va NATO 
harbiy kuchlari aralashuvi bilan to‘xtatildi. Bugungi kunda sobiq Yu­
goslaviya respublikalari Yevropa hamjamiyati va NATOga a’zo.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin