lari yoki uy-joylar guruhlari alohida tartibsiz holda qurilgan. Qator
qilib qurilgan tipga tog‘oldi va tog‘lardagi zanjirsimon (Slovakiya)
rejali qishloqlami ham kiritish mumkin.
Bu xildagi qishloqlarda
asosiy o‘zak yo‘l bo'lib, turar joylar yo‘l yoqasida shakllangan.
Urchuqsimon rejadagi qishloqlar (G‘arbiy Polsha) uchburchak
shaklida chekkadan markazga tomon kengaya boradigan ko‘cha atro
fida qurilgan. Yirik qishloqlar (Polsha, Chexiya, Slovakiya,
Bolgar-
iya) uy-joylari odatda markaziy may don atrofida shakllangan. Aho
lining tabiiy o‘sishi tufayli slavyanlar manzilgohlari ham yiriklashib,
undagi uy-joylar zichlashib borgan. Bozor munosabatlarining hayo-
tga joriy etilishi davomida yirik oilalar bo‘linib, qishloqlarda yangi
ko‘chalar,
mavzelar shakllanib, eski qishloqlar tarhi tobora takomil-
lashib boradi.
Slavyanlar yerlarida ilk shaharlar vujudga kelishi VII asrdan
boshlangan. Shaharlar markazida maydon joylashgan. Shahardagi
aynan markaziy may donga nisbatan mavzelar to‘g‘ri
burchakli yoki
to‘rtburchakli bo‘lib, uning atrofida (Varshava, Krakov) qurilib bor
gan. 0 ‘rta asrlarda barcha yirik shaharlar tosh devorlar bilan o‘ralgan.
Slavyanlarning qadimgi shaharlari (Sofiya) tarixi antik davrlardan
boshlangan. 0 ‘rta asrlarning rivojlangan davrida ayrim yirik qishloq
lar hunarmandchilik asosida kichik shaharlar (Gabrovo)ga aylanadi.
Kapitalistik munosabatlar yuksalgan davrda bu shaharchalar sanoat
markazlari ga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: