ikkinchi yarmidan ko‘p dalali almashlab
ekish dehqonehiligi yirik
shoxli uy hayvonlari, cho‘chqa, otlami, qo‘ylarni
boqish bilan birga
olib boriladi.
Yerga ishlov berish uchun belaruslarda ikki xil omocii bo‘lib,
ulaming tishi temirdan, qolgan qismlari yog‘ochdan } asalgan. XIX
asrdan omochni temir plug almashtiradi. Yemi haydagandan so‘ng bo-
rona bilan yumshatib, o‘tlardan tozalab, donni sepganlar. Donni o‘roq
bilan o‘rishgan. Endilikda dalalarga texnika bilan ishlov berilmoqda.
Belams traktorlari 0 ‘zbekiston dalalarida o‘nlab yillardan buyon ish-
latilib kelinmoqda. Asosiy ekinlar bug‘doy, arpa, suli bo‘lgan. Bug‘doy
ko‘p joyni egallamagan, Qo‘noq, grechixa (qorajavdar), no‘xat, makka
ham XX asrga qadar kichik maydonlarda ekilgan.
Belarasda eng qadimgi texnik ekin zig‘irpoya va kanopdir.
Ular-
ning tolasidan kiyim, qoplar, arqonlar qilingan, urug‘idan yog' olish-
gan. Kartoshka, kungaboqar, lavlagi ekish XVIII-XIX asrlardan ken-
gayib boradi. Poliz ekinlaridan karam, bodring, piyoz va sabzi qadim
zamonlardan yetishtirilgan.
Baliqchilik, ov, terimchilik, asalarichilik, polizchilik, bog‘dorchi-
lik, uy hunarmandchiligi xo‘jalikda ancha yordam bergan.
Temir-
chilik va kulolchilik, yog‘ochdan turli buyumlar yasash, teriga ishlov
berish va etikdo‘zlik, to‘qimachilik, ip yigirish,
bochkalar yasash
dehqonlami kiyim, poyabzal, mehnat qurollari bilan ta’minlagan.
Ayollar sochiq, dasturxonlar, boshqa uy jihozlarini to‘qiganlar.
Dostları ilə paylaş: