Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Kelib chiqishi va etnik tarixi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Kelib chiqishi va etnik tarixi. 
Uning shakllanishida dregovichlar, 
krivichlar, radimichlar, severyanlar, volinyanlar kabi sharqiy slavyan 
qabilalari ishtirok etgan. Moddiy madaniyatda, dinda, tilda, yozuv- 
da ruslar bilan yagona ildizlari kuzatiladi. Dnepr daryosining yuqori 
oqimida, bu yerga slavyanlar kelguniga qadar Boltiq qabilalari ya- 
shagan. Ushbu hududlarda litva va slavyanlashgan litvalik aholining 
belaruslarga ta’siri hozirga qadar seziladi. Aholi aralash yashaydigan 
hududlarda litva-belarus ikki tilligi (bilingvizm) tarqalgan.
Belaruslar IX-XI asrlar Kiyev Rusiga kirganlar. Feodal tarqoqlik 
davrida Polotsk, Turovsk, Smolensk knyazliklari tarkibida bo‘lganlar. 
Litva knyazligi kuchayishi davomida XIII-XIV asrlarda belarus­
lar yashaydigan hududlami egallay boshlaydi. Shunga qaramasdan 
belaruslaming etnos sifatida shakllanishi XIII asming o‘rtalaridan 
boshlandi.
Belarus jamiyatining faol shakllanish davri XIV-XVI asrlarda 
b o iib , an’anaviy madaniyat majmuyi va u bilan bog‘liq belarus etno- 
si tili vujudga keladi. Belams tili ish yuritish, yilnomalar bitish, badiiy 
asarlar yozish tiliga aylanib, XVI asrdan Fransisk Skorina boshchi­
ligida kitob bosishga asos solinadi.
0 ‘lkada polyaklashtirish siyosati Litva va Polsha (1386) birlash- 
ganidan so‘ng boshlanib, Lyublin o‘lkasi (1569) tuzilgach yanada 
kuchayadi. Ayni paytdan katolik cherkovi ham o‘z ta’sirini yoyishda 
faol kirishadi.
; Polshaning uch marta (1772, 1793, 1795) qayta taqsimlanishi 
tufayli XVIII asr oxiridan Belams ham Rossiya tarkibiga kiritiladi. 
Ruslarning belaruslarga ta’siri XIX asming 30-yillaridan kuchayadi. 
Lekin g‘arbiy rayonlarda belaruslar katolik diniga o‘tib, uzoq vaqt
302


polyaklar madaniy ta’sirida bo‘lganlari sababli bu jarayon keng tus 
olmaydi. XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida adabiy belarus tili 
shakllanadi. Unga xalq muloqot tili asos boiadi.
Rossiya imperiyasi tarkibida belarus tili funksiyalari cheklangan 
edi. Imperator Nikolay I 1840-yildan rasman Belarus atamasini ish- 
latishni taqiqlab, uni Shimoliy-G‘arbiy o‘lka deb nomlash haqida 
qaror chiqaradi. Shunga qaramasdan xalqning milliy ongi shakllana 
boshlab, XIX asming 50-60-yillaridan ziyolilar orasida belaruslar 
mustaqil xalq degan fikr mustahkam o‘rin oladi. Belarus tilida adabi- 
yot shakllanib, uning vakillari F. Bogushevich, M.V. Dovnar-Zapols- 
kiy va boshqalar boiishgan.
Inqilobdan so‘ng Belarus so vet respublikasi 1919-yil 1-yanvarda 
tuzilgan. Sovet ittifoqi parchalangach, Belarus Respublikasi 1991-yil 
8-dekabrda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin