Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Qishloqlar. 
Hozirgi kungacha belaruslarda eng keng tarqalgan 
qishloqlar tipi ko‘chalar yoqasida qurilgan uy-joylar ko‘rinishida, 
uy laming derazalari ko‘cha tomonda yo‘l bo ‘ у lab qurilib, uy laming 
davomida poliz va bog‘ yaratganlar. Qishloq maqomini 100 taga- 
cha hovlisi bor manzilgohlar olib, ularda XIX asr oxirida maktab 
va cherkov bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Hududlaming aholisi zich yoki 
siyrak bo‘lishiga qarab ulardan xo‘jaliklar sonli ham turlicha bo'lgan. 
ayrim qishloqlar, ovullar maqomi past edi.
Dastlabki shaharlar IX -X asrlarda vujudga kelib, Polotsk, Brest, 
Grodno, Orsha, Vitebsk, Minsklarda turli tarixiy davrlarda shakl-
304


langan shahar mavzelari, qismlari bugungi kunda yaxlit uyg'uniik 
namoyon etadigan loyihalarda davom ettirilmoqda. Eski shaharlar 
markazida cherkov (kostel), ratusha va kamensh - pishgan g‘ishtdan 
uylar bo‘lsa, chekka joylarda yog‘och uylar aksari ko'pchilikni tash- 
kil qilgan.
XX asrda Belamsda eski shaharlar kengayib, yangi shaharlar, sha­
har posyolkalari bunyod etildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin belarus- 
lar qishloqlaridan shaharlarga (ayniqsa, yoshlar) ko‘chib keta boshlay- 
dilar. Urushda deyarli barcha shaharlar vayron bo‘lgan, ulami tiklash 
davomida zamonaviy me’morchilik loyihalari, qurilish ashyolarining 
ishlatilishi, ma’lum darajada unifikatsiyaga ham olib kelmoqda. Bu­
gungi kunda Belarus aholisining ko‘pchiligi shaharliklardir.
Uy-joylar. 
An’anaviу belarus uylari - xata yumaloq yog‘ochdan 
qurilib, ichini loy bilan suvashgan. Aksari ikki tomonlama qurilgan. 
tomni somon, qamish yoki chim bilan yopishgan, tashqi tomondan 
uy boy ornament yog‘och o‘yrnakorligi elementlari bilan bezatilgan. 
Tuproqdan bo‘lgan pol, XIX asr oxirida mamlakat janubida taxta pol- 
ga almashtiriladi. Janubda ukrainlarnikiga o‘xshash devor g ‘ishtdan 
qilinib, suvalib, ohak bilan oqqa bo‘yalgan uylar ham uchragan.
Uyning tarhi bir yoki ikki xonali, yonida xo‘jalik ehtiyojlari uchun 
qo‘shimcha xona bilan yoki uch xonali qilib qurilgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin