Antropologik tipi.
Ukrainlar yevropeoid
irqining dnepr-karpat
guruhiga kirib, ular boshqa slavyan xalqlariga nisbatan qora pigmen-
tatsiyasi va nisbatan keng yuz tuzilishi bilan farqlanishadi. Ukrainlar
ichida ko‘pchilikning bo'yi o rtachadan baland. Ko‘zlari yorqinlari
qora ko‘zlilarga nisbatan ko‘proq uchraydi. Qora sochlilar aholining
yarmiga yaqinini tashkil etadi.
Tillari.
Hind-yevropa til oilasining slavyan tillari guruhidagi,
ukrain tilida so'zlashadiiar. Uchta: shimoliy, janubiy-g‘arbiy vajanu-
biy-sharqiy shevaga bo‘linadi. Ukrain tilidagi yozuv XIV asrda kiril-
litsa asosida vujudga keladi. XX asr davomida ukrainlarda til assimi-
latsiyasi va rus tilini joriy etish kuchayib borgan,
Mustaqillik e ’lon qilingandan so‘ng (1991)
ukrain tilining ijti-
moiy hayotdagi o‘mi kengayib bormoqda. 1996-yilgi konstitutsiyada
ukrain tili yagona davlat tili deb e ’lon qilindi. Bu qonun rus tillik
aholiga ma’qul kelmadi.
Etnonimning kelib chiqishi.
Ukrainlar nomi «Ukraina» topo-
nimidan olingan. Qadimgi rus yerlarining janubiy va janubiy-
g‘arbidagi
hududlar XII-XIII asrlarda, Ipatyev yilnomasida (1187)
«chekka hudud», «chegara hudud» nomlari bilan atalgan. Kraina -
ukrainliklar etnonimi XVI1-XVIII asrlardan keng tarqaladi. Undan
tashqari, «kazak», «malorossiyalik» va boshqa atamalar ham uchraydi.
Ukrain etnosining shakllanishi va joylashish bosqichlari.
Ukrain etnosining shakllanishida sharqiy slavyan qabilalari - drev-
lyanlar, volinlar, severyanlar, ulichlar, tiverlar, buksanlar, oq xorvat-
lar ishtirok etgan. Bu qabilalar IX-XII
asrlarda Kiyev Rusi davlati
hududi bo‘lgan.
Ukrain elatining vujudga kelishi taraqqiyoti chet bosqinchilar hu-
jumlari: XI-XII asrlarda venger feodallari, XIV asr o‘rtalari - XV
asming birmchi yarmida polsha va litvaliklar, XVI asrda turk sulton-
lari bosqinchilari davomida bo'lgan.
XV asrda janubiy-g‘arbiy hududlarda zaporojye kazaklari etnik
gumhi shakllanib, ular o‘z davlatlari - Zaporojye Sechini tuzadilar.
309
Chet bosqinchilar bilan XVI -XVII asrlarda davom etgan kurash
ukrain xalqining birlashuvini kuchaytiradi. Getman B.Xmelnitskiy
1654-yili Pereyaslavl radasida Ukrainaning Rossiyaga qo‘shilishini
e ’lon qiladi. Asr so‘ngiga qadar Ukrainaning
chap sohili ham Kiyev
bilan birgalikda Rossiyaga o‘tadi. Pyotr I va Yekaterina II lar davri-
da getmanlar hokimiyati bekor qilinib, o‘mida Rossiya imperiyasi
tarkibidagi viloyatlar (gubemiyalar) tuziladi.
Ukraina etnik tarixida
XVIII-XX asrlar aholining migratsiyasi va dunyoning turli qit’alari
va mamlakatlarida ukrainlar diasporasining vujudga kelishi bilan xu-
susiyatlanadi. Hozirgi kunda respublikadan chekkada 15 mln.dan or-
tiq ukrainlar yashaydi.
XVIII-XIX asrlar chegarasida zamonaviy yangi ukrain adabiy tili
shakllanadi. XIX-XX asrlarda T.Shevchenko, I. Franko, L. Ukrainka
va boshqalar ukrain adabiyotini butun dunyoga tanitadilar.
Inqilobdan so‘ng 1917-yil 20-noyabrda Ukraina Xalq Respublika-
si tuziladi, 1922-yili SSSR tarkibiga kiritiladi. Germaniya bilan shart-
noma asosida 1939-yil 1-noyabrda G ‘arbiy Ukraina SSSR tarkibiga
qo‘shilib, Ukrainaga beriladi. 1945-yil 29-iyunda Chexoslovakiyadan
Zakarpatye hududlari Ukrainaga olib beriladi. 1954-yili Rossiya
tarkibidagi Qrim oblasti Ukrainaga o‘tkaziladi.
XX
asrning 60-80-yillarida shoirlar R Tichina, kinodramaturg
A. Dovjenko, olimlardan geokimyogar V.Vemadskiy, kosmik raketa-
lar kashfiyotchisi S. Korolyov va h.k.lar ijod qilganlar.
1991-yildan Ukraina mustaqil davlat. 2014-yil Ukrainada navbat-
dagi inqilob hokimiyatga RPoroshenko boshchiligidagi
radikallarni
keltirib, ular Yevropa hamjamiyatiga va NATOga kirishni asosiy vazi-
fa deb e ’lon qildilar. Ushbu vaziyatda Rossiya Qrimga qo‘shin kiritib,
referendum o‘tkazib o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Rossiya aralashuvida
Donetsk va Lugansk viloyatlarida tan olinmagan respublikalar e’lon
qilinib, ular va Ukraina qo‘shinlari orasida lokal urushlar bir necha
yillardan buy on davom etmoqda.
Dostları ilə paylaş: