Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Qishloqlar va uy-joylar. 
Ukiainaliklar an’anaviy manzilgohlari 
turli tipdagi katta-kichik qishloqlar bo‘lgan. Ular ko'cha bo‘ylab,
311


radial yoki tarqoq hovlilardan tashkil topgan. Ukrain qishloqlari 
obodonligi, tozaligi, dekorativ va mevali daraxtlar, gullar, mevali bu- 
talar serob bo‘lganligi bilan ajralib turadi.
Dehqonlar uylari loydan yoki yog‘ochdan kesib qurilgan, ichi va 
tashqari suvalib oqiangan. Odatda uylar 1-3 xonali tuproqli pol va 
to‘rt tomonga yomg‘ir oqadigan qilib, usti somon, qamish yoki chim 
bilan yopilgan. Ko‘p xonali murakkab rejali uylar posyolkalar, kazak- 
lar stanitsalari uchun xususiyatli bo‘lgan.
Hovli ochiq bo‘lib, unda turli xo‘jalik binolari - ombor, mehnat 
qurollari saqlaydigan saroy, yozgi oshxona, yerto‘la, mollar uchun 
og‘ilxona, bog‘-poliz livadasi (o‘tlog‘i) bilan joylashgan. Hovlilami 
bir-biridan novdalardan to‘qilgan devor ajratib turgan.
Taomlari. 
Ukrainlar taomlari asosini o‘simlik va un mahsulotlari 
tashkil qilgan. Baliq ancha ko‘p ishlatilgan, sababi go‘shtli taomlarni 
dehqonlar va shahar aholisi bayramlardagina iste’mol qilishgan. Mol 
go‘shtiga qaraganda cho‘chqa go‘shtini xush ko‘rganlar. Go‘shti va 
yog‘ni turli taomlarni tayyorlashda ishlatganlar. Bayramlarga kol- 
basa, golubsi va boshqalami tayyorlaganlar. Go‘shtni uzoq saqlash 
uchun tuzlab, muzlatganlar.
Ukrainaliklar xamirdan turli tvorogli vareniklar, kartoshkali, ol- 
chali bo‘g‘irsoqlami ajoyib tarzda tayyorlaganlar. Ukraina borshi 
qizil lavlagi, karam va boshqa sabzavotlar, cho‘chqa go‘shti, yog‘i 
solib tayyorlangan. Kundalik taomlar qatorida sut, sariyog‘, qatiq, 
bochkalarda tayyorlangan tuzlangan tvorog (sir), nonni bug‘doy va 
suli unidan ko‘ptirilgan xamirdan yumaloq yoki cho‘zinchoq shakl- 
da qilib pishirilgan: xamirturushli yoki u solinmagan xamirdan turli 
piroglar, pampushka, korj, nalisniklar, quymoqlar tayyorlashgan. Non 
mahsulotlari oilaviy va taqvimiy marosimlarda katta o‘rin tutgan. U 
mehmondo‘stlik, to‘kinlikning ramzi bo‘lib, har bir ushog‘ini uvol 
qilmaslikka intilishgan.
Ukrainlaming sevimli ichimligi kvas. Quritilgan mevalardan 
kompot ham tayyorlashgan. Ko‘pchilik uy sharoitida turli spirtli 
ichimliklar, xususan, araq, samogon (gorilka) qilishgan. Ukrainlarda
312


XIX asrdan choy ichish an’anasi shakllanadi. Choy o‘miga yalpiz, 
na’matak, smorodina va boshqa mahalliy o‘simliklardan damlashgan.
So‘nggi paytlarda boshqa xalqlardan chuchvara, belyashi, palov, 
beshbarmoq, sho‘rva, kabob kabi taomlarni о4 zlashtirishmoqda.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin