(polesye) Janubiy-g‘arbiy, janubiy-sharqiylargabo‘linadi. Etnografik
guruhlar: karpat etnografik - gutsullar, lemkilar, batkilar. Polesye et
nografik guruhi - polishuklar ajralib turadi.
X o‘jalik mashg‘ulotlari.
Ukraina
-
a n ’a n a v iy
agrar o ‘lka. Uning
aholisi qadimdan don yetishtirish, chorvachilik va bog‘doichilik bilan
shug‘ullangan.
Shudgor qilinadigan yerlarga kuzgi va bahorgi don sepilgan.
Kuzda suli va bug‘doy yetakchi o ‘rin tutgan. Undan tashqari arpa,
grechixa (qora javdar), qo‘noq, no‘xat, zig‘irpoya, kanop ekilgan.
Yemi haydaydigan qurollarga plug, ralo va omoch kirgan. XIX
asrdan pluglar keng tarqalib, uning katta-kicbikligiga qarab qo‘shga
2 tadan 4 tagacha ho'kiz qo‘shilgan. Donni qo‘lda sepishgan.
Donni o ‘rishda o'roq ishlatilgan. Donni zanjirlar yordamida
yanchib, un chiqarishda uy kelisi, shamol yoki suv tegirmonlaridan
foydalanilgan. XIX asr oxiridan tegirnionda bug‘ mashinalaridan foy-
dalanish boshlangan.
Poliz ekinlaridan lavlagi, sabzi, karam, bodring, piyoz, sarimsoq-
piyoz, qovun-tarvuz yetishtirilgan. Bog‘dorchilik Ukraina qishloqla-
rining xususiyatli jihatlaridan hisoblanadi. Chorvachilik ham muhim
o‘rin tutgan. Sigir, buqa, zotli otlar, qo‘y, cho‘chqa, echki, parranda
boqish, asalarichilik bilan ham shug‘ullanishgan.
Ukrainaning ko‘pgina rayonlarida aksari daryodan baliq ovlash
ham keng tarqalgan. Unda !o'r, turli jihozlar qo'llamigan. Ovchilik
aholi xo‘jaligida katta o‘rin tutmagan.
Sharqiy slavyanlarda hunarmandchilik bilan ham shaharliklar,
ham qishloq aholisi shug'illanib kelgan. Zig‘iipo) a, kanop 4-a jun
dan matolar to‘qish dehqonlar oilalarida keng tarqalgan. Undan
tashqari, gilam to‘qish, teri-ko‘nchilik, o‘rmonli hududlarda yog‘och,
taxtadan turli buyumlar yasash. uylar qurish dehqonlar uchun asosiy
mashg‘ulotlaridan kam daromad keltirmagan. Yog‘ochdan arava,
chana, qayiq, to‘quv dastgohlari, sandiqlar, chelaklar, bochkalar,
qoshiqlar, kosalar, tog‘oralar yasalgan.
Dostları ilə paylaş: