Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Taomlari. 
Dehqonchilik o‘tmishda chorvachilikka nisbatan 
ko‘proq oziq mahsulotlari bergan. Aholining asosiy ozig‘i suli unidan 
tayyorlangan nordon non bo‘lgan. Donlardan bo‘tqa, bug‘doy yoki 
arpadan kisel tayyorlashgan.
Belaruslar taomlari qatoriga XVIII-XIX asrlarda kartoshka kiradi. 
Hozirgi kunda kartoshkadan ikki yuzdan ortiq taom tayyorlanadi. Saloni­
ka - tozalangan qaynatib pishirilgan kartoshka, draniki - ham qirg‘ichdan 
o'tkazilgan kartoshka, bulyon - kartoshkali sho‘rva. Kartofel yoki donli- 
lardan tayyorlangan taomlarga odatda biroz sut qo‘shishgan.
Yoz va kuzda bodring, piyoz, nok v a olma, olcha, olxo‘ri, tarvuz 
yeyilgan. Tarvuz va kungaboqar doni belaruslarning sevimli, chaqa- 
digan oziqlari bo‘ladi.
305


Belaruslaming sevimli taomlaridan biri tuxumning cho'chqa yog‘i 
yoki go‘shti bilan qovurilganidir. Belarusning shimoli-g‘arbi vajanu- 
bi uchun baliqchilik keng rivojlangan hududlarda baliqdan xilma-xil 
taomlar qilishadi.
Belaruslar uchun an’anaviy ichimlik qayin sharbati va asal, non 
hamda lavlagidan tayyorlangan kvasdir.
Go‘sht va sabzavotlarni uzoq saqlash uchun ulami tuzlash, quri- 
tish, dudlash va h.k.lar qo‘llanilgan.
Termachilikda qo‘ziqorin, yovvoyi nok. shovul terib iste'mol qi- 
lingan. Ayni paytda belaruslar — kalina, chetan, shomurt, chakanda va 
boshqalami umurnan iste’mol qilmaganlar.
An’anaviy taomlami belarus xalqi bugungi kunda ham iste’mol 
qilib kelmoqda.
Kiyimlar. 
Belarus milliy kiyimlarida yuksak badiiy san’at ele- 
mentlari matolarda, kashtalarida. naqshlarida kuzatiladi. Belaruslar 
milliy kiyimlarida ilgaridan oq rang yetakchilik qiladi.
An’anaviy erkaklar kiyimi uyda to‘qilgan matodan tunikasimon 
kashtalangan ko‘ylak - kashuli tizzagacha uzunlikda bo‘lgan. Belda 
kashtalangan kamar, ko‘ylak ustidan rangli movutdan yengsiz kas- 
tum, oq matodan shim, qora etik kiyilgan. Slutsk kamarlari hozirgi 
kunga qadar tilla va kumushdan ziynatlari bilan shuhrat qozongan.
Yozda kiyimi keng soyabonli shlyapa (bril, kapelyush), qishda 
mo‘ynali (kuchma, ablavuxa) telpak kiyilgan.
Ayollar kiyimida xilma-xillik va etnik o‘ziga xosliklar ko‘proq 
bo‘lgan. Ko‘ylaklari tunika shaklida, yelkasi koketkali yoki to‘g‘ri 
yelka qiyiqlari bilan turli fasondagi qizil, ko‘k, yashil, to‘g‘ri yoki 
eniga chiziqli yubkalar (andolak, sayan, letnik), yubkaning ustidan 
kiyiladigan (paneva), movut matolardan tikilgan fartuklar, kashtalar 
bilan bezatilgan. Rangli kamar va garatka deb nomlangan yengsiz 
rangli kashtalar boigan.
Qizlami bosh kiyimlari tor kashtalangan tasmalardan (skidochka) 
va peshonaband gulchambar, an’anaviy qizlar soch turmagi - yoyil- 
gan soch bilan yaxlit tus olgan.
306


Erkak va ayollar ustki kiyimlari bosilgan bo‘yalmagan movutdan 
(syarmaga, burka) va terisi oshlab tikilgan qizg‘ish (kozachina) va oq 
terisi oshlanmagan (kojux) qo‘y terisidan po‘stinlar boMgan.
Belaruslar an’anaviy oyoq kiyimlari o‘rmon o‘simligi - lik va ko- 
zadan choriq, teridan (postoli), qishda - valenki bo‘lgan. Etik va bot- 
inkalar ilgari muhim kimlari kiyilgan.
Milliy liboslami bugungi kunda Polesye, Pinsk va Mozir 
oralig‘idagi aholida uchratish mumkin. Lekin aksari milliy kashta 
boshqa bezaklami zamonaviy kiyimlarga kiritishmoqda. Qo‘y teri­
sidan dublyonkalar. erkaklarning kashtalab tikilgan ko‘ylaklari ham 
urfdan chiqmasdan kelmoqda.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin