Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Savol va topshiriqlar
300


17-BOB. BELARUS, UKRAINA,
MOLDOVA XALQLARI
Sharqiy Yevropaning o’rta qismida uchta slavyan xalqi - rus­
lar, ukrainlar, belaruslar yashab, butun tarixiy taraqqiyoti davomida 
o‘zaro hamkorlik qilib kelgan. Ulaming janubiy-g‘arbida moldova- 
liklar yashaydi.
17.1. Belarus
Umumiy tasnif. Joylashishi, belaruslar soni. 
Belarus Sharqiy 
Yevropa pasttekisligining g‘arbiy qismida, Yuqori Dnepr, Soj, Pri- 
pyat, G‘arbiy Dvina, Neman daryolari havzasida joylashgan.
Belarus Respublikasida 2019-yilgi ma’lumot bo‘yicha 9,5 mlri. 
kishi yashab, ulaming 4/5 qismini belaruslar tashkil qiladi. Ros­
siya, Polsha, Ukraina, Qozog‘iston, AQSH, Kanada, Litva, Latviya, 
Angliya, Fransiya va h.k.larda ham belaruslar diasporalari bor. Belar- 
uslaming dunyo bo‘yicha soni 11 mln. kishi atrofida.
Til tasnifi. 
Hind-yevropa til oilasining sharqiy slavyan til guruh­
iga kiradi. Tilning fonetik o‘ziga xosliklari XVI asrda shakllangan. 
Bugungi kunda Belamsning barcha aholisi ikki til - belarus va ms 
tillarini erkin ishlatadilar. Aholi ro‘yxatida 73,7 % aholi belarus tilini, 
21,9% rus tilini ona tili deb ko‘rsatgan.
Antropologik tipi. 
Boshqa slavyan xalqlari singari yevropeoid 
irqiga mansub, xususiyatlari badanining sertukligi, yuzining gorizon- 
tal profilligi, iyagining zaif rivojlanganligidir.
Etnonimi. 
Belaya Rus toponimi XIV-XVI asrlarda hozirgi res- 
publikaning asosiy hududiga nisbatan ishlatilgan. Ayrim tadqiqotchi- 
lar Belaya Rus «erkin» yoki «yorqin» davlatning mo‘g‘ullarga, litva 
knyazlariga bo‘ysunmagan hududni anglatgan deyishadi. XVIII asr­
dan belaruslar etnonimi barcha aholi tomonidan o‘z nomi sifatida qa-
301


bul qilinadi. Ayni vaqtda belarus-ukrain aholisi aralash guruhlarni - pole- 
shuk, litva, belams, aralash aholiga nisbatan litvin va h.k.lar mahalliy 
sharoitlarda ishlatilgan.
Belaruslaming barcha hududlariga nisbatan «Belarus» nomi 1922- 
yili sobiq Ittifoq tarkibida Belarus Respublikasi tashkil etilganidan 
so‘ng tarqalgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin