Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Taqvimiy marosimlar. 
Xorijiy slavyanlaming madaniy birligi 
va tarixiy jamiyati xalqlarining urf-odatlari, eng avvalo, taqvimiy 
udumlarda kuzatiladi. Qishki marosimlaming ko‘pchiligi qadimgi 
diniy afsungarlik tasavvurlari bo‘yicha o‘simlik ruhining o‘limi va 
qayta tirilishi bilan bogiiq. Yevropaning slavyan jamoalari qishki 
taqvimiy bayramlari orasida markaziy o‘rinni Rojdestvo egallaydi. 
Yana bir bayram Rojdestvo sochelnigida uyga turli donlar boshoqlari- 
dan bogiam lar keltirishib, uyni ichidan burchaklarga qo‘yib chiqish- 
gan va u «Uch qirol» (6-yanvar) bayramigacha turgan. Bayram das- 
turxoni ostidan stolga somon yoki hashak qo‘yishgan. Lujichlar Roj­
destvo dasturxoniga daladan eng so'ngida o‘rib olingan bir bog‘lam 
bug‘doyni qo‘yishgan. Bu bogiam dagi don keyinchalik urug‘likka 
qo‘shilib dalaga sepilgan. Bu udumlaming barchasi yangi yilda hosil- 
ning mo‘l bo‘lishiga yo‘naltirilgan.
Rojdestvo bayramida dasturxon doim to‘kin bo‘lishiga e’tibor 
qaratilgan. Xalq tushunchasida dasturxonida qancha ko‘p taom turi 
bo‘lsa, kelayotgan yil shunchalik to‘kin bo‘ladi, degan fikr saqlan­
gan. Yevropa slavyan xalqlari Rojdestvoni katolik taqvimi bo‘yicha 
24-dekabr kunida nishonlaydi va odatda bu bayram oilaviy sanaladi. 
Butun tun sham yonadi, sababi olov yovuz ruhlami hay day di. Bayram- 
dagi markaziy daqiqalardan biri maxsus pishirilgan non - kalachni 
maydalash hisoblangan. Bu non ajoyib xislatli, hosildorlik ramzi 
sanalgan. Unga xamirdan yasalgan turli shakldagi bezaklar bilan chi- 
roy berishgan. Oilada bayramga bag‘ishlanganqo‘shiqlar, she’rlaray- 
tilgan. Sochelnik va Rojdestvodagi ko‘plab udumlar qishloq xo‘jaligi 
va marhumlar kultiga bag‘ishlangan.
297


Janubiy slavyanlarda qadimgi slavyanlarga qadar bo ig an (fra- 
kiyaliklar) niqobda raqslarga tushib, hosildorlik ilohlaridan yordam 
so‘rash, yovuz ruhlar va kasalliklardan xalos qilishni so‘rab afsun- 
garlik udumlarini bajarishgan. Bolgariya va Serbiyaning qo‘shni ra- 
yonlarida antik davrlaridan (14-fevralda) Trifon Zarezan kuni nishon- 
lanib, uzum toklarini kesib, unga vino quyib boiajak mo‘l hosilni 
so‘rashgan.
Bahordagi bayramlardan eng muhimi qishni kuzatish va bahomi 
kutib olish turli nomlarda barcha Yevropa xalqlariga tanish bo‘lgan. 
G‘arbiy slavyanlarda uni myasopust, zakusti, janubiy slavyanlarda -
belo sima nedelya, sharqiy slavyanlarda maslenitsa deyiladi. Ushbu 
bayram mazmunan xristian diniga bogiiq emas. Bayram karnaval kayfi- 
yati turli ko‘rinishlarda (raqslar, o‘yinlar, qo‘shiqlarda) namoyon bo‘ladi. 
Bu harakatlar afsungarlik udumlari boiib, ularning maqsadi - umuman 
hayot va xo‘jalikdagi muvaffaqiyatlami ta’minlashdir. Bahorgi taqvimiy 
bayramlardan bin o‘tmishda slavyanlarda boigan may daraxti bayra- 
midir. Unda yigitlar yaxshi ko‘rgan qizlarini uyining oldida butalari ke- 
silgan oq qayin daraxtini oiqazib, uni turli tasmalar bilan bezagan. 
Xorijiy slavyanlarning bahordagi tozalanish udumlari ham o‘ziga 
xos. Pasxa va Troitsa bayramlarida bir-birlari ustiga suv quyishgan. 
Ertalab shudringda o‘tlar ustiga ag‘nab, tomosha ko‘rsatganlar. Yozgi 
bayramlar - Ivanov kuni (24-iyun) - hosilni, chorvani tabiiy ofatlar- 
dan asrash. 0 ‘ziga xos udumlardan biri y om gir chaqirish, xususan, 
janubiy slavyanlarda (Bolgariyada Yenyov kunida) qishloqda eng 
chiroyli qizni (yoki eng ko‘rkam yigitni) tanlab, uning boshiga gul- 
chambar kiygizishgan va ustidan suv quyishgan. Tadbir ishtirokchi- 
lari uydan uyga o‘tib butun qishloqni aylanishgan.
Kuzgi bayramlardan eng muhimi slavyanlarda hosil bayrami hi- 
soblangan. Janubiy slavyanlarda u dojinki yoki objinki; lujichlarda -
xo‘rozni so‘yish kuni deyilgan. Bu qadimgi dehqonchilik bayrami av- 
gust-sentabr oylarida oikaziladi. Unda hosilni saqlash, kelgusi yildagi 
mo‘l hosilni ta’minlashga yo‘naltirilgan turli afsungarlik udumlari 
o‘tkazilgan. Slavyanlarda ham oikamizdagi kabi ekin maydonlaridan
298


o‘rilgan so‘nggi bog‘lam donni alohida qadrlashadi. Bu don ekinzor- 
ning «ruhi», hosilning ilohi sanaladi. Shuning uchunu chiroyli bo‘lishi 
kerak. Bog‘lamni gullar, tasmalar bilan bezatib, uyning eng e’zozli 
joyida asrashgan. So‘nggi bog‘lam - don bayrami Yevropa slavyan- 
larida hozirga qadar nishonlanadi. U bilan bog‘liq udumlar asta-sekin 
yo‘qolib yoki afsungarlik mazmunini o‘zgartirib bormoqda.
Slavyanlaming ko‘plab urf-odatlari mazmuni hozirgi kunda 
o‘zgarib, o'zining dastlabki diniy va sehrgarlik jihatlarini yo‘qotib 
bormoqda. Lekin ular ommaviy va jamoatchilik bayramlari sifatida 
saqlanib, o‘zining chiroyli o‘yin, xalq sayli, xursandchilik tadbiri si- 
fatidagi ahamiyatini yo‘qotmagan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin