Bolqon yarimorolining tekislik hududlarida XIX asrda asosiy
qurilish ashyosi loy va tosh boigan. Loydan uylarni ikki usulda
qurishgan. Birinchi usulda paxsa shaklida somonli loydan devomi
asta-sekin o‘stirib borishgan. Ikkinchisida devor ustiga o‘matilgan
taxtadan qolipning ichiga loyni solib, mustahkamlab, qurigandan
so‘ng qolipni olib yana yangi qatlamni boshlashgan. Boylar uylarini
pishiq g‘ishtlardan tiklashgan. Bunday uylar g ‘arbiy slavyanlarda
ham tarqalgan.
Uylaming g‘arbiy o‘rta yevropa tipi ko‘p jihatdan janubiy yev
ropa tipiga o‘xshash bo‘lib, Lujitsa, Polshaning g‘arbi va Chexiyada
uchraydi. Qadimda bu xildagi uylar Markaziy Yevropaning kelt aholi-
sida keng tarqalgan edi. Slavyanlaming tog‘li rayonlarida alp tipidagi
uylar qurilgan. Ular ikki-uch qavatli yashash va birinchi qavatdagi
xo'jalik xonalaridan iborat.
Sharqiy O 'rta Yevropa tipidagi uylar polyaklar, chexlar, slovaklar,
lujichlarda tarqalgan. Bu yog‘ochlami yo‘nib qurilgan yoki sinchli
uylar bo‘lgan. Ulaming tomi ikki yoki to‘rt tomonga qaratib quri-
lib, mayda taxtachalar yoki somon bilan yopilgan. 0 ‘tmishda xori
jiy slavyanlarda yengil novdalardan to‘qilib, loy bilan suvalgan uylar
ham boigan.
Qurilish bilan bog‘liq turli udumlar ham uchraydi. Jumladan,
yog‘ochdan yo‘nib devor tiklashda oldingi burchakka tangalar, bir
b o ia k non va bir siqim bug‘doy qo‘yib, «baxtli, sihatli boisin» deb
tilak bildirishgan. Bu narsalar xonadon egalariga to‘kin hayot va ish-
larida omadni ta’minlaydi, deb hisoblashgan.
G‘arbiy va Janubiy slavyanlaming zamonaviy uy-joylari
an’anaviysidan ancha farq qiladi. Uylaming tarhi barcha rayonlarda
bir xil. Shahar tipidagi mebellar fabrikalarda tayyorlangan. Xonalar-
ning vazifalari ham xalq turmushi taraqqiyoti davomida o‘zgarib bor
moqda.
Dostları ilə paylaş: