Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

16.3. Xo‘jalik mashg‘ulotlari
Dehqonchilik. 
Slavyanlar qadimdan o‘troq dehqonchilik va chor- 
vachilik bilan shug‘ullanganlar. Lekin ularga boshqa faoliyat turlari: 
ovchilik, baliqchilik, asalarichilik, o‘rmon bilan b o giiq kasb-hunarlar 
ham tanish. Ular asosiy xo‘jalikka ko‘mak bemvchi sohalar boigan.
Ilk o'rta asrlarda slavyanlar yerlarida ishlov beriladigan yerlarga 
qatorasiga bir necha yil ekin ekishgan. Ekinzorlar hosildorligi pa-
286


saygandan keyin yangi yerlarga o ‘tishgan. Keyinchalik ikki dalali 
almashlab ekish joriy qilingandan so‘ng olinadigan hosii yanada 
ko‘payadi. Uch dalali almashlab ekishga o‘tilishi bahorgi, kuzgi ekin­
lar va shudgor qoldirish tarzida bo‘lgan.
Qishloq xo‘jalik texnikasi uzoq payt sodda ko‘rinishda boigan. Yemi 
temir tishli yog‘och - omoch bilan haydaganlar. XIX asming ikkinchi 
yarmidan takomillashgan yemi yorib yumshatishga emas, ag‘darishga 
moijallangan temir plug joriy qilindi. Seyalkalar XIX-XX asr chega- 
rasidan qoilanila boshlanadi. Yemi yog‘ochdan yasalgan boronalar 
bilan yumshatishgan. Ilgari donni tishli yoki silliq yuzli o‘roqlar bilan 
o‘rganlar. XIX asrdan boy dehqon xo‘jaliklarida bug‘doyni o‘rish texni­
kasi paydo boidi. G‘arbiy slavyanlar XIX asr-o‘rtalarigacha donni zan- 
jirlar yordamida yanchganlar. Janubiy slavyanlarda boshqa usullar ham 
qoilanilgan. Jumladan, Serbiya va Makedoniyada xirmonda yig‘ilgan 
don bogiarini hayvonlami aylantirib, haydab yanchishgan. Chexlar deh­
qonchilik madaniyati XIX asr oxirlarida boshqa slavyan xalqlarinikidan 
yuqori turgan. Barcha hududlarda yerlami o‘g‘itlash, ekinlami almashti- 
rish, qishloq xo‘jalik texnikasidan foydalanish qoilanilgan.
Slavyanlar suli, bug‘doy, arpa va boshqa ekinlar ekishgan. Ja­
nubiy slavyanlarda aksari bug‘doy ekilsa, XVII asrdan boshlab 
makkajo‘xori ekishgan. Polsha, Chexiya, Slovakiyada makka ye- 
tishtirish XIX asrdan boshlangan. Ayni paytdan qora javdar (grechixa) 
ekish boshlangan. Dukkaklilardan loviya, no‘xat yetishtirilgan. Ush­
bu ekinlar markaziy va janubi-sharqiy Yevropada bugungi kunda ham 
yetishtirilmoqda.
Slavyanlar texnik o‘simliklardan z ig ir poya va kanop ekkanlar. 
Bolgariyaga XVII asrda turklar tamaki keltirib, u keyinchalik asosiy 
ekinlardan biriga aylanadi. Bolgariyada yetishtiriladigan yana bir 
o‘ziga xos narsa - Kichik Osiyodan olib kelingan atirgul, undan par- 
fumeriya sanoati uchun atirgul moyi olinadi.
Bolqonda ipakchilik va tut daraxti ekish keng tarqalgan. Vizantiya 
imperiyasi davridayoq bu hududlarda ipak qurti boqishgan. Tut da- 
raxtlarini ommaviy ekish esa XVII-XVIII asrlarda boigan.
287


Slavyanlar, ayniqsa, Bolqon yarimorolida turli sabzavotlar -
karam, lavlagi, sarimsoq yetishtirishda katta mahoratga erishganlar.
XIX asr oxiridan slavyan mamlakatlarida janub ekinlari: pomidor, qa- 
lampir, baqlajon yetishtirila boshlanadi. Kartoshka XVII asrdan ekila 
boshlansa-da, faqat XIX asrdan asosiy oziqlardan biriga aylanadi. 
Slavyan yerlarida XVIII asrdan tovar va ixtisoslashgan polizchilik 
shakllanib, tez orada qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishinmg muhim 
sohasiga aylanadi. Uzumchilik va vinochilik ham Bolqonda ko‘p 
asrlik tarixga ega. Bolgariya, Yugoslaviya vinolari xalqaro bozorda 
o‘z o‘rinlariga egadir. Ilk o‘rta asrlardan slavyanlarda bog'dorchilik 
(olma, nok, olxo‘ri) va uzumchilik yuksalib borgan. Polsha, Chexiya, 
Slovakiyaning janubida XIX asrdan o‘rik, shaftoli, yong‘oq daraxtlari 
parvarishlashgan. XX asr boshlaridan slavyanlar bog'larida malina va 
smorodina kabi mevalar ham yetishtirila boshlanadi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin