lamikidan farqlangan. Keksa kishilar yoshlarga nisbatan odmiroq ki-
yinganlar. Kiyimlar matosi, kiyish usuli va ranglarida farqlar bo‘lgan.
Xorijiy slavyanlarda ayollar va erkaklar kiyimi asosini uyda
zig‘irpoyadan yoki kanopdan to‘qilgan matodan tikilgan ko‘ylak tash
kil etgan. Ko‘ylaklar fasonida tunika shaklidagi qo‘ltig‘iga uchburchak
qo‘shimcha qo‘yiladi. Chemogoriya va Bolgariyada ko‘ylak ko‘kragida
kesim qoldirilib,
uning hoshiyasiga, yenglariga jiyak yoki kashtalar
tikilgan. Ko‘ylakni
erkaklarga kalta, ayollarga uzun qilib tikishgan.
Bolgariyada ko‘ylak ustidan ko‘k yoki qora rangli jun matodan sarafan
(sukman) kiyishgan. Sarafanning etagi kashta yoki jiyak bilan bezatilib,
beli jundan naqshli kamar bilan bog‘langan. Ayollar kiyimining o‘ziga
xos qismi - fartuk yoki ikki fartuk ham oldidan, ham orqadan taqilgan.
Orqaga taqiladigan fartuk (pristilka) kaltaroq va kengroq bo‘lgan. Old-
iga nisbatan ensizroq, silliq va yorqinroq fartuk taqilgan. XIX asming
ikkinchi yarmidan Markaziy va Janubiy-Sharqiy Yevropada shahar fa-
sonidagi beli ixcham qilib tikilgan yubkalar keng tarqaladi.
Janubiy va g‘arbiy slavyanlarda ustki
kiyimlar turi va fasoni
bo‘yicha xilma-xil bo‘lgan. Ustki kiyimning qadimgi turi plashsimon
tikilgan bo‘lib, u bizning kunlargacha bolgar va chemogor tog‘li aho-
lisida, polyaklar, lujichlar, xorvatlarning ayrim guruhlarida saqlangan.
Erkak va ayollaming bosh kiyimlarida ham mahalliy turlar ko‘p
bo‘lgan. Qizlar yozda bosh kiyimsiz, sochlarini bir yoki ikki o ‘ramga
turmaklab yurganlar. 0 ‘tmishda ayollar bosh kiyimlari murakkab ikki
shoxli,
bir shoxli, silindr, kesilgan konus shaklida bo‘lgan. Qishda
mo‘yna, junli telpaklar, ro‘mollar kiyishgan.
Poyabzal ham xilma-xil bo‘lgan. An’anaviy
oyoq kiyimlar -
teridan etiklar, yumshoq tuflilar, jundan paypoqlar (o‘tmishda), tagi
yog‘ochdan poyabzallar ham kiyilgan.
Klassik xalq libosi turli bezaklar: kumush tangalardan, marjonlar-
dan bo‘yinga taqiladigan zeb-ziynatlar slavyan ayollarida keng tar
qalgan. Dalmatsiyaning shimolida ayollar metalldan quyilgan
zanjir
ko‘rinishidagi kamar taqqanlar. Bolgariya, Serbiya, Bosniya, Ger-
segovina, Chemogoriyaning ayrim rayonlarida
kiyimlar bichimida
292
turklaming ta ’siri seziladi. Bu joylar aholisi turk ayollaridan ishtonni,
erkaklar qizil feskalami (bosh kiyimi), ustidan ro‘mol bogianadigan
movutdan qalpoqlami o‘zlashlirganlar. Ijodiy qayta ishlangan ayrim
an’anaviy kiyim elementlari bugungi kunda to‘qimachilik
va yengil
sanoat tikuvchilik fabrikalarida ishlab chiqarishga joriy qilinmoqda.
Markaziy va Janubiy-Sharqiy Yevropa yirik shaharlari aholisi ichida
qishloq kashtachiligi, ular tayyorlagan ko‘ylaklar, ro‘mollar qadrlangan.
An’anaviy kiyimlar badiiy jamoalar
qatnashchilari uchun ham
tayyorlanadi. Bayramlarda folklor jamoalari chiqishlarida biz xorijiy
slavyanlarning an’anaviy liboslari qanchalik rang-barang va chiroyli
bo‘lganligiga ishonch hosil qilamiz.
Dostları ilə paylaş: