Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Oila va oilaviy turmush. 
XIX asr oxirigacha belarus dehqonlari 
yirik, ota yoki aka-ukalar oilalari birga yashashgan. Aksari yirik oila- 
lar 3-4 avlod vakillaridan tashkil topgan. XX asr boshlariga qadar 
qishloqlarda jamoa tashkilotlari elementlari saqlangan. Qishloqdosh- 
lar o‘zaro yordam berishgan. Muhim ishlar qishloq oila boshliqlari 
yig‘ilishlarida hal qilingan. Unda oqsoqol saylangan, homiylar tayin- 
langan, oilaviy mojarolar muhokama qilingan.
Taqvimiy va oilaviy marosimlar, san’at va folklor. 
Taqvimiy 
bayramlar va ular bilan bog‘liq udum-marosimlar qadim zamon- 
lardan o‘tkazilib, ularga qat’iy rioya qilish eng mustahkam xalq 
an’analaridandir. Belaruslar taqvimiy sikli o‘zida majusiylikni mujas- 
samlagan qadimgi xristianlikdan oldingi marosimlar va diniy bayram- 
lami ham qamrab olgan.
Jumladan Rojdestvo arafasida yog‘sizlantirilgan kechki taom 
tarkibida albatta arpa yormasidan bo‘tqa bo'Iishini taqozo etgan. Ayni 
shu kuni qizlar o‘z taqdirlarini aniqlash uchun fol ochishgan. Muqad- 
das hafta (kalyadi) uydan uyga qo‘shiq aytib yurilgan. Ushbu guruh 
a’zolaridan ayrimlari afsonaviy qahramonlar kiyimi, turli majusiy 
ilohlar siymosiga kirib, raqslar, qo‘shiqlar bilan aholining ko‘nglini 
ko‘tarishgan. Maslenitsa bayramida otda sayr qilish, quymoq bilan 
mehmon qilish hozirga qadar saqlangan. Pasxada ham qo‘shiqlar ay­
tib xonadon egalariga mo‘l hosil, mollarining ko‘payishi, sog‘lik va
307


baxt tilab hovlima-hovli yurishgan. Yozgi kun eng uzayganda tunda 
Ivan Kupala bayrami o‘tkazilib, gulxanlar yondirilib yigit va qizlar 
ulaming ustidan sakrashgan, cho‘milishgan, fol ochishgan, xursand- 
chilik qilishgan.
Oilaviy marosimlardan eng muhimlari nikoh, farzand tug'ilishi va 
dafn bilan bog‘liqdir. Ulaming ayrimlari hozirgi belaruslaming ham 
marosimiy hayoti muhim qismi sifatida saqlangan. Kelinni (ba’zida 
kuyovni ham) deja - karam bargi yopilgan tuzlangan karam ustiga 
o‘tkazish, yoshlarning sochini olish yoki kuydirish, maxsus pishiril- 
gan karavay (katta non)ni bo‘lish kabi udumlar saqlangan. Farzand 
tug‘ilganida unga cho‘qintirilgan ota-onani tanlash, buvisi tayyorla- 
gan bo‘tqani bo‘lishtirish kabi marosimlar o‘tkaziladi.
Xalq bayramlaridan marhumlarni eslash kuni, donni yig‘ib olish- 
ning yakuniy kuni, so‘nggi boshoqni o‘rib olish marosimi o‘tkazib 
kelinmoqda. Belaruslarda «Bulba», «Lenok», «Yanka» kabi xalq 
qo‘shiqlari, «Lyavonixa», «Krijochok», «Yurachka» kabi polka, 
kadril raqslari saqlangan. 0 ‘tgan asming 70-80-yillarida belarus 
qo‘shiqlarini ommalashtirishda «Pesnyari» va «Verasi» vokal-instru- 
mental ansambllarining xizmati katta bo‘lgan.
Belaruslar folklori ko‘plab afsona, rivoyat, sehrli ertaklar, latifalar- 
dan iborat. Belarus tilidagi badiiy asarlar XIX asming o‘rtalaridan 
tarqalib, sohaning yuksalgan davri XX asr hisoblanadi. Yanka Ku­
pala, Yakub Kolas, Maksim Tank, Svetlana Aleksiyevich va h.k.lar 
uning mashhur vakillaridir.
17.2. Ukrainlar
Ukrain xalqi Dnepr daryosi havzasida shakllana boshlagan. 
0 ‘zlarini ukraines deb atashib, respublikada 42 mln. ukrainlar 
yashaydi.
Ukrainadan tashqarida ukrainlar Rossiyada, Qozog‘istonda, Mol- 
dovada, Belarusda, 0 ‘zbekistonda, Qirg‘izistonda, Latviyada, Pol- 
shada, Kanadada, AQSHda, Argentinada istiqomat qilishadi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin