Chorvachilikda yirik shoxli qoramol va cho‘chqa
boqish yetakchi
o‘rin tutadi.
Latviya va Estoniyaning sohilbo‘yi rayonlarida asosiy xo‘jalik
baliqchilik boMgan. Shunga qaramay o'tmishda baliqchilar aholi-
ning eng kambag‘al qatlami bo'lib, ular doim qandaydir qo‘shimcha
xo‘jalik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lganlar.
Litvada bog‘dorchilik va polizchilik ham rivojlangan.
XIX asr boshlarida krepostnoy qaramlik bekor qilinguniga qadar,
aholini majburiy ishlatish keng qoMlanilgan.
Qishloqlarda uy hu-
narmandchiligi bilan shug‘ullanilgan. Shaharlarda hunarmandchilik
nemislar, polyaklar va yahudiylar qo‘lida bo‘lgan.
Boltiqbo‘yi
xalqlari, ayniqsa, litvaliklar kahrabo qazib olish va
unga ishlov berish bilan ham mashg‘ul boMganlar.
Manbalarda yozi-
lishicha, mil.aw. 50-yilda rimliklar ulardan yantar sotib olishgan.
Shahar va qishloqlari.
Hududdagi ko‘plab shaharlar ko‘p asr-
lik tarixga ega. Jumladan, Tallin o ‘rnidagi
manzilgoh arab geografi
Al-Idrisiy tomonidan 1154-yili tilga olingan. Keyinchalik manzilgo-
hda qal’a qurilib, Toompea deb nomlangan. Daniyaliklar uni 1219-
yili egallaganda Revel deb atab, bu nom 1917-yilga qadar saqlangan.
Estonlar
uni Tallin deb atab, bu «Daniya shahri» ma’nosini bergan.
Lyubek kodeksi bo‘yicha shahar maqomini olgan Tallin (1248), Ganza
ittifoqiga kirib (1285), uning muhim savdo markaziga aylanadi. Sha-
haming XIII-XVI asrlarda qurilgan qismi bizning kunlarimizgacha
yaxshi saqlangan. Rigayozma manbalarda dastlab 1201-yili eslanadi.
Nomi shahar yonidan o‘tgan daryochadan olingan.
Unga yepiskop
Albert va ganzalik nemis savdogarlari asos solishgan. Vilnyus (Litva
poytaxti)ga knyaz Gedimanas tomonidan 1323-yili asos solinsa-da,
arxeologlaming
aytishicha, uning o ‘midagi aholi manzilgohi ilgari-
dan boTgan.
Uzoq asrlar davomida shaharlar aholisining katta qismini xorijlik-
lar tashkil qilgan. Qishloq joylarida ko‘p hovlili va yakka hovlililari
ham bo‘lgan. Kam uyli qishloqlar (xutorlar) XIX asr oxiridan hudud-
da asosiy manzilgohlarga aylanib boradi.
322