Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Xo‘jalik: an’anaviylik va zamonaviylik



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

19.3. Xo‘jalik: an’anaviylik va zamonaviylik
Qishloq xo‘jalik mashg‘ulotlari. 
Ruslarning asosiy mashg‘ulot- 
lari qadimdan dehqonchilik bo‘lgan. Rus dehqonlari yeming tuzil- 
ishiga qarab og‘ir plug, yengil omoch yoki boshqa tipdagi uskunalari 
yordamida shudgor qilganlar. Hosilni o‘roqlar bilan o‘rib, bog‘lab,
331


ovin deb nomlangan maxsus xonalarda quritishgan. Donni qo' 1 tegir- 
monlari, shamol yoki suv tegirmonlarida un qilganlar.
Dehqonchilikning eng muhim yo‘nalishi: donli ekinlar - arpa, suli 
(shimolda), bug‘doy (janubda), qo‘noq, grechixa, no‘xat va h.k.lar 
bo‘lgan. Texnik ekinlardan zig‘irpoya, kanop ekishib, ulardan olingan 
toladan mato to‘qishgan. Sabzavotlardan piyoz, karam, turp, dukkak- 
lilar va boshqalar yetishtirilgan. Xo‘jalikning yordamchi sohalariga 
baliqchilik, ovchilik, tennachilik, asal to‘plash (yovvoyi asalarilar 
asalini olish), qo‘ziqorin, o‘rmon mevalari terish kirgan.
Chorvachilik ham xo‘jalikda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Yirik shoxli 
mol omochga, plugga qo‘shilishidan tashqari go‘sht, sut mahsulot- 
lari manbayi bo‘lgan. Cho‘chqa boqish Rossiyaning deyarli barcha 
hududlarida keng tarqalgan.
XIX asrdan qishloq xo‘jaligidagi sezilarli o'zgarishlar boshlan- 
gan. Yangi ekinlar joriy qilinib, avvaldan ekilganlari maydonlari ken- 
gaygan. Kartoshka, qandlavlagi, kungaboqar, mamlakat janubida ta- 
maki, uzum, tarvuz yetishtirish kengayadi. Ingichka junli qo'y boqish 
faol rivojlana boshlaydi. Shunga qaramasdan Rossiyada ocharchilik 
tez-tez takrorlanib turgan.
Shaharlar aholisi 70% ga ko‘payganiga qaramay mamlakat aholi- 
sining atigi 10% shaharlarda yashagan. Faqat. XX asrning 50-yillari- 
da Rossiyada shahar aholisi qishloqnikidan yuqori foizni tashkil eta 
boshladi.
Hunarmandchilik va sanoat. 
Ishlab chiqarish kuchlarining taraq- 
qiyoti, qishloq jamoalarida mehnat taqsimoti, asrlar davomida turli 
hunarmandchilik sohalarining mustaqil yo‘nalishlarga: kulolehilik, 
temirchilik, toshkesarlik va boshqalarga boiinishiga olib keladi.
Rossiyada kreposmoylik bekor qilinganidan so‘ng kapitalistik 
taraqqiyotgayo‘l ochilib, yirik industrial rayonlar: M.arkaziy (Moskva 
atrofida), Shimoliy-G‘arbiy (Peterburg atrofida), Ural va h.k.lar shak- 
llanadi. Temiryo‘llar quriladi. Metallurgiya, to‘qimachilik va boshqa 
sanoat turlari rivojlanadi. Butjuaziya va ishchilar sinflari soni o‘sadi. 
Yirik sanoat bilan birgalikda mayda ishlab chiqarish (teri-ko‘nehilik,
332


sopol, temirchilik va boshqalarda) yuz-minglab mayda hunarmand- 
lar faoliyat yuritganlar. Millionlab shahar va qishloq aholisi hunar- 
mandchilikni dehqonchilik bilan qo‘shib olib borishgan. Rossiyada 
dehqonlaming qishloq xo‘jalik ishlari tugagach kuz-qish fasllarida 
shaharlarga ketib ishlashlari ham keng tus olgan.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin