yoq nol variantini e’lon qilib, unga ko‘ra, shu sanadan oldin respub-
Jika kelib ro‘yxatdan o ‘tib muqim yashayotganlarga millati va tilidan
qat’i nazar fuqarolik beriladigan bo‘ldi. Natijada ko‘pchilik litvalik
bo‘lmagan aholi bu qonundan foydalandilar.
I
Latviya va Estoniya hukumatlari nol
variantini qabul qilishdan
bosh tortdilar. Ushbu respublikalarda fuqaroiik 1940-yilgacha yasha-
ganlar va ulaming avlodlariga berildi. Tabiiyki, bu toifaga ko'pchilik
rusiyzabon aholi kirmaydi. Qolganlar uchun fuqaroiik olish qator ta-
lablami bajarish sharti (xususan,
davlat tilini bilish, mamlakat tarixi
va
konstitutsiyasidan imtihon lopshirish va h.k.) qo‘yiladi.
Oqibatda
Latviya va Estoniyada ancha rusiyzabon aholi fuqaroiik ololmay qol-
di. Bu esa ushbu aholi guruhlarining cheklanishiga olib keldi. Latish
va
eston tillarini bilish davlat tashkilotlariga qabul qilinishida, maorif
va
oliy ta’lim tizimida og‘ishmasdan talab qilinmoqda.
Savol va topshiriqfar
1. Boltiqbo‘yi xalqlarining shakllanish bosqichlari qanday kechgan?
2. Internet maTumotlari asosida aholining an’anaviy va zamo
naviy xo‘jaliklarini gapirib bering.
3. Aholining etnik tarkibi, tiilari va irqlari haqida hikoya qiling.
4. Boltiqbo‘yi
aholisining turar jovlari, taomlaridagi transfor-
matsiyalar qanday kechmoqda?
5. Boltiqbo‘yi aholisining kiyimlaridagi
etnik jihatlami ifodalab
bering.
6. Aholining ma’naviy madaniyati xususiyatlari qanday?
7. Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi etnik munosabatlar va ulaming
istiqbollarini so‘zlab bering.
327