g‘arbida an’anaviy ayollar kiyimlari metalldan
kamar va metalldan
taqinchoqlari bo‘igan yorqin - ko‘k yopinchiq bilan to‘ldirilgan. Lat-
gal ayollari tunikasimon ko‘yJak qizil kashtasi bilan, katak yoki oq
yubka kiyganlar. Yengsiz va yengli koftalar Latgaliyada keng tarqal-
magan. Yelkaga zig‘irpoyadan to‘qilgan - katak yoki oq yopinchiq
tashlangan. Litva ayollar kiyimi ham tunikasimon ko‘ylak, yengsiz
kofta, tepadan pastga tomon yoi-yoM yubka va yelkaga yopinchiqdan
tashkil topgan.
Erkaklar an’anaviy kiyimi nisbatan kam o‘ziga
xoslikka ega
bo‘lgan. Erkaklar kiyimi asosini barcha xalqlarda to‘qilgan gazlama
ko‘ylak, kalta yoki uzun ishton, kurtka tashkil qilgan. Ustki kiyimla-
rini jundan yoki teridan kamar bilan bog‘lab yurishgan.
Janubiy-Sharqiy Boltiqbo‘yi aholisi orasida XIX asr o‘rtalaridan
ayollaming shahar (yevropacha) kastumlari yoyila boshlab, XX asr-
ning boshlarida barcha hududlarda ayollar kiyimida shahar liboslari
yetakchi o‘rin egallaydi. Erkaklar an’anaviy
kiyimlari ham shahar
kastumi tomonida XIX asr o‘rtalaridayoq surib chiqarilgan. Bizning
kunlarimizda an’anaviy kiyimlarni bayramlar, to‘ylarda, turli badiiy
havaskorlar ansambllarida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida
ichki orol-
larda an’anaviy kiyimdagi ayollarni uchratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: