Mahalliy xalqlar o‘zaro madaniy jihatdan yaqin bo‘lsa-da, ular-
ning barchasi qardosh tillarda so‘zlashmaydiIar. Litvaliklar va latish
lar hind-yevropa til oilasining boltiq guruhi ga kiradi. Estonlar, ularga
qardosh kamsonli livlar atigi 100 kishidan ko‘proqni tashkil qiladi,
ulardan faqat yarmi liv tilini ona tili deb biladi. Livlar qo‘shni madaniy
jihatdan yaqin latishlar bilan aralashib ketgan.
Ruslar Latviyada 33 %, Estoniyada 29 %, Litvada 8% aholini tash
kil qiladi. Subetnik guruhlardan setular, latgallar moddiy va ma’naviy
madaniyatlari bo‘yicha qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Antropologik belgilari bo'yicha litvaliklar, latishlar va estonlar
katta yevropeoid irqining shimoliy tipiga kiradi. Badan rangining o‘ta
oqligi, malla soch, baland bo‘y, moviyrang yoki qo‘ng‘ir ko‘z, kalla
va yuzining kattaligi bilan xususiyatlanadi. Ayni paytda aholining ay-
rim guruhlarida o‘ziga xos xususiyatlar ham uchraydi.
Aholi diniy tasawurlari bo‘yicha ham bir xil emas. Litvaliklar
aksari katoliklardir. E’tiqodli latishlarning ko‘pchiligi lyuteran, lekin
Sharqiy Latviyada qisman katoliklar ham yetarlicha bor, estonlar -
lyuteran va qisman pravoslavlardir. Litvada din hamisha katta o‘rin
tutsa, latish va estonlar diniy mutaassiblikda ajralib turganlar. Hozirgi
paytda Latviya va Estoniyada Yevropada eng katta foiz ateistlar va
dinga e’tiqod qilmaydiganlar yashaydi.
Dostları ilə paylaş: