Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Uy-joylar. 
Dehqonlar uylari aksari yog‘ochdan yo‘nib qurilgan. 
Litvaliklarda an’anaviy uy ilgari bir xonali, o ‘rtasi ochiq o‘choqli 
(namas) bo‘lgan. Litvaning g‘arbida bu xildagi uylar XVI asrga qa­
dar ko‘p qurilgan. Keyinchalik asosiy uyning atrofida qo‘shimcha 
xonalar qurila boshlanib, u ko‘p xonali binoga aylangan. O'choqning 
atrofiga g‘isht urib, truba qo‘yib (kaminas) kaminga aylantiriladi. 
Sharqiy rayonlarda ruslarning yog‘och uylari namunasidagi (pirkya 
yoki istaba) inshootlar qurilib. unda rus pechi ham boigan. Xo‘jalik 
binolari alohida joylashgan. Ulardan ombor, ayvon, hovlida hammom 
qurilgan.
Estoniya va Latviyaning shimolida an’anaviy turar joylar - riga 
yog‘ocbdan qurilgan. Uylar somon tomli boigan. Uyning orqa bur- 
chagida pech qurilgan. Dastlab unda tutun uchun truba qiliranagan.
XIX asr o‘rtalaridan pechlami tutun chiqadigan moslama bilan qurib 
unda kuzda xashakni quritishsa, qolgan paytda yashaganlar. Dastlab 
bir xonali rigalar keyinchalik bir yonidan qo'shimcha xonalar, ikkin- 
chi tomonidan ombor qurilib, ko‘pxonali turar joyga aylana boradi.
Bugungi kunda ko‘pchilik 
litvaliklar. latishlar, estonlar
zamo­
naviy uylarda yashamoqdalar. Endilikda bu uylarda an’anaviy 
me’morchilikning ayrim xususiyatlari saqlangan, xolos.
Taomlari. 
Aholi taomlari asosini o‘simlik va sut mahsulotJari 
tashkil qiladi. Sohilbo‘yi rayonlarida baliq asosiy ozuqa boigan.
Estonlar o‘tmishda noni (aksari suli unidan) ko‘p iste’mol qi- 
lishgan. Leyb (non) eston tilida umuman ovqatni anglatadi. Qolgan 
barcha taomlar (go‘sht, baliq, yog‘ va h.kJar) ilgari leyvakirvane 
- nonga qo‘shimcha deyilgan. Sutni aksari qatiq tarzida ichishgan. 
Sutdan tvorog, qaymoq, pishloq tayyorlangan. An’anaviy eston taomlari -
arpa yormasidan bo‘tqa, karam sho‘rva, kartoshka, no’xat sho’rva 
va turli baliqlardan iborat. Estoniyaning janubida tolqon, nordon ar- 
padan kisel ornmalashgan. Taom kvas bilan ichilgan. Go‘sht aksari 
cho‘chqaniki b o iib , bayramlarda iste’moi qilingan.
Latishlar taomlari asosini un-donlar, no‘xat, kartoshka, shu- 
ningdek, sut va un mahsulotlari tashkil qilgan. Go‘shtlardan ko‘proq
323


cho‘chqa go‘shti ishlatilgan. Latishlar turli baliqlar: seld, kilki, salaka 
yeyishadi. Birinchi taomlar no‘xat, kartoshka va boshqa donlilardan 
bo‘tqalar edi.
Litvaliklar kartoshkadan taomlami xush ko‘radilar. Uni qaymoq, 
tvarog, sut bilan tortishgan. Sabzavotlardan lavlagi, karam, go‘shtli 
sho‘rva qilishadi. Yozda sovuq borshni qaymoq bilan yeyishgan. Ik- 
kinchi taom sifatida oladya, quymoq qirilgan kartoshkadan tayyorlan- 
gan. Litvaliklar ham cho‘chqa go'shtini ko‘proq ishlatadilar.
Janubiy-Sharqiy Boltiqbo‘yi xalqlari yevropaliklar taomlarini, 
ko‘proq nemislar, polyakiar va ruslar taomlarini ham o‘zlashtirganlar.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin