Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Ruslarning moddiy madaniyati



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

19.4. Ruslarning moddiy madaniyati
Qishloqlar va qishloqchalar. 
Ruslarda yuztadan ortiq xo‘jalik 
yashaydigan, cherkovi bo‘lgan manzilgohlar qishloq deb atalgan. Shi­
moliy va Shimoliy-G‘arbiy viloyatlarda XIV asrdan ko‘p sonli hovli- 
lari bo‘lmagan qishloqchalar vujudga kelgan. Janubiy viloyatlardagi 
Don, Terek, Kuban daryolari bo‘ylab yashayotgan kazaklaming aholi 
punktlari stanitsa deb nomlangan. Sibirda rus mustamlakachilari bar- 
po etgan aholi manzilgohlari - pochinki va zaymishalar bo‘lgan.
Shaharlar. 
Ular Rossiyada paydo bo‘lishi va me’morchilik-loyi- 
ha qiyofalariga ko‘ra turli-tuman boTgan.
Shaharlar hunarmandchilik markazlari, pomeshchiklar uylari, mo- 
nastirlar atrofida ham vujudga kelgan.
Shaharlar murakkab ijtimoiy tizimga ega bo‘lgan. Ijtimoiy yaqin 
(meshanlar, dvoryanlar, savdogarlar), etnik (ruslar, tatarlar, ukrainlar) 
yoki kasb-kori bo‘yicha yaqin (etikdo‘zlar, temirchilar, qurolsozlar) 
aholi mavzelar tashkil etishga intilganlar.
XIX 
asr oxiri - XX asrda ruslar yashaydigan hududlarda shaharlar 
soni keskin ko‘payadi. Shaharlar Rossiya aholisi turmushi va madani- 
yatiga katta ta’sir ko‘rsatib, muhim etnomadaniy, integratsiya, icliki va 
tashqi etnoslararo aloqalaming kuchayishiga omil bo‘lib xizmat qilgan.
Uy-joylar. 
Ruslarning uy-joylari turli xil ko‘rinishlarda qurilgan. 
Uylaming ko'rinishiga etnosiyosiy omillar va ijtimoiy tafovutlar ta’sir 
etgan. Aholining boy qatlamlari uylari sifati va qulayligi bo‘yicha 
kambag‘allamikidan keskin farq qilgan. Dehqonlar turar joylarida 
mahalliy xususiyatlar kuzatilsa, shaharlarda ham bu xildagi keskin 
farqlar saqlangan.
333


Shimoliy hududlar turar joylari keskin tabiiy iqlim sharoitida 
shakllangan Arxangelsk, Novgorod, Vologda va yana qator shimoliy 
viloyatlarda o‘rmonlarning ko‘pligi uylarning yog‘ochdan yo‘nib 
(vyantsi) yasalishiga asos bo‘ladi. Yog‘ochlami bir-biriga mahka- 
mlashning qator usullari mavjud. Shimolga qanchalik uzoqlashsa, 
dehqonlar uylari shunchalik baland qurilgan. Shimolda uylar ikki qa- 
vatli bo‘lib, tomi ikki tomonlama qilib yopilgan. Shu tariqa bitta binoda 
pastda mol uchun og‘ilxona, pichan va qishloq xo‘jalik qurollari bo‘lsa, 
tepada yashash xonalari joylashgan. Bunday qurilish majmuasini uy- 
hovli deb atash murnkin. Shimoliy rus viloyatlarida uch xonali uy eng 
keng tarqalgan bo‘lib, xo‘jalik binolari bilan birga ko‘cha yuzida uzun 
inshoot ko‘rinishida bo‘ladi. Uyning eshiklari, derazalari va boshqa 
qismlari o‘yma naqshli me’moriy elementlari bilan bezatilgan.
Moskva, Vyatka, Ryazanning shimolida, Kaluga va boshqa gu- 
bemiyalarda o‘rta rus uy-joylar tipi kengroq tarqalgan. Uni mustaqil 
tipdan ko‘ra, o‘tish ko‘rinishidagi turar joylar deb atagan ma’qul. 
Uylar yog‘ochdan qurilgan. Lekin bu viloyatlarda uylami baland, 
ustma-ust qurishga hojat bo‘lmaganidan bir qavatli qurilgan. Tomini 
ikki yoki to‘rt yoqlama qilib, ustini somon (poxol) bilan yopishgan. 
Uyni odatda uch xonali qilib qurishgan. Xo‘jalik binolari asosan uy­
ning yonidan yoki orqasidan tiklangan. Uyning old tomoni derazalari 
naqshlangan taxtalar bilan bezatilgan.
Rossiyaning Yevropa qismi janubiy rayonlarida boshqa tipdagi 
uy-joylar bino qilingan. Bu turar joylaming belaruslar va ukrainlar 
uylari bilan umumiy elementlari ko‘p. Yog‘ochdan yo‘nib qurilgan 
uylardan tashqari, bu rayonlarda turlukdan (daraxt shoxlaridan) mus- 
tahkam bo‘yra to‘qib uning ustidan loy bilan suvalgan. Somonli loy- 
dan devor yoki xom g‘ishtdan qurilgan uylar bo‘lib, yog‘och uylardan 
boshqalari suvalib, tashqi va ichki tomondan oqlangan. Bunday uy­
lar aksari bir qavatli bo‘lib, taxtadan poli, ko‘pincha tuproqli poli va 
to‘rt tomonlama, somonli tomi bilan xususiyatlangan. Uylar ikki yoki 
uch xonali bo‘lgan, ko'chada uyning orqa devori qaragan hovli ochiq 
bo‘lib, xo‘jalik binolari erkin joylashtirilgan. Hozirgi kunda bunday
334


tipdagi klassik uylami uchratish mushkul. Endilikda bu hududlarda 
nisbatan qulay, g‘ishtli uylar qurilmoqda.
XX 
asming o‘rtalaridan uy-joylar loyihasi va qurilishi sodda- 
lashib, standartlashib bordi. Ma’lum tipdagi loyiha bo‘yicha qurilish- 
lar keng tus oldi. Uyning ichida mebel, maishiy texnika ham barchada 
bir xil: oshxona, yotoqxona, bolalar xonalari uchun zarur mebellar 
yildan yilga ko‘payib bordi. An’anaviy me’morchilik elementlaridan 
turli bezaklar, dekor, yog‘och o‘ymakorlik namunalari saqlanib qol- 
gan, xolos.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin