Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Xo‘jalik. Dehqonchilik. 
Kavkaz, umuman, Shimoliy Kavkaz
ayniqsa, ko‘plab donlilar, poliz va mevalar vatani sifatida tanil- 
gan. Dehqonchilik qadimda boshlanib, ko‘pchilik aholining asosiy 
mashg‘uloti bo‘lib kelmoqda. Dehqonchilik va chorvachilik mahsu­
lotlari aholining asosiy ozig‘ini tashkil etadi. Baland tog‘lar ustida 
agar bir parcha yer bo‘Isa, mahalliy aholi vakillari undan foydalan- 
gan, tog‘larda sun’iy ekin maydonlari qilishga intilgan. Xalq rivoya- 
tida istehzoli bir narsa ta’kidlangan. Tog‘li kishi ustidagi chakmonini 
(kigizdan qilingan ustki kiyim) yerga tashlanganda «o‘z yerini» topa
348


olmagan ekan, sababi yer to‘lig‘icha chakmon ostida qolgan ekan. 
Bu kichik yer maydonlari tog‘dan tushayotganda ayniqsa yaxshi 
ko‘rinadi. Donli ekinlar, sabzavotlardan tashqari bu yerlarda uzum
qovun-tarvuz, behi, o‘rik mevalari yetishtiriladi.
Chorvachilik. 
Dehqonchilik chorvachiliksiz deyarli uchramaydi, 
sababi yemi omochda haydash, yuk tashish uchun ish hayvonlarining 
zarurligi qadimdan ma’lum. Otlar aksari minish uchun boqilgani sab- 
abli, asosiy tortish kuchi ho‘kizlar bo‘lgan. Sigirlar va qo‘ylar aholini 
sut va undan mahsulotlar, go‘sht bilan ta’minlagan. Osetin-xristianlar 
cho‘chqa ham boqishgan. Parranda boqish ham Shimoliy Kavkaz 
xalqlari qishloq xo‘jaligining barqaror qismidir. Xo‘jalikning yor- 
damchi sohalari ov, baliqchilik, asalarichilik, ipakchilik boigan.
Hunarmandchilik. 
Hunarmandchilik 
xo‘jalik 
faoliyatida 
muhim o‘rin egallaydi. To‘qimachilik, movut to‘qish, kulolchilik
gilamdo‘zlik, metallga ishlov berish, sangtaroshlik, yog‘ochsozlik, 
suyakka naqsh solish bilan keng aholi qatlamlari shug‘ullangan. 
Dog‘istondagi Kubachi qishlog‘i oltin va kumushdan turli buyum- 
lar yasovchi ustalami uzoq mamlakatlarda ham tanishadi. Arab geo- 
graflari IX asrda kubachiliklami forscha «zirahgaron» (sovutsozlar) 
deb ataganlar. Ushbu qishloq erkaklarining asosiy ishi ma’danga 
ishlov berish va qurolsozlik bo‘lgan. Jang qurollari sovutlari Kavkaz- 
da, Eronda, Turkiyada, XIX asr oxirida Rossiya va G‘arbiy Yevro- 
pada yuqori baholangan. XX asrdan Kubachida zeb-ziynatlar va uy 
jihozlari (qumg‘onlar, qadahlar, choynaklar va hokazolar) yasala 
boshlanib, bu faoliyat hozirga qadar davom etmoqda.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin