Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


 Quyi VoIgabo‘yi qalmiqlari



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

19.9. Quyi VoIgabo‘yi qalmiqlari
345


Qalmiqlaming turmush tarzi keskin o‘zgarganligi tufayli ularning 
moddiy madaniyatlardagi qadimgi unsurlari uzil-kesil yo‘qotildi. 
Jumladan ulaming o‘tovga o‘xshash ko‘chma uylari XX asming bi- 
rinchi yarmida ms va umumyevropa turar joylari ta’sirida butunlay 
yo‘qolgan.
Dinlari buddizmning lamaizm turidir. Bu ulami faqat qo‘shnilari- 
dan emas, balki barcha yevropa xalqlaridan farqlaydi.
Qalmiqlaming qahramonlik dostonlari «Jangar» XV asming 
o‘rtalarida yaratilgan. U avloddan avlodga doston tarzida o‘tib kel­
gan.
Qalmiqlar 1943-yili fashistlarga yordam ko‘rsatganlikda asossiz 
ayblanib, Sibirga surgun qilinganlar, bu jazo 13 yil davom etib, ular 
o‘z vatanlariga 1957-yili qaytganlar.
Hozirgi Qalmog‘iston Respublikasi aholisining 50% i qalmiqlar, 
40% ruslardir. Qalmiqlaming umumiy soni 180 ming kishidir.
19.10. Shimoliy Kavkaz xalqlari
Hududi va etnik tarixi. 
Shimoliy Kavkaz Rossiya Federatsiyasi 
tarkibiga kiradi. Geografik jihatidan Shimoliy Kavkaz Yevropaga, 
Kavkazorti esa G ‘arbiy Osiyoga kiradi. Ular orasidagi tabiiy chega- 
ra - Katta Kavkaz maydoni jihatidan katta bo‘lmasa-da, turli-tuman 
xalqlar, tillar va madaniyatlaming bo‘lishi bilan xususiyatlanadi. Bu 
borada Dog‘iston alohida o‘rin tutadi. 0 ‘rta asr arab geograflari Kav- 
kazni «tillar tog‘i» deb bejiz atamaganlar.
Til borasida xilma-xillikka mahalliy xalqlaming kelgindi etnoslar 
bilan o‘zaro aloqalari ham o‘z hissasini qo‘shgan. Natijada osetinlar 
(600 migdan ortiq) eron tilli, qorachoylar (173 ming), bolqorlar (75 
ming), qumiqlar (286 ming) turkiy tilli xalqlarga aylanganlar. Antro- 
pologik tadqiqotlar ushbu xalqlaming kavkaz tillarida so‘zlashuvchi 
tog‘lik guruhlar bilan qardoshligini tasdiqlamoqdalar.
Mahalliy aholining qadimgi tillari so‘zsiz kavkaz tillari boTib, 
ular uchun xilma-xillik xususiyatlidir. Dog‘istonda bir voha aholisi
346


tili, hatto ovul (masalan, Kubachi) o‘z qo‘shnilari tilidan keskin farq- 
lanadi. Ayni paytda yirik til jamoalari - avarlar (594 ming), lazginlar 
(295 ming), osetinlar va hokazolar mavjud. Bu holning у ana bir izohi 
geografik jihatdan bo‘linib yashash deyish mumkin.
Shimoliy Kavkazda turli etnik nomlar mo‘ldir. Ekzoetnonimlar -
boshqa xalqlar tomonidan berilgan etnonimlar; endoetnonimlar -
o‘zlariga o‘zlari bergan nomlar. Ulardan chechenlar (1 mln.dan ortiq) 
yoki ingushlar - bu ekzoetnonimlar o‘zlarini naxchovagalgai (yana 
bir nomlari vaynaxlar) deb ham ataydilar. Osetinlar kabardinlami 
kasagi, bolqorlarni - aslar, chechenlarni - setsenaga, ingushlarni -
madal deyishadi.
Shimoliy Kavkaz xalqlarining etnik tarixi ham murakkab. Paleolit 
davri ashyolarining topilishi hududda odamlaming qadimdan yashab 
kelayotganini tasdiqlaydi.
Shimoliy Kavkazda qadimda janubdan bir necha migratsi- 
ya to‘lqinlari bo‘lgan. Neolitda mil. avv. VII-V mingyilliklarda 
o‘zlashtirish xo‘jaligidan ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tila boshlandi.
Hozirgi Checheniston hududida mil. avv. Ill—II mingyilliklar 
g‘arbiy tomondan kelgan migrantlar bilan G ‘arbiy Osiyodan kelayot- 
gan kura-araks madaniyati aholisi harakati to‘xtatiladi. Ushbu etnik 
guruhlar assimilatsiyasidan dog‘iston va nax tillari shakllangan. Mil. 
avv. II mingyillik oxirida Shimoliy Kavkaz aholisi Janubiy-Sharqiy 
Yevropaning dasht qabilalarming kuchli ta ’siriga uchraydi. Olimlar 
bu qabilalaming hind-yevropa tilli aholi bo‘lganligini faraz qilishadi.
Markaziy Kavkaz aholisi dashtlardan kelganlar bilan aralashib, 
til assimilatsiyasiga kirishgan. Odatda bunday holatlarda ikki til- 
lik vujudga kelgan. Kavkazning sharqida va Dog‘istonda dashtlik 
qo‘shnilarning kelib joylashishi etnik taraqqiyot va mahalliy xalqlar-
chechenlar, ingushlar, Dog‘iston xalqlarining tillarini o‘zgartirmaydi. 
Ayni paytda arxeologiya, tog‘li xalqlar moddiy madaniyatiga sarmat 
unsurlari kirganligini tasdiqlaydi.
Xunnlarning bostirib kirishi sharqdan boshlanadi. Ular tog‘lardagi 
vohalarga kirmay, dengizoldi yo‘lagidan o‘tadilar. Xunnlarning bir
347


qismi t,og‘oldi adirlari, Kaspiy bo‘yida joylashganlar. Ulaming tillari 
turkiy bo‘lib, Dog‘iston va G'arbiy Kaspiybo‘yi aholisining turkiy- 
lasldshiga turtki beradi.
Xunnlardan so‘ng G ‘arbiy Kavkazga kelgan bulg‘orlar ham Shi­
moliy Kavkaz xalqlarining turkiylashuviga o‘ z hissalarini qo‘ shadilar.
Shimoliy Kavkazning tub etnoslari orasida bir xalq borki, uning 
kelib chiqishi Kavkaz bilan bogiangan emas. Lekin uning tarixi 
hudud bilan uzviy bog‘liq. Bu no‘g‘aylar (58 ming) bo‘lib, ular hozir- 
da Kavkaz,oldi dashtlarining bir qismini egallaganlar. No‘g‘aylaming 
ajdodlari o‘tmishda ko‘chmanchi hayot kechirganlar, keyinchalik 
o‘ troqlashganlar. No‘g‘ ay xalqi tarixi Oltin 0 ‘rda xonligi doirasida XIV 
asr oxirida boshlangan. Dastlab Edigey boshchiligida Mang'it o‘rdasi 
tashkil topgan. Uning qachon N o‘g‘ay nomini olganligi noma’lum.
Asrlar davomida Shimoliy Kavkaz xalqlari ustidan o‘z hukm- 
roniigini o‘rnatish uchun Turkiya, Eron, Rossiya va boshqa davlatlar 
kurash olib borgan. Bu kurashlarda Rossiya g‘olib chiqib, XIX asr- 
ning ikkinchi yarmida hududda o‘z hukmronligini to‘liq o‘rnatadi.
Inqilobda so‘ng (1917) Shimoliy Kavkazda sovet hokimiyati 
boshchiligida avtonom respublikalar tizimi yaratilib, u hozirga qadar 
davom etib kelmoqda. Ikkinchi jahon urushi yillari chechen, ingush, 
kabardin, bolqor va boshqa xalqlar deportatsiya qilinib, o‘z vatanla- 
riga XX asming 50-yillari oxirida qaytadilar, xolos. Bu xalqlar mu- 
rakkab sharoitlarda ham o‘z tillari, dini, milliy madaniyatlarini asray 
bildilar.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin