o‘tishni talab qilgan. Non afsungarlik kuchiga ega hisoblanadi, uni
yomon ko‘zdan asrash xususiyatiga ega deb bilishgan. Darg‘inlar
(Dog‘istonxalqlaridan biri) tantana va bayramlarda nonni qo‘g‘irchoq
shaklida pishirib, bayramlardan so‘ng birgalikda iste’mol qilganlar.
Nonni pichoq bilan kesish mumkin bo‘lmagan (qo‘l bilan sindiril-
gan), nonning ustidan sakrash taqiqlangan.
Yog‘ingarchilik bo‘lmasa qurbonlik qilish, bizdagi «sust xotin»ga
o‘xshash qo‘g‘irchoq ramzini qilib suv ilohidan yomg‘ir so‘rashgan.
Chorvachilik ta’minlanganlik, boylik ramzi boTgan. Shuning
uchun molning tuyog‘ini, boshini ko‘paytirishga alohida e’tibor qa-
ratilgan. Bu jarayonning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun turli irim-
marosimlar o‘tkazilgan. Yomon ko‘zlardan asrash uchun otning kalla
suyagini molning qo‘ralariga o‘rnatib qo‘yishgan.
Kavkazliklarda butun xo‘jalik yili davrlarga bo‘linib, turli irim
marosimlari bilan nishonlangan. Bu bayramlaming cho‘qqisi bahorgi
tun va kunning tenglashgani - 22-martda o‘tkazilgan. Avarlar va lak-
larda makka uni, loviya, bug‘doy, qora murch, molning (qo‘yning)
kuzda quritib qo‘yilgan oyoqlari va iyaklari, sut va tuz ishlatilgan.
Qishloqlarda tunda olov yondirib, qishning ramziy qo‘g‘irchoq aksi
ni, katta yog‘och g ‘o‘lalarni yondirib pastga tashlashgan. Gulxandan
sakrab o‘tib turli kasalliklardan forig‘ bo‘lishlariga ishonganlar.
Dostları ilə paylaş: