Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Moddiy madaniyat. 
Shimoliy Kavkaz xalqlari asrlar davomida 
tabiiy sharoitga mos hayot ta’minotini yaratishgan. Uning muhim qis­
mi an’anaviy maishiy madaniyatdir (qishloqlar, uy-joylar, kiyim-ke- 
chaklar, taomlar, mehnat qurollari, transport vositalari va hokazolar).
Qishloqlar. 
Baland tog‘lardagi qishloqlar o‘ziga xos va rang- 
barang. Tabiiy relyefga mos qurilgan uylar ko‘rinishidan asalari 
uyalariga o ‘xshaydi.
Aholi sonining o‘sishi, yeming tanqisligi togTi aholining tog‘oldi 
va daryolar vohalariga ко‘chib tushishiga majbur etgan. Ayrim oilalar 
bir hovlili bir-biridan nisbatan uzoq joylashgan ovullar tashkil etish- 
ganlar. Asta-sekin oila a’zolari ko‘payib, yangi uylar qurilgan, ovullar 
kengayib qishloqlarga aylangan. Zamonaviy qishloqlarda ham qarin-
350


doshlarga ozgina imkoniyat tug‘ildi deguncha yaqin joydan uy qurib 
joylashishga harakat qilinadi. 0 ‘tmishda uy-joylar tartibsiz qurish- 
gan, hozirda ko‘cha va mavzelar tartiblashib bormoqda.
Shaharlar. 
Shimoliy Kavkazdagi eng qadimgi shahar - Derbent 
yaqinidagina 2000 yillik yubileyini o‘tkazdi. Qolgan shaharlar XVIII- 
XIX asrlarda bunyod etilgan. Mozdok, Kizlyar shaharlari 1780-yilda 
tashkil topgan. XIX asrning birinchi yarmida Petrovsk-Port (hozirgi 
Maxachqala)ga asos solinadi. Vladikavkaz, Grozniy shaharlariga 
ham shu davrda tamal toshi qo‘yilgan. Ushbu shaharlar XIX asr oxi­
ridan yevropalashgan madaniy-maishiy standartlarni to g ii aholiga 
o‘tkazish omiliga aylanadi.
Shaharlarda dastlab rusiyzabon aholi yashagan. Lekin 1920-yil- 
lardan boshlab mahalliy xalqlar foizi oshib borgan. Shaharlarda uni- 
versitetlar, ilmiy markazlar, milliy teatrlar, nashriyotlar, kutubxonalar 
va madaniyatning boshqa professional sohalari vujudga keladi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin