Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Oila va oilaviy marosimlar



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Oila va oilaviy marosimlar. 
Tatar va boshqirdlarda uy erkaklar 
va ayollar qismlarga bo‘linadi. Uyning isitish vositasi (pechi) joylash­
gan qismi ayollamiki hisoblanadi.
0 ‘tmishda oilaviy turmush ko‘psonli urf-odatlar, marosimlar bi­
lan to‘la bo‘lgan. Nikoh ota-onalar roziligi bilan tuzilgan. Udmurt- 
lar, mariylar va mordvalarda yoshi katta qizlaming yosh bolalar bi­
lan nikohi holatlari uchragan. Unda uyga qo‘shimcha xizmatchi olish 
asosiy maqsad bo‘lgan. Bu hoi folklorda ham o‘z aksini topgan. Tatar 
va boshqirdlarda qiz tomonga qalin puli toTash odati boTsa, mordva­
larda qadimgi udum - kelinning eri tomondagi erkaklar bilan gaplash- 
maslikka harakati saqlangan.
XIX 
asrda ayrim xalqlarda yirik, boTinrnagan oilalar saqlanib, 
ularda 20-30 tagacha kishi bo‘lgan. Bunday oilalardagi munosabatlar 
haqida biz yuqorida to‘xtalgan edik. Endilikda yirik oilalar deyarli 
uchramaydi. Kichik ikki avlod vakillaridan boTgan oilalarda odatda
3-6 ta kishi mavjud, xolos.
Ma’naviy madaniyat. Folkior. 
Turkiy fin-ugor xalqlari folklor 
an’analari bir-biridan katta farq qiladi. Xususan, boshqirdlar folklo- 
rida qahramonlik dostonlari muhim o‘rinni egallaydi. « 0 ‘rol botir», 
«Aqbulat» dostonlarida boshqirdlarning afsonaviy ajdodlari, ular- 
ning sehrli qanotli otlari va boshqa syujetlar mavjud. Tatarlar folk- 
lorida baytlar, ayniqsa, mashhur, unda shoirlar turli voqealami adabiy 
she’riy qissalarga aylantirganlar.
Ural-Volgabo‘yi xalqlari folklorida qo'shiqlar alohida o‘rin egal­
laydi. Bu qo‘shiqlari aksari tarixiy mavzularga bag‘ishlangan.
344


Qalmiqlar Qalmog‘iston Respublikasida (poytaxti Elista shahri) 
mujassam joylashganlar. Ular yashaydigan Volga daryosining quyi 
oqimi cho‘l-dasht zonasidir. Qalmog‘iston haqida o‘ziga hos tarixiy- 
etnografik rayon sifatida so‘z yuritilishi mumkin. Hudud 0 ‘rta Osiyo 
va Qozog‘iston, Ural-Volgabo‘yi, shuningdek, Shimoliy Kavkaz bi­
lan chegaradosh bo‘lishi qalmiqlaming xo‘jalik madaniy tiplarida o‘z 
aksini topgan.
Jumladan, yaqin o‘tmishda qalmiqlar ko‘chmanchi va yarim 
ko'chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanganlar, bu ulami o‘rta 
osiyoliklar bilan yaqinlashtiradi.
Baliqchilik va qovun-tarvuz yetishtirish Quyi Volgabo‘yi bilan, 
dehqonchilik va bog‘dorchilik Shimoliy Kavkaz xalqlari bilan aloqa- 
lar natijasidir.
Qalmiqlar Yevropaning yagona mo‘g‘ul tilli aholisidir. Ularning 
ajdodlari oyratlar - markaziy osiyolik qabilalar bo‘lib, hozirgi hudud- 
lariga Jung‘oriyadan (Mo‘g‘ulistonning g‘arbidagi tarixiy viloyat) kel- 
ganlar. Rossiya chegaralarida XVII asming boshlarida paydo bo‘lib, 
XVII asming ikkinchi yarmida yirik qalmiq xonligini tuzganlar.
XX 
asrning 20-30-yillaridan qalmiqlar o‘troq hayotga o ‘tsalar-da, 
chorvachilik, eng aw alo, qo‘ychilik ulaming xo'jaligi asosi bo‘lib 
qolmoqda. Yirik shoxli mollaming qalmiq zoti o‘zining «marmar» 
go‘shti bilan nom qozongan.
Deyarli to‘rt asrdan buyon bir-biridan keskin farq qiladigan xalq- 
lar qurshovida yashagan qalmiqlar o‘z mongoloid irqini saqlab, bu 
borada mo‘g‘ullar va buryatlarga yaqin.
Qalmiqlaming o‘tmishdagi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi 
xo‘jaliklari ta’siri ularning taomlari tizimida yaqqol kuzatiladi. 
Ozuqada sut va undan mahsulotlar, xamir va go‘sht afzal ko‘riladi.
Ayniqsa, yosh yilqi va qo‘y go‘shti qadrlanadi. Mevalar, sabza- 
vot hamda ko‘katlar kam, unda ham qo‘shni xalqlar ta’sirida iste’mol 
qilinadi. Qalmiqlar choyi - jombaga qovurilgan un, tuz, yog‘, sut, 
muskat yong‘og‘i solishadi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin